Telegram Web Link
#workout #RektorKubogi #sport

“Rektor kubogi – 2025” Workout musobaqasi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sportning zamonaviy va ommabop yo‘nalishlaridan biri – workout bo‘yicha “Rektor kubogi – 2025” musobaqasi yuqori ruhda o‘tkazilmoqda.

👥Musobaqada talaba-yoshlar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va kuchli irodani shakllantirish yo‘lida o‘zini sinovdan o‘tkazmoqda.

❗️Musobaqalar chinakam workout atmosferasida – kuch, iroda va jamoaviy ruh uyg‘unligida davom etmoqda. Ishtirokchilar har bir mashq orqali o‘z chegaralarini kengaytirmoqda

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 🌐Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123🔥2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Rimni alishmasman bedapoyangga...", "Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men..." , "O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a...." , "Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston...", "O‘zing meni ulug‘lardan ulug‘imsan, vatanim". Bu misralar bugun barchamizga yod bo‘lib ketgan.

Bugun xalqimiz qalbiga yaqin, o‘zidek sodda, samimiy o‘xshatishlari bilan yuragimizdan joy olgan shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Shoir o‘lmaydi, degan gap bor. Bu gap Muhammad Yusuf haqida aytilgandek. U hali hamon she’rlari bilan qalbimizda yashab kelmoqda. Vatan muhabbatiga yuraklarimizda bir haykal o‘rnatganki, uni hech kim olib tashlolmaydi.

Agar bugun shoir hayot bo‘lganda 71 yoshni qarshilayotgan bo‘lardi. Uning tug‘ilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she’rlari orqali doimo abadiydir.
👍246🔥2🕊1🤝1
#Тафаккур

Ҳаёт саҳна. Бу ҳаётда яшаётган ҳар бир инсон ўзига тақдир томонидан берилган ролини бажаради. Кимнинг қандай роль бажариши олган тарбияси, билимига боғлиқ. Кимнинг роли лаҳзалик, кимники абадий".

Уильям ШЕКСПИР
👍21🔥3🎉3🕊1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_reyting #natija

🏛 TATU Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingida yuqori natijani qayd etdi


🌐 Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 e’lon qilindi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 601+ o'rinni qayd etdi.

Yana bir muhim jihati — TATU Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari orasida TOP 7 talikdan o'rin egallagan. Bu natija universitetimizning xalqaro miqyosda e'tibordaligi, ilm va ta'lim sifat ko'rsatgichlari yanada yuksalayotganidan dalolat.

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉86🙏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #Ijaraga_tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati vakillari, universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

ℹ️ Bu kabi tashriflar, talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ularning ta’lim jarayoniga bo‘lgan e’tiborini oshirishga qaratilgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121🤝1
#IlmiyKengash

🏛 2025-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 8/9 (750/751)-sonli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish avvalida quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘zlarining yubiley yoshlarini qarshi olayotgani munosabati bilan tabriklandilar:
⭐️ Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasi dotsenti Sapayev Mamatkarim Soliyevich — 75 yoshga to‘ldilar;
⭐️ Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi professori Yakubov Maqsadxon Sultanniyazovich — 70 yoshga to‘ldilar;
⭐️ Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi dotsenti Akbarova Marg‘uba Xamidovna — 60 yoshga to‘ldilar;
⭐️ Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti Nazarova Gulchehra Nurmuxanbetovna — 60 yoshga to‘ldilar.

🛡 An’anaga ko‘ra, kengash davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga Oliy attestatsiya komissiyasidan (OAK) ilmiy daraja diplomlari, ilmiy unvonlar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Jumladan:

⭐️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Chet tillari kafedrasi dotsenti Sultanova Hilola Jamolutdinovna;

Sharipova Aziza Abdumannopovna – Chet tillari kafedrasi mudiri – filologiya fanlari doktori (DSc);
Atashikova Nilufar Anarmatovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Mavlonova Mavluda Davurovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Ismanov Kobuljon Abduraxmonovich – Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti v.b. – Janubiy Koreyada joylashgan Pukyong Milliy universitetida tahsil olib, PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Begmatova Ziyoda Zaxidjon qizi – Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi assistenti – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Suyunov Asror Baxtiyorovich – Xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Atoyev Suhrob G‘afurovich – ATDT kafedrasi assistenti – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Matkurbonov Dilshod Matkurbon o‘g‘li – Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti v.b. – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Raxmatullayev Adxamxon Habibullo o‘g‘li – AKTsI kafedrasi assistenti – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Kerimov Komil Fikratovich – Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi mudiri – “professor” ilmiy unvoni;
Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li – AKTsI va M fakulteti dekani – “dotsent” ilmiy unvoni;
Elov Jamshid Bekmurodovich – Masofaviy ta’lim markazi boshlig‘i – “dotsent” ilmiy unvoni;
Saydaliyeva Gavharxon Avazovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni;
Safarova Fotima Isamiddinovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni;
Safarov Jo‘rabek Shakarovich – Oliy matematika kafedrasi professori v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🤝1
2025/07/14 00:38:47
Back to Top
HTML Embed Code: