Telegram Web Link
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA O‘RGATISHDA NAMANGAN SHAHRI DRAYVER VAZIFASINI O‘TAMOQDA

2023- yil 20- yanvarda Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda bu boradagi dolzarb va ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi.

Namangan shahridagi umumta’lim muassasalarida shu asosida izchil faoliyat olib borilmoqda. 53 ta maktabning har birida bu borada o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayniqsa, tajribali maskan sifatida tanlab olingan 88-umumta’lim maktabidagi jarayonlar e’tirofga loyiq.

Mazkur ilm dargohi 10-sinf o‘quvchilarining 27 nafari “Balans Teks” va “Sifat yog‘och mebel” korxonalariga tikuvchilik, zamonaviy mebel jihozlari yasash sohalariga shartnoma asosida biriktirilgan bo‘lib, hozirda ularning 16 nafari shu yo‘nalishlarda oyiga 2,5 -3,5 mln so’m atrofida daromad topmoqda.

Shahar maktablarining 10-sinflarida ayni paytda jami 5800 nafar o‘quvchi tahsil olib, ular ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma, tahlil va o‘rganishlar natijasida 2897 nafari yoki 49.9 foizi oliy ta’limga kirish istagini bildirgan bo‘lsa, 2903 nafari yoki 50.1 foizi kasb-hunarga qiziqishini ma’lum qilgan. 750 nafar o‘quvchi esa hozirda mustaqil ravishda shug‘ullanib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🔹UMUMTA’LIM MAKTABLARI MAS’ULLARI UCHUN “INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

❇️BATAFSIL👉https://sm.uzedu.uz/uz/news/30

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati


@samarqandvxtb 
  
Telegram | Facebook | YouTube
2024/06/01 14:25:35
Back to Top
HTML Embed Code: