Telegram Web Link
Ayolidan shikoyat qilgan bir do'stimga aytdim:
Moshinangda ketar ekansan baloni chiqib ketdi, amallab moshinangni ko'cha chetiga olding.
Oftobda qolgansan, quyosh shunday qizdirayapti-ki, senga esa hech kim yordam bermayapti.
Tiling tomog'ingga yopishdi.
Keyin bir kichik bola keldi qo'lida katta ko'za va stakan, ichi to'la muzdek suv, "amaki assalamu alaykum shu qarshi uydan onam yubordilar meni.
U ayol ham senga ishorat qilib "salomlashdi". Siz bu yerda anchadan beri bu baloningizni alishtirishga harakat qilyapsiz, onam sizni ko'rib menga sizga suv olib borishimni aytdi.
Bular shu yerda tursin keyinroq siz ishingizni bitirganingizdan so'ng olib ketaman" -dedi.
Do'stimga dedim-ki:
Bir yildan so'ng shu ko'chadan o'tar ekansan shu ayolni eslaysanmi? Senga qilgan yaxshiligini? -dedim.
-ha xotirlayman.
-o'n yildan keyinchi?
-umrim bo'yi eslayman, dedi
Unda ayolingni aybi nima? Imzo qo'yganimi?
Dedimki u yerda bir stakan suvni unutmaysan, ismini bilgan bilmagan bir ayolni-da unutmaysan.
Uyingdagini aybi nima? Aybi seni sevganimi?
Nega u seni ko'zingga ko'rinmaydi?
Chunki bu ishni qilish unga farz deymiz, u buni qilishga majbur deb xisoblaymiz....! 😢

P.s: Turk kardash Bekir afandidan #erkin_tarjimam.

@Tazkiraa
😢7👍2🔥1👏1
Bir qalbni sindirib tonggacha uxlab chiqqanlar ham bor.
Qalbi sinib tonggacha yig'lab chiqqanlar ham bor.

@Tazkiraa
😢212👍1
Birovning nuqsoniga boqish-kishining birinchi nuqsonidir.

Rofiiy

@Tazkiraa
👍5🔥2
Nafs ila kurashga tushganda, nogoh
Yurakning kuragi yerga tegmasin!

@Tazkiraa
👍75
Ishq eng buyuk dard va u dardning darmonidir.

@Tazkiraa
👍2🔥21
Ko'zlaring bilan boq lekin qalbing bilan ko'r.

@Tazkiraa
👍43🔥3
Ishq go'zalni sevmoq emas
Sevganni go'zal ko'rmoqdir.

@Tazkiraa
7🥰4🔥2👍1
Juda og'ir va tikonli yo'lning oxiri oydinlikdir.

@Tazkiraa
🥰3🔥2👍1
Смотрите "Tajvid fani | 1-dars | Lahn ta'rifi, qismlari va hukmi" на YouTube
https://youtu.be/jjCR7BHuh9U
3👍1
Forwarded from Ijtimo
Инсон ишонгани қадар амал
қила олади.

Меҳмет Йилдиз.

Бир инсон Аллоҳга ишонаман иймон келтирдим лекин намоз ўқий олмайман, рўмол ўрай олмайман аммо ҳаммаси қалбимда, деяётган бўлса демакки у ҳали ўзи иддао қилаётган нарсасини қилмаган бўлади.
😢1
Смотрите "Tajvid fani | 2-dars | Isti'oza va basmalaning holatlari" на YouTube
https://youtu.be/nDhZkQpQZRg
Nasibangda boʻlsa, hattoki chumolidan ham dars olasan.
Nasibangda boʻlmasa, butun jahon sen uchun ibrat mayogʻi boʻlib turgan boʻlsa-da senga bundan foyda yoʻq.

–Jaloliddin Rumiy

@Tazkiraa
👍3🥰2
Alloh taolo dunyoni qo'lingiz va tilingiz bilan emas qalbingiz bilan tark etishingizni sevadi.

@Tazkiraa
7👍2🔥1
#alhamdulillah

Shu kabi smslarni tez -tez kelib turadi, hammasini ham ayta olmayman-ku, ammo mana shu muslima qizimiz salkam o'tgan yili bahordan beri harakat qilardilar, Robbimga hamd bugun nasib qilibdi.😢
Alloh barchani maqsadiga yetkazsin 🤲

P.s: Hijoblanish niyatida yurib, qiyinchilik ko'rgan, hamma narsadan voz kechish arafasida bo'lib mushkul vaziyatdan chiqib ketgan o'zim bilgan ba'zi qizlar haqida kanalga bir mativatsion post yozish niyatim bor.
#tez_kunda

@Tazkiraa
👍3🥰32
Ma shaa Allah bugun rosa barakali ajiyb kun bo'layaptikiiii.

Alloh ta'olo xayrli qilsin, muslimagullarim 🌹
🥰6🔥5👍2
Taqdir so'ziga yaxshi yomon so'zi ekvivalent emas.

@Tazkiraa
👍1
Смотрите "Tajvid fani | 3-Dars | Qur'on qiroatida tezlik darajalari" на YouTube
https://youtu.be/wBqS5Vg-CzY
Forwarded from Sayfiddin Sayfulloh (Abdulaziz)
#nazm #munojot #SayfiddinSayfulloh
Ўзинг кечир, Худойим!

Дунё ажиб, бир достон,
Ким яхшию ким ёмон,
Турланамиз ҳар замон,
Ўзинг кечир, Худойим!

Мафтун қилди қалам қош,
Ошиқлигим бўлди фош,
Пинҳон бўлса эди, кош,
Ўзинг кечир, Худойим.

Юрак қурғур хастаман,
Гоҳи кўк, гоҳ пастдаман,
Моли касод растаман,
Ўзинг кечир, Худойим.

Нафс илкида хор манам,
Шайтонга бозор манам,
Дўсти Ҳаққа зор манам,
Ўзинг кечир, Худойим.

Ўтар дунё ўтмасми,
Бир-бир ҳама кетмасми,
Дил орзуси битмасми,
Ўзинг кечир, Худойим.

Дунё ўйнар биз билан,
Намоз-ниёз ҳиз билан,
Кўнгил ўғил-қиз билан,
Ўзинг кечир, Худойим.

Бомдод бўлди, тур, банда,
Ҳақ ҳукмин қилма канда,
Жон хор, залил, афканда,
Ўзинг кечир, Худойим.

Зокирликдир даъвомиз,
Тошни ёрар ҳавомиз,
Эрта не дер Мавломиз?!
Ўзинг кечир, Худойим.

Эранлардек эр бўлиб,
Саждага чўк ер бўлиб,
Хижолатдан тер бўлиб,
Ўзинг кечир, Худойим.

Бандадурмиз хатолик,
Насли Одам Атолик,
Дунё уч кун матолик,
Ўзинг кечир, Худойим.

Жаҳолатда бўлдим хор,
Шафқатингга бўлдим зор,
Сўнгги нафас эътибор!
Ўзинг кечир, Худойим!

Матоим йўқ, дил афкор,
Йўлга туштим, умидвор,
Манам сенга харидор,
Ўзинг кечир, Худойим!

Ўзинг кечир, Худойим!
Ўзинг кечир, Худойим!

***
Сайфиддин Сайфуллоҳ
Дўрмон ижод ўйи
21.02.2022

Kanalimizga obuna bo'ling👇👇

☘️💐 @SayfiddinSayfulloh 💐☘️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

https://www.tg-me.com/SayfiddinSayfulloh
1👍1
Qo'rqma, qul qulga nima qila oladi? Qo'rqiladigan biri bo'lsa u ham yolg'iz Allohdir.

@Tazkiraa
14
2025/07/13 20:08:05
Back to Top
HTML Embed Code: