Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
 #videolavha #Nemis_tili_markazi

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan Nemis tili markazi (Deutsches Sprachenzentrum)ning ochilishi marosimidan videolavha.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥5🕊2
#tabrik

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari!


Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!

Jamiyat hayotidagi muhim voqea va yangiliklarni tezkor, haqqoniy va xolis tarzda jamoatchilikka yetkazishdek sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan fidoiy mehnatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Ijodingiz bardavom, qalamingiz o‘tkir, jamiyatdagi o‘rningiz doimo yuksak bo‘lsin!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2🎉1
#tashrif #hamkorlik #BDTU

Universitetimizga Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗒Joriy yilning 27-iyun kuni universitetimizga Buxoro davlat texnika universiteti rektori S.Siddiqova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida muhandislik-texnika sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim xizmatlari eksportini oshirish xalqaro miqyosdagi ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasiga universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun zamonaviy tarzda jihozlangan Oliy muhandislik maktabi, axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, innovatsiya va startap zonalar tanishtirildi.

🤝Tashrif so‘ngida o‘zaro hamkorlikda muhandis kadrlarni tayyorlash, ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish, muhandislik sohasiga oid chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish, ta’limni xalqarolashtirish hisobiga eksport hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#étirof #THE #QS

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nufuzli xalqaro reytinglarda yuqorilashda davom etmoqda.

QS va Times higher education xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e'lon qilingan bir qator reyting natijalariga ko’ra TATU dunyodagi eng nufuzli TOP-1000 talikdagi OTMlari qatoriga kirdi.

Shu munosabati bilan universitetda tantanali tadbir tashkil etildi va unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, nufuzli mehmonlar, fan va jamoat arboblari, vazirlik va idora mas’ullari, universitet jamoasi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov qutlov so‘zi bilan ochib berdi va butun universitet jamoasini ushbu yutuq bilan tabrikladi. TATUning sun'iy intellekt sohasidagi salohiyatini alohida e'tibor qilgan holda, xalqaro reytinglarda bundanda yaxshiroq o’rinlarga chiqishiga ishonch bildirildi.

🗒 Ma'lumot uchun: "Times Higher Education Impact Rankings 2025" reytingida TATU TOP-800-1000 oralig’idan joy oldi va shuningdek, "QS World University Rankings 2026" nufuzli xalqaro reytingda “New Entrant” (yangi ishtirokchi) sifatida qayd etildi va dunyoda 1401+ o‘rinni egalladi!

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍183🔥3👌2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarKuni

🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning ijodkor va intiluvchan barcha yoshlarini chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Siz – Prezidentimiz ishonch bildirgan yoshlarsiz.
Siz – ertangi kun bunyodkori, ilm-fan, texnologiya va taraqqiyot yo‘lini yorug‘ qilayotgan kuchsiz.


🗒 So‘nggi yillarda yoshlarimiz AyTi, dasturlash, kiberxavfsizlik, kibersport, startaplar va sport yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishmoqda.

Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, yangilik sari intilishingiz va mehnatsevarligingiz – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

📈 Raqamli dunyoni qurayotgan, texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan, global maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini baland tutayotgan yoshlardan faxrlanamiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!



🎉 По случаю 30 июня - Дня молодежи искренне поздравляем всю творческую и устремленную молодежь нашей страны!

Вы — молодёжь, которой доверяет наш Президент.
Вы — созидатели завтрашнего дня, движущая сила науки, технологий и прогресса.


🗒 В последние годы наша молодежь добивается впечатляющих успехов в сфере AyTi, программирования, кибербезопасности, киберспорта, стартапов и спорта.

Ваша жажда знаний, стремление к инновациям и трудолюбие — прочный фундамент развития Нового Узбекистана.

📈 Мы гордимся вами — теми, кто строит цифровое будущее, осваивает современные технологии и прославляет нашу страну на международной арене!

С праздником, дорогая молодежь!


🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤝3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_OAV_nigohida #Yangi_davr #QS #THE

🏛 Global e’tirof: TATU xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda

Shu haqida Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉64🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_reyting #natija #TATU_OAV_NIGOHIDA

Fakt 24 | TATU dunyoning top universitetlari qatorida

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍225
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nemis_tili_markazi #YangiDavr #TATU_OAV_nigohida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Nemis tili markazi (Deutsches Sprachenzentrum) tashkil etildi.

🗒 Ochilish marosimida Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari Matthias Klingenberg, Christian Hiris, Kukmin universiteti vitse-prezidenti, professor Kim Byoung Jun va Klagenfurt universiteti professori Jean Chamberlain Chedjou ishtirok etdilar.

🏛Universitetda mazkur til markazining tashkil etilishi, TATU talabalari uchun Germaniya tilini chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratish bilan bir qatorda, dual ta’lim dasturlari asosida Germaniyaning ilg‘or kompaniyalarida amaliyot o‘tash, xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar sifatida shakllanishi imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda Germaniyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini yaratadi.


Shu haqida Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196
#tashrif #hamkorlik #dolzarb_90_kun

TATU va professional ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.

🗒 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet ishchi guruhi bilan Chilonzor tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurdik va ta'lim muassasasidagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdik.

Tashrif jarayonida universitet tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤝1
2025/07/09 22:03:18
Back to Top
HTML Embed Code: