Telegram Web Link
Aslo ko'rinishga aldanma. Chunki tashqaridan qaraganda, hamma ham insonga o'xshaydi.

Hazrat Mavlono

@Tazkiraa 🌚🌝
#Bismillah
#Hijab
#ota_onalarga
#muslima_opa_singillarimizga
#o'rangan_muslimagullarimizga

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu-sano, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vasallamga salovatlarlar yo'llab siz azizlarga quyidagi ushbu dil so'zlarimizni biroz bo'lsada yoritishni xohladim.

Shu o'tgan vaqtlar ichida juda ko'p hijoblanish maqsadida bo'lgan qizlar bilan gaplashdik, ularning aksariyatida uydagilarining qarshiligi noroziligi sabab hijoblana olishmayotganligi edi. Ba'zilarida bu qarshiliklar juda yuqori darajaga chiqqan edi-ki, Muzdalifa yashagim kelmayapti, o'zimni o'ldiraman qutilaman deyishgacha borishgan edi (Alhamdulillah xozir fikrlaridan qaytishgan, ko'pchiligi hijoblangan, u kunlari ortda qolgan). Bu shunchaki muommodan qochish, qo'rqoqlik siz bu narsa bilan hech narsaga erisha olmaysiz, nafaqat bu balki oxiratingizga ham katta zarar bergan bo'lasiz! Alloh asrasin.

Avvalo hijoblanish niyatida yurgan qizlarimiz qilishi kerak bo'lgan ishlar:

🧕 Oila a'zolari oldida uyda ham ro'molda yurish, uzun kiyimlar kiyib ularning ko'zlarini shu narsaga o'rgatish. (Albatta to'satdan bosh ochiq xolatingizda men hijoblanaman deb qolsangiz va dab-durustdan o'ranib olsangiz ularda shubha va gumon bo'lishi tabiiy)

🧕 Doimo yaxshi muomalada bo'lish! Hijoblanish farz bo'lsa Alloh taolo ota-onaga ham yaxshi muomalada bo'lishni buyurgan. Birini qilib nahot ikkinchisiga ahamiyat bermaymiz?!
(Ayrimlarga uydagilari tomonidan norozilik bildirilganda juda qo'pol hatti- harakat qilishadi. Masalan: gap qaytarish, arazlab olish, ovozini ko'tarib urishish kabilar. Bu oiladagilarga aks ta'sir ko'rsatmay qolmaydi).

🧕 Diniy masalalarda qilinadigan ishlarni oila a'zolaringizga oddiy usulda odob bilan yohud dasturxon boshida boshqa birovga aynan shu mavzuda gap ochish orqali yetqizish. Unutmang o'zlari fahmlab Islom ko'rsatmalari bo'yicha shu ishni bajarishga harakat qiladilar. Onangizni dugonalari kelganda ular bilan shu mavzularda galashish iymonlashish ko'proq dindan xabari bor yor-u do'stlarini uyga taklif qilish. (Aksariyatimiz unday emas bunday, bunday emas unday deb ota-onaga aql o'rgatishni bilamiz bu ham ularda ichki norozilikni oshirishi ehtimoli katta. Hech kimga o'zidan kichik bo'la turib hadeganda aql o'rgatadigan aqlvoylar yoqmaydi. Bu bilan gunoh masiyatdan aytarmang demoqchi emasman qaytaring faqat odob husnul-hulq bilan).

🧕 Ayrim ishlarni xususan nomahramlar bilan qo'l berib salomlashish kabi ishlarni avvaldanoq to'xtatish lozim! Uzr, menga to'g'ri kelmaydi deb ketavering. Bandasining nima deb o'ylashi-yu sizdan qo'limni olmadi deb hafa bo'lishi bir tiyinga qimmat narsalar. Sizni Alloh bilsa bas bandasiga hech qachon yoqolmaysiz!
( Hijoblangach yig'ishtiraman xozir hijobim yo'q o'zing hijobda emassan-ku deb gapirishadi deysizmi? Qo'rqmang agar aynan xozir bu ishlarni o'rganmasangiz hijoblangach o'rganib qolgan odatingizni tashlash ancha qiyin bo'ladi va bexosdan o'zingiz ham bilmay qo'llashib salomlashib qo'ysangiz:
Birinchidan, vijdon azobida qolasiz ancha vaqt!
Ikkinchidan, atrofdagilarning ana hijobda bo'la turib shu ishni qilyapti degan gap-so'zlari nishoniga aylanasiz. Shuningdek, hijoblangan qizlar doimo diqqat markazida bo'ladilar, sizning, bizning hatti harakatlarimizga qarab barcha hijoblangan muslima qizlarga hulosa chiqarishadi.)

Hozircha shu yerda tanaffus qilamiz, postimni davomini keyinroq kanalga joylayman. In shaa Allah.

#fromMuzdalifa

@Tazkiraa 🧕🍃
Yaqin bir dugonamiz avtohalokat sabab shifoxonaga tushib qolibdilar iltimos yaxshilar orangizda duosi qabul bo'ladiganlar insonlar bor haqqilariga duo qilinglar. Tezroq sog'ayib ko'rmagandek bo'lsinlar in shaa Allah.
Ummu Gulsum deb duo qilaveringlar.
Robbim komil shifo bersin 🤲
Forwarded from Ijtimo
Кўзёшларининг ҳам бир вазифаси бор экан. Ортидан келадиган табассум учун тозалик қилар экан.

Мавлоно
Forwarded from AbuSolih Fox | Eski
#KITOB va #TURMUSH

• Kitob o'qimasa ko'ngil qo'yma...
• Ko'ngil qo'yding ham deylik, turmush qurma!
• Turmush qurding ham deylik, qurboning bo'lay, undan farzand orttirma!

© AbuSolih Fox (UzNet)

📌 https://www.tg-me.com/AbuSolihFox
Қуръон ўқий оладиган/ ўқишни истайдиган/ ўрганаётганлар орасида Қуръон китоб сотиб олишга қурби етмайдиганлар бўлса, тажвидли Қуръон китоби ҳадя қилинади. Aгар шундай инсонни билсангиз, далолат қилинг ёки етказиб беришни ўз зиммангизга олиб мурожаат қилсангиз ҳам бўлади.

Мусҳафлар етарлича, иншааллоҳ!

Мурожаат: @MusaabirBot

P.s: Илтимос тарқатиб беринглар, иншааллоҳ ажрига шерик бўласизлар.
Mo'min odam katta-katta ishlar qiladi, mayda chuyda ishlar bilan shug'ullanmaydi!

Mubashshir Ahmad.

Assalamu alaykum va rohmatulloh

@Tazkiraa
Forwarded from Xalil kitoblari📚
Bu kitobni o'qir ekansiz hayajonlanganmisiz?
Hayajonni-ku qo'ying, meni qo'lim oyog'im titradi. O'qishni boshlar ekanman qalbimdan bir ajiyb hislar ko'tarildiki...
Kitobni o'zingiz o'qimasangiz meni qanday kitobligini tasvirlaganimdan naf bormidi?!
Anglatilingan Hazrati Fotima roziyallohu anhu, anglatgan Nurdan domladir.
Hazrati Hadiyjadan keyin eng ko'p ko'rishni istagan jannat ayollarining sayyidasi...
Hazrati Alining marvarid guli...
Hazrati Hasan va Husaynning suyukli onasi...
Har o'ylaganimda qalbimga ishq, ko'zimga yosh to'ldirgan...
O'qishingiz mumkin...
Takror takror o'qishingiz mumkin...
Hayotining har qirrasi ayri ayri yozilgan...
Robbim bir kun ko'rishni, jannatda qo'shni bo'lishni nasib qilsin in shaa Allah 🌹

Buyurtma berish uchun: Izohda + belgisini qoldiring!

2 haftada yetib keladi in shaa Allah.

@Xalilkitoblari
Bazi insonlarning sizni xushlashmayotganligi, ularning shaytonlari sizni farishtalaringizdan rohatsiz bo'layotganligidandir!

@Tazkiraa
Live stream started
Live stream finished (15 minutes)
Darvesh hirqasi, musulmon sajdasi bilan aldashi mumkin.
Farqida bo'l!
Musulmonligini qulga emas, Allohga ko'rsatadiganlarga ishon.

@Tazkiraa
Audio
Ko'p vahima qilma, hali ne-nelarga ko'nikasan...

@Tazkiraa
#atalgan
#Madinamga

Moychechak misol nozik qalbli insonlarning ko'nglini sindirmang. Eng muhimi, ularni qo'ldan boy bermang.

@baxt_xonimning_sarguzashtlari

@Tazkiraa
Bugun shunday bir voqea bo'ldiki subhanAllah, sizlarga aytib beraymi yo'qmi o'ylayapman. Nima deysizlar? O'zimga qolsa hech kimga aytmoqchi emasdim ammo...
Anonymous Poll
96%
Ha, albatta manfaatli bo'lsa in shaa Allah hulosa chiqaramiz!
5%
Yo'q, yaxshisi aytmang.
#juma_muborak

Men duolarimni qilaveraman, Alloh bersa rahmatidan, bermasa hikmatidandir.

Azizlarim, barchangizga jumaning xayri va barokati bo'lsin.

Assalamu alaykum va rohmatulloh.

@Tazkiraa
#kechagi_kun
77/3 ovoz bilan men bu postni yozdim. Vaqtingizga rozi bo'lasiz, dindoshlar. 😉

So'zboshidan shuni aytishim kerak-ki, men quyidagilarni aslo yozishni hayolimga ham keltirmagan edim, aslo men unday qildim, bunday qildim deyish niyatim ham yo'q. Nima bo'lsa Allohning fazli karami ila bo'ldi.

Kecha bir ishim sababli chorsudagi "Kitob do'konlar" yo'lkasiga borishimga to'g'ri keldi. Hullas tezroq borib kelish uchun moshina gaplashdim 10 ming so'mga oborib qo'yishar ekan. Mendan so'ng yoshlari ulug' onaxon keldilar (70 dan oshgan edilar nazdimda) chorsuning qaysidir mahallasigacha oborib qo'ying deb iltimos qildilar va tabiiyki haydovchi aka ham narxni oshirdilar "Xolajon yo'lkira 10 ming so'm siz aytgan domga olib kirib qo'yishga ham yana shuncha qo'shasiz ustiga" deydi.
Onaxon uyda qo'l telefonlarini unutganlarini uzoqdan kelayotganlari va qo'ltiqtayoqlarini ham ko'rsatib men shu axvolda qanday topib boraman iltimos duo qilaman menda uncha pul yo'q, aytgan joyimgacha olib borib qo'ying deb salkam yalindilar 🤦‍♀
Moshinada ketayapmiz onaxon haydovchi akaga 7 ming so'm qog'oz pul va qolganiga tanga berdilar shundan keyingi haydovchi akani qanday muomala qilgani-yu, nimalar deganini yozishni tugul eslashni ham xohlamayman!
Hullas aka onaxonni chorsuning qayerigadir tashlab ketish niyatida...
Orqa o'rindiqda o'tirgan 2 kishi tushib ketishgach, meni manzilim keldi.
Moshinadan tushar ekanman akaga "Sizga yana 10 ming qo'shib jami 20 ming bersam Holani aytgan joylarigacha olib borib qo'yasizmi?" - dedim. Indamay bosh irg'itib "Ha" degan bo'ldilar. Onaxon "Voy, menga to'layapsizmi bolam?" deyayotgan edilar, "Holajon uyizgacha borasiz, oborib qo'yadilar" -dedim-u tez moshinadan tushib ketdim.
Shu kuni kechlarda salkam 2 oydan beri bir ish boshlab hech foyda olmayotgan, yurishmayotgan ishim yurishib ketsa va yana aynan 20$ foyda keladigan bo'lib qoldi. SubhanAllah
Allohning vadasi haq! Kimki biron yaxshilik qilsa unga 10 ta savob va'da qilingan.
Onaxonning duolari, Alloh ta'oloning rahmati ila qanchalar quvondim. Alhamdulillah.

P.s: Abdulloh ibn Muborak haqlarida yozilgan "Savdogarlar ustozi" nomli kitob mutolaasidan bu kabi xolatlar bejiz va behikmat bo'lmasligini anglaganman. Shu kitob sizlarga #Muzdalifa nomidan tavsiyu 😎

@Tazkiraa 🍃
#kichik_Muzdalifa
#jajjim_mening

Xolasiga nimadirlar demoqchi 🤔
Yohud, ashula aytib beryapti😄
Har holda gaplashyapti 👼🤱

P.s: 3,5 oylik
Yoʻlovchimiz, bir tomonda toʻsiqlar bilan toʻsilgan tikonlar sepilgan Jannat yoʻli, ikkinchi tomonda esa atrofi koʻngilxushliklarga toʻla makonlar, daraxt va gullari koʻzga safo beradigan Jahannam guzari..
Jannat yoʻliga kirganlar charchaydilar, terlaydilar, uyqusini tark qiladilar, mol-dunyosini kambagʻallarga tarqatadilar. Oʻzlari uchun amal qilganlari singari, boshqalar uchun ham amal qiladilar. Oʻqiydilar, hayotga tatbiq qiladilar va boshqalarga ham yetkazadilar. Toqati yetmay qolib, yohud Jannat yoʻlida yurganlari uchun İblisning bolalari tomonidan uylari portlatilib, shaharlari vayronaga aylansa ham, anbiyolardan qolgan: "Har yer vayrona boʻlsa ham, bu yoʻlning oxiri salomatlikdir" shiorini oʻqib, uyimiz yiqilsa ham Alloh bor, dardimiz yoʻq deb oʻzlariga-o'zlari tasalli beradilar.
Toqatlari yetmay qolganda, havoyu nafsi oraga suqilib kirib: "Kayfu-safo qilib yur, hayotdan zavqlanib yursangchi" - deydi.
Havoyu-nafsini iloh qilib olganlar, iblisning aldovlariga ishonadilar va oʻzimga imkoniyat berib koʻray deb ikkinchi yoʻlni tanlaydilar. Shahvatga magʻlub boʻlmagan moʻmin esa dunyo zavqlarini oxiratnikiga qiyoslaydi. Oʻzini yig'ib oladi, toʻxtagan joyidan: "Alloh bizga kifoya" - deb yurishda davom etadi...

@Tazkiraa 🍂🍃
2025/07/12 19:21:08
Back to Top
HTML Embed Code: