Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Yurtimizga tinchlik, oilalaringizga fayzu-baraka tilaymiz. Bayram barchaga quvonch olib kelsin!

___

С праздником Курбан-Хайит! Пусть в ваших домах царят мир, благополучие и радость. Счастливого и светлого праздника!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉128😍4🕊2👍1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#White_Wolves

“Дунё мухлислари “Оқ бўрилар”ни кўришни орзиқиб кутмоқда” — ФИФА президенти Жанни Инфантино Ўзбекистонни табриклади!

“2026 йилги Жаҳон чемпионатига тарихий йўлланмани қўлга киритганингиз билан табриклайман. Муросасиз саралаш босқичларидан кейин, сизлар мундиалда иштирок этишга ҳақли эканлигингизни кўрсатиб қўйдингиз. Дунё мухлислари “Оқ бўрилар”ни кўришни орзиқиб кутмоқда. Мундиалга хуш келибсиз”, - деди Инфантино.
🎉23👍82👌1🤝1
#Тафаккур

1. Асрашинг керак бўлган энг нафис нарса - вақтдир. Сен эса уни осонгина зое қилмоқдасан!

© Абдул Фаттоҳ Абу Ғудда

2. Одамнинг ўзи истамаса, ҳеч қандай ўгит-насиҳатлар унга тўғри йўл кўрсатолмайди.

© Р. Роллан

3. Ҳеч қандай хато қилмаган одам, ҳеч нима қилмаган одамдир. Бу ҳаётдаги энг катта хато: ўзингни хатосиз ҳисобламоқдир.

© Юнус Эмро

4. Бошқаларга ёрдам беришга интиладиган одамгина муваффақиятга эришади. Фақат ўз фойдасини ўйлайдиганлар эса мағлубиятга учрайверади.

© Браян Трейси

5. Ёки илмли бўл, ёки илмга таяниб иш тутадиган бўл, лоақал илмни тинглаб эшитадиган бўл, аммо тўртинчиси бўлма, чунки касодга учраб ҳалок бўласан.

© Маҳмуд аз-Замахшарий

6. Муваффақият асосий мақсадингиз кўз олдингизда турганда келади. Мақсадингиз кўздан нари кетиши билан муваффақият ҳам кетади.

© Бернард Шоу

Тафаккур қилувчилар учун...
👍30🔥9❤‍🔥61🕊1🤝1😎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #IntegrallashganKutubxonaTizimlari #ProInfo #OliyMuhandislikMaktabi #UzArxiv #Tálim_IshlabChiqarish_integratsiyasi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida “ProInfo” kompaniyasi bilan hamkorlikda  “Integrallashgan kutubxona tizimlari” hamda "O‘zarxiv" agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Elektron arxivlar” o‘quv-ilmiy laboratoriyalarining ochilish marosimlaridan videolavha.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥32🤝1
#seminar_trening #Dolzarb90kun

Texnikumlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet huzuridagi texnikumlar (Bo‘ka tuman politexnikumi, Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi, Toshkent tuman 2-son politexnikumi, Respublika televideniye va radio texnikumi va Chilonzor tuman 1-son politexnikumi) rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

💬 Seminar-trening doirasida texnikum rahbarlari TATUda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng, universitet rahbariyati bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🖋 Ochiq muloqotda kelgusida hamkorlikda bajariladigan ishlar muhokama etildi. Tadbir yakunida universitet va texnikumlar o‘rtasida bajariladigan ishlar yuzasidan memorandum imzolandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening #Dolzarb90kun

📹 Kuni kecha, 13-iyun kuni bo'lib o'tgan texnikumlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi seminar-treningdan videolavha

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_OAV_nigohida #Yangi_davr #ŎzArxiv

⬇️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "O‘zarxiv" agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lganElektron arxivlar” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.

Shu haqida Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_bo'ling

Нега одамлар фирибгарларга тез ишониб қолишади?

Психологик ва ижтимоий сабаблар туфайли яъни фирибгарлар одамларнинг умид, қўрқув ва очкўзлик каби ҳиссиётларини манипуляция қилади, Шунингдек, улар тез қарорга мажбурлашади. Масалан, “фақат бугун” ёки “сўнгги имконият” каби босим техникасидан фойдаланади. Ўзларини "эксперт", "ҳамкор ташкилот" сифатида кўрсатиб ишонч қозонади ва х.к. Одамлар ўта ишонувчан бўлади, кўпчилик қилса, бу тўғри деб ўйлаши оқибатдан фирибгарлар қурбони бўлади.

Мулоҳазаларни эшитинг ва тафаккур қилинг!
👍7🔥42🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #AkademikLitsey #Bitiruvchilar2025

Oq yo'l sizga, aziz bitiruvchilar!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyida tantanali diplom va medallar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida litseyni 197 nafar iqtidorli o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Shulardan 19 nafari a’lo darajali diplom bilan taqdirlandi. Bitiruvchilarimizning 66 nafari matematika, 28 nafari fizika fanlaridan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, 68 nafar yoshlarimiz IELTS imtihonida yuqori natijalarga erishib, chet tillarini mukammal bilish darajasini namoyish etdi. 52 nafar bitiruvchimiz esa milliy sertifikat sohiblari sifatida ajralib turdi.


Aziz bitiruvchilar, olgan bilimlaringiz va mehnatingiz – kelajakdagi yuksak marralarga yetaklovchi mustahkam poydevordir. Sizlarga yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar, jasorat va omad tilaymiz!

Oq yo'l sizga, yoshlar! Kelajagingiz nurli va ulug‘ bo‘lsin!


✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124🤝2
#Xushxabar #étirof #THE

🏆 TATU — Jahonning eng nufuzli TOP 1000 ta universitetlari qatorida!

Bugun, 18-iyun kuni, Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Global Sustainable Development Congress” (Global barqaror rivojlanish kongressi) doirasida Times Higher Education Impact Rankings 2025 natijalari e’lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) dunyo bo‘yicha eng ilg‘or TOP 1000 ta oliy ta’lim muassasasi qatoridan munosib o‘rin egalladi!

📊 Reytingning 6 ta quyidagi barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha yuqori baholandi:

🌱13-maqsad – Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash: 80-o‘rin (1089 ta OTM orasida)

🏘 11-maqsad Barqaror shaharlar va jamoalar: 93-o‘rin

⚡️ 7-maqsad – Arzon va toza energiya: 101–200 oralig‘ida (1181 ta OTM ichida)

🌐 2-maqsad – Ochlikka qarshi kurash: 101-200 o‘rin (955 ta OTM orasida)

↘️ 1-maqsad – Kambag'allikni qisqartirish: 301-400 o‘rin (1267 ta OTM orasida)

👨‍💼 8-maqsad – Munosib ish o'rinlari va iqtisodiy o'sish: 301-400 o‘rin (1350 ta OTM orasida)

O‘sish sur’atlari:
📈 O‘tgan yilgi 1001–1500 diapazondan bu yil 200–500 pog‘onaga yuqorilab, universitet THE Impact Rankings’da ulkan sakrashga erishdi. Bu esa TATU’dagi strategik islohotlar, innovatsion ilmiy faoliyat va keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarning natijasi sifatida baholanmoqda.

🏛 Bu yutuq — TATU jamoasining ilmiy izlanishlarga, ijtimoiy mas’uliyatga va ekologik barqarorlik tamoyillariga sodiqligining yorqin isboti hisoblanadi.

🗒 Mazkur reytingda universitetlar BRM’lar doirasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim dasturlariga BRM’larning integratsiyasi, jamiyat bilan faol hamkorlik, ekologik va ijtimoiy tashabbuslar, hamda global hamkorlik salohiyati kabi mezonlar asosida baholanadi.


Ma’lumot o‘rnida: THE Impact reytingida 2020-yil 768 ta OTM reytingdan o’rin olgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 2389 taga yetdi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍169🔥5🤝1
#TATU #QSWUR2026 #DunyoReytingidaTATU #YangiBosqich

TATU DUNYO MIQYOSIDA YANA BIR BOR E'TIROF ETILDI!

Bugun, 19-iyun kuni «QS World University Rankings 2026» reytingi e’lon qilindi va biz uchun quvonchli yangilik bor!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ilk bor ushbu nufuzli xalqaro reytingda “New Entrant” (yangi ishtirokchi) sifatida qayd etildi va 1401+ o‘rinni egalladi!

📊 Baholash mezonlariga ko‘ra, TATU akademik mavqe bo‘yicha ham kuchli natijani qayd etib, 701+ o‘rinni egallagan!

Bu natija – universitetimiz ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorliklari va zamonaviy texnologik yondashuvlariga berilgan munosib bahodir.

📈 Bu hali boshlanishi! Oldinda yanada yuksak marralar kutmoqda!

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉52🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #memorandum

TATU va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

➡️ Bugungi kunda Respublikamizda jadal suratlar bilan davom etayotgan raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy tahdidlar, kiberjinoyatlikni oldini olish, fosh etish va tergov qilish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunda eng asosiy bo‘g‘in bo‘lib yetuk malakali kadrlarni tayyorlash strategik muhim vazifa hisoblanadi.


✔️Shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ikki tomon o‘rtasida quyidagilar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi:
- Zamonaviy raqamli texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni almashish;
- Kiberjinoyatchilik va kibertahdidlarni aniqlash va fosh etishda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llanilishi bo‘yicha fikr almashinish;
- Raqamli texnologiyalarni huquqni muhofaza qilish organlarida tatbiq qilish takomillashtirib borish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- Hamkorlikda xalqaro va mintaqaviy anjumanlar tashkil etish.


🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥62🕊1🤝1
2025/07/08 20:43:43
Back to Top
HTML Embed Code: