Telegram Web Link
#TATU_bitiruvchilari #bitiruv2025

🏛 Bugun 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriat va magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo'lib o'tdi.

🗒Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Andreyevich Pekos, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ishanxodjayev Asror Aslanovich, Unikon.uz korxonasi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Azimov Ulug‘bek Muzapparovich, O'zbektelekom AK Boshqaruv raisining tijorat masalalari boʻyicha o‘rinbosari Islamov Javlon Rasulovich, ATB Aloqabank boshqaruv raisi o‘rinbosari Maxkamov Farrux Murodovich, UMS MChJ Axborot xavfsizligi va rejim bo‘yicha direktor Olmatov Baxromjon Adxamovich, Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig'i Tursunov Nodir Baxodirovich, Kiberxavfsizlik markazi direktor o'rinbosari G'afurov Sharifjon Raximovich va O’zbekiston pochtasi rahbari Fayzullayev Alisher Nasibullayevichlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

📈2024/2025 - o’quv yilida universitetimizda jami 2 285 nafar, shundan 2196 nafar bakalavriat, 89 nafar magistrant bitiruvchilar tayyorlandi.

🎉Marosim nafaqat bitiruvchilar uchun, balki ularning oila a’zolari va do‘stlari uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉65❤‍🔥1🔥1🥰1😇1😎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_bitiruvchilari #Alumni2025

🏛 Bugun, 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan bakalavriat va magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan videolavhalar.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124🔥4
#Dolzarb_90kun #Bektemir #taqdirlash

“Dolzarb 90 kun” – yangi bilimlarni egallash uchun qulay fursat!

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 9-iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 358-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi yirik tadbir o‘tkazdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyiha - yoshlar orasida innovatsion tafakkurni shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni uyg‘otish, yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish va yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

🗒Tadbir davomida:

STEM, Informatika va axborot texnologiyalar hamda ingliz tili o‘qituvchilariga Coursera xalqaro platformasida bepul malaka oshirish uchun sertifikatlar topshirildi;

TATU Media markazida stajirovka o‘tagan texnikum o‘qituvchilari taqdirlandi;

 Respublika televidenie va radio texnikumiga zamonaviy adabiyotlar hadya qilindi;

Bektemir va Mirobod tumanlari o‘quvchi yoshlarini qamrab oluvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi “Junior Tech Hackathon” musobaqasiga rasmiy start berildi;


📈 Shuningdek, TATU rektori va hokimlik vakillari 358-maktabda universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan “Kelajakni raqamli ta’lim bilan quramiz” shiori ostidagi AyTi kurslar faoliyati bilan tanishdilar.

🔎Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2025-yil 20-mart kuni ochilgan ushbu maktab bugun chin ma’noda raqamli ta’lim markaziga aylangan. Maktabda tashkil etilgan kurslarda tumanning barcha maktablaridan 350 dan ziyod o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qamrab olingan:

  Kompyuter arxitekturasi;
  Robototexnika va mexatronika;
  Elektronika – kelajak kasbim;
Happy English Club.

⭐️“Dolzarb 90 kun” loyihasi – yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lidagi amaliy islohotlarning yorqin ifodasidir. Bu jarayonda TATU yetakchi oliygoh sifatida faol ishtirok etmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90kun #videolavha

Bugun Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 358-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bo'lib o'tgan navbatdagi yirik tadbirdan videolavha.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥1
2025/07/10 09:38:13
Back to Top
HTML Embed Code: