Telegram Web Link
Biz sevgi haqida, samimiylik haqida, qalbning samimiyligi va yumshoqligi haqida juda ko'p gapiramiz..va manimcha bularning hammasi sevgidan kelib chiqadi.

Lekin sevgi aslida nima?
U qanday bo'lishi kerak?
Axir, ba'zan biz sevgi deb bong urayotganimiz natijada qalbimizni parcha-parcha qilib yuboradi.

Haqiqiy sevgi Allohning rizoligiga qaratilgan desamchi?
Judda oddiy shundaymi..hammaga tanish, hammaning bundan xabari bor..lekin detallar..ularga e'tibor berganmisiz?!

Masalan, sevgi-bu xuftonni o'qimasdan uxlay olmaslik, Oyat al-kursiy bilan o'zingni himoyada his qilishing, sevgi-bu uxlashdan oldin o'qilgan mulk surasi sabab qabr azobidan halos bo'lishlikdan qilingan umid.
Ovqat qilishni, yeyishni «bismillah»siz boshlamaslik..

Allohning senga kundan kunga ko'rsatib kelayotgan marhamati uchun, «alhamdulillah» deyish.

Biz hammamiz izlayotgan va butun umrimiz davomida his qilishga intilayotgan haqiqiy sevgi faqat Unda topiladi. Al-Vadudda.
Alloh bandalariga yuqoridagilarning imkonini berib qo'ygani-Uning sevgisi.
Bu komil ishqdir, u Allohning sevgisi, Robbimizning sevgisi.
Bizni yaratgan, Yaratuvchimizning, Mehribonimizning sevgisi.
Bu eng go'zal va mukammal sevgi. Tasavvur qilib ko'rish..murakkab..etlar titraydi.

Birinchi navbatda, Uni sevishni o'rgansak, biz itoatkorlikni o'rganamiz. Agar muhabbat bo'lsa,
Uning amrlariga rioya qilish, ko'pchilik hayol qilganidek qo'rqinchli emasligini tushunasiz.
Hech qanday bahona ham bo'lmaydi.
Doimiy itoat va ibodat.

Bundan tashqari, Allohni sevib, Alloh sevganlarni, Uning roziligi uchun bizni sevadiganlarni topamiz.
Baxt a?

Vallohi, sevgi Allohga qaratilgan bo'lmasa, hayotimizda doim erisholmaydigan, yetisholmaydigan qismimiz bo'ladi.
Har doim biror narsa yetishmaslik hissi.
Bir qarashda, sizda hamma narsa bor, yaqinlaringiz yoningizda, ishingiz joyida, lekin nimadir yetishmaydi..kun davomida qayg'uli, tushkun holat sizga hamrox bo'ladi
Chunki biz odamlarni, mavjudotlarni sevamiz.
Bu dunyoni sevamiz..orzularimizni sevamiz.
Hammasi kim uchun? nima uchun?

Alloh taolo barchamizga O'ziga nisbatan samimiy muhabbat ato etsin.
Qalb idishimiz faqat Allohga bo'lgan ishq sharobi bilan to'lsin.
11👍5👏2🔥1😢1
13🥰4👍2
Ayrim ko'z yoshlari yuzga tommas, ayrim so'zlar kimsaga aytilmas, fig'onlar bor banda eshitmas …

Allohga hamd benihoya hamd …

@Tazkiraa
8🥰6👍2😢1
Kalp denizdir, dil de kiyi.
Denizde ne varsa kiyiya o vurur.
2🤔1
Meni menda dema, menda emasman
Bir men bordir menda, mendan ichkari
9🥰2
Dengizda harakat qilgan odam cho'kadi, o'lik odamni dengiz yuqoriga ko'taradi, dunyoda o'zingizni unutib, xuddi o'lgandek yashang, shunda dunyo dengizi sizni ko'taradi, aks xolda cho'kasiz...

@Tazkiraa
🔥4👍21🥰1
Inson dunyoda g'am-g'ussaga kirayotgan bo'lsa haddan ziyod ko'p sinalayotgan bo'lsa, Alloh uni darajasini ko'tarishlik, gunohini kechirishlik, iymonini dalillashtirishdan tashqari, dunyodan bezdirish uchun sinaydi. Toki banda dunyodan bezisin, unga zarracha ko'ngil qo'ymasin, albatta oxirat diyori ham yaxshiroqdir, ham boqiyroqdir.

@Tazkiraa
🔥8🥰3👍2
Bambuk daraxti kuniga 5 sm o'sadi, ammo u shunday o'sishlik uchun 5 yil tuproq ostida zahira yig'adi.
To'xtang, to'xtashni biling, tafakkur qiling, rivojlaning, zahira yig'ing, so'ngra tez o'sing!

P.s: Bir bambukchalik bo'la olmasak a?!

@Tazkiraa
🥰5🔥2
Qilayotgan gunohlaring, senga kelayotgan azobning xabarchisidir...

Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy

@Tazkiraa
😢6👍2🔥1
Odamlarni sizga bo'lgan muomalasidan xafa bo'lmang, insonni insonlar ila munosabati insonning Alloh ila munosabatiga barobardir.

@Tazkiraa
👍62
Insonning Alloh bilan munosabatini bilmoqchi bo'lsangiz, uni begona odamlar bilan munosabatiga qarang!

@Tazkiraa
👍81
2025/07/12 19:18:38
Back to Top
HTML Embed Code: