#tashrif #hamkorlik
Ta'limda hamkorlik yuzasidan Zarafshon shahar hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2024-yil 12-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qarori asosida hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida TATU Zarafshon fakulteti tashkil etilishi belgilangan.
🏛 Shu asosda, 6-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruhining Zarafshon shahriga tashrifi doirasida Zarafshon shahar hokimi N. Rahmonov rahbarligidagi hokimlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda TATU Zarafshon fakulteti binosini mukammal ta’mirlash jarayoni, o‘qish davomida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash hamda amaliyot bazalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
➡️ Delegatsiya, shuningdek, Zarafshon shahridagi ITga ixtisoslashtirilgan 14-sonli maktab va texnikum faoliyati bilan tanishdi. U yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, o‘quv-uslubiy baza va yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi.
✅ Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun, TATU Zarafshon fakultetiga qabul jarayoni 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook ✅ Tuit.uz
Ta'limda hamkorlik yuzasidan Zarafshon shahar hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda TATU Zarafshon fakulteti binosini mukammal ta’mirlash jarayoni, o‘qish davomida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash hamda amaliyot bazalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, TATU Zarafshon fakultetiga qabul jarayoni 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4
#7may
#Aloqachilar_kasb_bayrami
Hurmatli aloqachilar!
✅ Sizlarni 7 may — «Aloqachilar» kasb bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
🌐 Tezlik, qulaylik va shaffoflik yaratishda, kasbingizga bo‘lgan vafodorlik, o‘z ishingizga bo‘lgan shijoat sizlarni hech qachon tark etmasin. Yangi zafarlar va marralar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
💻 TATU jamoasi barchangizni 7-may — Radio va aloqa xodimlari kuni bilan sohada faoliyat olib borayotgan fidoyi va jonkuyar Sizdek xodimlarni samimiy tabriklab, ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaydi.
#Aloqachilar_kasb_bayrami
Hurmatli aloqachilar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤4🕊4
#TTJga_tashrif
#Rektor_talaba_yoshlar_uchrashuvi
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
👥 Uchrashuv davomida Kompyuter injiniringi fakultetining talabalari bilan o'zaro fikr almashildi, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, ilm-fan va ta'limda zamonaviy tendensiyalar haqida so'z yuritildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdik.
🛡 Shuningdek, TTJdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi, talabalar yashash muhitini ko‘zdan kechirildi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook ✅ Tuit.uz
#Rektor_talaba_yoshlar_uchrashuvi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤5🤝3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Aziz yurtdoshlar, muhtaram ustozlar va talabalar!
Sizlarni 9 may — Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu sana — Vatan ozodligi va osoyishtaligi uchun jonini fido qilgan mard ajdodga bo‘lgan yuksak ehtirom, ularning jasorati va sadoqatiga chuqur minnatdorlik ramzidir.
Ularning g‘animat xotirasi qalbimizda abadiy saqlanadi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, taraqqiyotimiz doimiy bo‘lsin!
✈️ @taturektori

👍12❤6❤🔥1