Telegram Web Link
Agarda sevish shunchalik go'zal bo'lsa, uni yaratgan Zot qanchalar go'zal!

Dindoshlarim, barchangizga juma muborak!

Assalamu alaykum va rohmatulloh.

@Tazkiraa
#ustozlarimizborbo'lsin

Ertalab ukamni maktabga kech qolasan tuuuur, turaqoool deya qayta qayta uyg'otishga harakat qildim.
-Opaaa ozgina uxlab olay iltimoos 🥺😴
Keyin onam aytib qoldilar bugun 1-oktyabrku maktabga bormaydi bayram! 🥳
-Tinch qo'y 😅
-Aytdim nega turmayapti bu deb 🙊🤣

P.s: Kim-ki menga nimaiki yaxshi ishlarni o'rgatgan bo'lsa ham ustozdir, Allohim umrlaringizni barakasini bersin, aziz ustozlar 🤲

@Tazkiraa 🌹🥳
#SABR!

Hastalikda Ayyub.
Hasratda Yoqub.
Zindonda Yusuf.
Otashda Ibrohim bo'lmoqdir.
Alloh bor, Alloh yor!

@Tazkiraa 🍃
#mutolaadan
#nocomment

-Meni ilma-teshik qilib tashlasa ham, bir muslimaning sharmisor qilinishiga yo'l qo'ymayman.

Yuqoridagi jumlalarni o'qir ekanman behos hayolimga ko'z oldida odam o'ldirayotgan bo'lishsa ham 50 tacha erkak bo'la turib yordam bermaganlar keladi. Qo'shtirnoq ichidagi "Erkak" larga qolmasin kunimiz.
Ayollar mardroq qarab turmagan va yordamga borgan!

📚 "Shamol ortidan yugurib"
Xolid Husayniy

P.s: Kitobni o'qisangiz Boboning jonini qanday tahlikali vaziyatda xatarga qo'yib bir muslima ayolni shanini ximoya qilganiga guvoh bo'lasiz.

@Tazkiraa 📚🖇
Dunyodagi butun insonlar bir daqiqagina sizni eshitadigan bo'lsa ularga nima degan bo'lar edingiz?

Go'zal javoblaringizni izohlarda kutaman! 👇

P.s: Ichingizdan o'tganlarni yozavering, ko'ramiz 😉
Juda yaxshi ko'rgan bir gapim:
Nasibasiga ishongan odam o'rta yo'lda, duosiga ishongan odam esa dardda qolmas.

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

@Tazkiraa 🍃
Bir hovuch tuprog'u biroz suvman men. Nimam-la quvonay, borim shuman men.

@Tazkiraa
Сукут хайрли ишдир. Чунки дардимиз ҳақли бўлиш эмас, Ҳақла бўлишдир.

Шамс Табризий
Chirchiq shahriga borish uchun katta ko'chada salkam bir soatdan oshiq vaqt davomida "taksi" to'xtatishga harakat qildim.
Hech kim u yerga bormas yo'lni esa uzoq deb ketaverardi.
-qayerga ekan singlim?
-chirchiqga
- 30 ming bering, mayli oboraman.
-iye, o'tgan safar 15 ga ketdimku 🙄 (rost)
Hullas oradan ancha vaqt o'tdi, kech ham tushib qolgandi buning ustiga juda shoshib turibman axr chirchiqdan G'azalkentga ham ketishim kerak-da!

Qo'lda og'ir narsalar, oyoqlar charchagan shunda ich ichimdan "Yo Allohim, O'zing marhamatli Zotsan, ahvolimni ko'rib turibsan kech qolyapman yo'lim uzoq, kech tushib qoldi bir o'zimman O'zing yordam qil, Senga oson-ku, agar Sen xohlasang meni Chirchiqga tekinga ham olib ketishlari mumkin, Yo Allohim O'zing qo'lla" deya gapira ketdim.
2 daqiqa o'tar o'tmas damas moshinasi kelib to'xtadi.
Men ham darrov
-Chirchiqga
-ha, mayli o'tiring.
Moshinaga pulini ham so'ramay chiqib oldim.
Manzilga yetib kelgach qancha bo'ladi amaki?
-Tekin, pul shartmas yo'limiz bo'lgani uchun opkeldik duo qilib qo'ying shu yetadi.
- Men 😳🙄🥲,
Alloh rozi bo'lsin rahmat.

P.s: Allohim har doim, har qanday xolatda ham bizni eshitishini va mudom yordam berishiga yana bir karra guvoh bo'ldim, subhanAllah.
Bir yarm soat ko'chada turib hal qilolmagan ishimni, Robbim 2 daqiqada birgina O'ziga yolvorishimdan hal qilib qo'ydi. Alhamdulillah.

@Tazkiraa
#tushungan_tushundi

Ko'rar ko'zga ajab so'fiynamosan,
Nihonda nafs itiga mubtalosan.

@Tazkiraa
Diqqat!

Xayriya ishlaridan biroz chetlanmoqchi edim ammo afsuski bir tanishimizning qizlari kasal bo'lib reanimatsiyaga tushib qolibdilar. Yolg'iz ayolga tabiiyki dori ukollarni yetkazib berish juda qiyin shu sababli aziz obunachilarim sizlardan shu opamizga birlashib yordam beraylik deb iltimos qilmoqchi edim.
Ozmi ko'pmi yordam berishni istaganlar @ummatningqizlarigabot manzilimizga yozing karta raqam beraman.

P.s: Karta raqamni yozib qo'ysam ham bo'lar edi lekin ortiqcha pul tushib qolishini xohlamadim, ham post tarqalib ketishi ehtimolini hisobga oldim.
Obunachilarim kam bilaman biroq biz birlashib katta kuchmiz 💪 shundaymi) 😌

@Tazkiraa
Forwarded from Muslimaat.uz
Пайғамбаримиз алайҳиссаломни карикатура қилган рассом ўлди

SVT телеканали хабар беришича, Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллаҳу алайҳи васалламни карикатура қилиб, оммага намойиш этган швед рассоми Ларс Вилкс ва унинг соқчилари автоҳалокат натижасида ўлим топди. Улар кетаётган машина юк машинаси билан тўқнашган. Юк машинаси ҳайдовчиси жиддий жароҳат олган. Телеканал маълумотларига кўра, тўқнашувдан кейин иккала машина ҳам ёниб кетган.
Ҳодиса 3 октябрь кунининг иккинчи ярмида Швециянинг Кроноберг минтақасига қарашли Маркарид шаҳри яқинидаги Е-4 йўлида содир бўлган.
Ларс Вилкс Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллаҳу алайҳи васалламга чизган карикатураси билан дунё мусулмонларининг норозилигига сабаб бўлган эди. Расм 2007 йил ноябр ойида "Nerikes Allehanda" газетасида чоп этилган. Ўшандан бери карикатурачи полиция ҳимояси остида яшаб келаётган эди. Унинг бу иши юзасидан ўлим билан қўрқитилган таҳдидлар ҳам бўлган эди.

Lenta.ru манбаси асосида тайёрланди
www.tg-me.com/muslimaatuz
Har narsaga bog'lama ko'ngil,
Ko'ngil uzmoq juda ham mushkil.

Sa'diy Sheroziy

@Tazkiraa
Forwarded from BAXT haqida...ت
#binnimalar

Bilaman, hech narsa osonmas. Bilaman, siqilyapsan.
Lekin unutma! Butkul umidsizlikka tushgan lahzangda, Alloh sen bilan ekanini shunday go'zal tarzda isbotlaydi-ki, umidsizlikka tushganing uchun uyalasan.

Alloh biz bilan. Alhamdulillah.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh
Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!

@baxt_xonimning_sarguzashtlari
#atalgan
#Madinamga

Javohir yerga tushgani bilan qadri yo'qolib qolmaydi!

@Tazkiraa 😇🍃
أمي ثم أمي
Zahra Mawaddah
Катта бўлиб англадимки, онамнинг қаттиққўлликлари муҳаббат экан, ғазаблари муҳаббат экан, жазолари муҳаббат экан. Онамнинг муҳаббатларигина муҳаббат экан.

@Tazkiraa
2025/07/13 21:58:34
Back to Top
HTML Embed Code: