Sevgi.
Mening tushunchamda bu tuygʻu boshqa tuygʻuga oʻxshamaydi.
Nega?
Chunki, bu yashashga, harakat qilishga undaydigan yagona tuygʻu.
Bu tuygʻu yordamida oʻz yoʻlini, oʻz baxtini koʻra oladi inson.
Bu tuygʻu sabab inson—tabassum qiladi, yigʻlaydi, sinadi va yana takror oyoqqa turadi.
Sevgi—bu ehtiyoj. Har bir insonning ehtiyoji. Sevgisiz biz baxtsiz, hech kimmiz.
Sevgisiz yashaydigan insonlarga e’tibor berganmisiz?
Goʻyo hayot mazmunini yoʻqotib qoʻyganga oʻxshaydi.
Toʻgʻrisi, ulardan biriga aylanib qolishdan qoʻrqaman.
Men sevaman.
Robbimni, dinimni, hayotimni, oilamni, farzandlarimni, doʻstlarimni, imkoniyatlarimni, ne’matlarimni..ularni sevmasdan yashashni tasavvur qilolmayman..
Ammo, Robbim senga juft qilgan insonga boʻlgan muhabbat—umuman boshqa.
Hozir, juda oddiy narsalar haqida yozaman, lekin aynan shu oddiy narsalar ustida muhabbat oʻz kurtaklarini ochadi.
Koʻrib ketish uchun 5 daqiqaga boʻlsa ham kelish.
Ovozini eshitish uchun qoʻngʻiroq qilish.
Arzimas kichik narsani koʻrib qolib, unga yoqishini bilib, u uchun harid qilish.
Uning qalbini ogʻritadigan ish qilmaslik.
Oʻzi his qilishni istamagan narsani unga ham his qildirmaslik.
Anglash uchun tinglash.
Va’dasida turish, soʻzidan chiqish.
Yolgʻiz qoldirmaslik.
Koʻzida yoshlari bilan uxlashiga izn bermaslik.
Ishonish va ishonchli boʻlish.
Bir-birga emas, muammoga qarshi boʻlish.
Hayot qanday pistirma qoʻymasin, qoʻllarini qoʻyib yubormaslik.
Bu roʻyhatni cheksiz davom ettirishim mumkin..
Doʻstlar, qarindoshlar va boshqalar..bu insonlar siz bilan birga hayot kechirmaydi, bu insonlar ertay-u kech yoningizda boʻlmaydi, bu insonlarning ham sizniki kabi oʻz shaxsiy hayoti bor.
Bir kun tongda uygʻonib, “men uchun foydasi boʻlmagan narsalar uchun yugurib, mening keragim boʻlmagan kimsalar ortidan quvib, oʻz oilamni saqlab qololmadim” deb oʻylamaslik uchun, oʻz sevgingizni qadrlang.
Sevadigan erkak bemehr boʻlolmaydi. Mehr uning qon-qoniga singib ketgan boʻladi. U sevgini his qiladi va u siz uchun hamma narsa qilishga tayyor boʻladi. Majburlikdan emas, OʻZI XOHLAGANI uchun.
Sevgi–u yoki har kuni, yoki umuman.
© Farohun
@Tazkiraa

❤3
#Er_vazifalari
1 Ayolidan va farzandlaridan habar olish;
2 To'laqonli ta'minlash;
3 Bolalar tarbiyasida ishtirok etish
4 Ayoli bilan dildan suhbat
5 Oila a'zolariga ta'lim, tarbiya va ilm olishiga yo'l ochib berish;
6 Farzandlari va ayolini kuniga 5 marta quchoqlash;
7 Dam olishga olib chiqish va sovg'a salomlar
8 Mehr berish
9 Nazorat va qizg'onish
10 Ayolining xatolarini yuzma-yuz o'tirib muhokama qilish;
11 Har doim yordam berish;
12 Himoya

👍1🔥1
Ey sadoqatli muslima ayol!
Ey Allohga qaytguvchi mo'mina ayol!
Sen huddi yomonlikdan ozordan uzoq bo'lgan xurmo darahti kabi bo'lgin, unga tosh otsang, u o'z mevasini tushuradi. So'zing zikr, qarashing ibrat, jim turishing fikr bo'lsin, ana shu paytda sen saodat rohatini topasan.

❤4
U hech qachon seni qoʻrquvlaring, shubhalaring va mavhumlik qarshisidagi havotir bilan yolgʻiz qoldirmaydi.
U hech qachon sen yolgʻiz holda jar yoqasida turib, boʻshliqqa qarab turishingga yoʻl qoʻymaydi.
Sen har doim u borligini bilasan, uning eng asosiy istagi–yoningda boʻlish, himoya qilish va asrash ekanini bilasan.
Hattoki, oʻzida qoʻrquv va ishonchsizlik boʻlsa ham, asta qoʻllaringni ushlaydi, sen ham huddi shunday javob qaytarishingni biladi.
Butun bu yolgʻon dunyoda, minglab barbod boʻlgan taqdirlarga , javobsiz qolgan xatlarga, kuyib kul boʻlgan orzularga, unutilgan hikoyalarga, sohtalik va chirkinliklarga qaramay, faqat u boʻladi yoningda.
Mustahkam tayanch, ishonch, haqiqat, umid, barcha gʻam va qaygʻu, xavf-hatardan asrab avaylaguvchi mehribon qoʻllar..va bularning bari birgina insonda mujassam.
Sening insoningda.
©Farohun

❤5
Қалб чиркинликлардан тозаланмасдан «гўзал»га қандайин ва қай жасорат билан истакли бўла олади? Ҳасад, нафрат, ғурур ва дунёга топмоқликдан аримаган, тозаланмаган кўнгил, қандайин илоҳий ўзгаришларга, севги Султонининг Ўзини кўрсатишига ноил бўла олади?
©Tunchiroq
@Tazkiraa
©Tunchiroq
@Tazkiraa
❤3
Forwarded from Ummu Zaynab
#özimga #sizga
Tashqi ko'rinishga qarab baho beradiganlarga, tashqi dunyosini go'zallashtirib, ichki dunyosini, ruhini unutganlarga, ta'nasini ozorlab o'zgartirayotgan bugungi ayollarga shu savolni bergim keladi:
Janozangizda qaysi brendni kiymoqchisiz...
Ummu Zaynab

❤2🤔1
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
"Севги - бир одамнинг ўзини икки марта севишдир.
Биринчиси, уни тасаввур қилиб.
Иккинчиси, асл ҳақиқатини билиб".
@MubashshirAhmad
Биринчиси, уни тасаввур қилиб.
Иккинчиси, асл ҳақиқатини билиб".
@MubashshirAhmad
Forwarded from Bintu Muhammad
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#СУЯНЧ
• Аёл муҳаббат манбаидир, унинг муҳаббати у ёқтирган ўринларда жўш уради.
• Айрим эркак, аёл бойликни севади, келишган кўринишни ёқтиради, деб ўйлайди ва шунга кўра аёлнинг муҳаббатини қозониш учун пулдор кўринишга, ўктам қоматли бўлишга уринади.
• Аммо аслида аёл учун энг маъқул эркак суянса бўладиган эркакдир.
• Аёл ўзи суяна оладиган эркакнинг бошқа барча камчилиларидан кўз юма олади.
• Агар суяна олмаса эркакнинг барча фазилатлари у учун бегона бўлиб кўринаверади.
• Аксар кўнгил совушлар суяна олмасликдан келиб чиқади.
• Шундай экан аввало аёлингизга суянчиқ бўлинг!
• Ана шунда сиз ундан ҳақиқий муҳаббатнинг жилосини кўрасиз.
©️ Маҳбубий

❤2