Telegram Web Link
The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 29 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
#sizga_va_ozimga #eslatma

📌LOQAYD ONA

-Onaning fikri-hayoli uy, taom va internet bo‘lsa, farzand qanday qilib solih bo‘lsin?

-Ona soatlab ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib, bolasining tarbiyasi uchun bir soat ham ajratmasa, farzand qanday qilib mo‘min bo‘lsin?

-Ona o‘z farzandiga yarim bet ham Qurʼon yodlatish salohiyatiga ega bo‘lmasa, farzand qanday qilib qori(-ya) bo‘lsin?

-Ona ertayu-kech yangi libos va tilla-buyum dardida bo‘lsa, farzand qanday qilib faqih bo‘lsin?

-Ona o‘z jufti halolining rizqiga noshukur bo‘lsa, farzand qanday qilib sabrli bo‘lsin?

-Ona farzandiga sahobalar va ularning hayosi, taqvosi haqida aytib bermasa, farzand qanday qilib taqvoli bo‘lsin?

-Ona o‘z farzandiga otani qanday hurmat qilishni o‘rgatmasa, farzand qanday qilib mujohid bo‘lsin?

Yana bezlarcha “Farzandim tarbiyasini telefon buzdi” deyishlari qandoq bo‘ldi?

-Tarixning mashhur mujohid, imom-u faqihlarining barini yetuk insoniy tarbiya ko‘rishida ularning onalari asosiy rol o‘ynagan edi.

-Onalar farzandlarini keyinchalik ulg‘ayganida ko‘p pul topadigan qilib emas, insonlarga manfaati tegadigan qilib tarbiya qilishar edi.

1. Imom Molikning onasi


Aliya bint Shoriq ibn Abdurahmon Asadiy farzandini yoshligidan ustozlar tarbiyasiga bergandi. Kichkina Molikka eng pokiza liboslar kiydirib, uni olimlarning huzuriga olib borardi.
U farzandini nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki tarbiyasi ustida ham qattiq harakat qilardi. Kelajakda Imom Molik Madinaning eng katta olimi, mazxab asoschisi bo‘lib yetishdi.

2. Imom Shofeʼining onasi


Uning otasi u chaqaloqligida vafot etadi. Uning tarbiyasi bilan to‘liq onasi shug‘ullanadi.
Bolasi o‘qigan va olgan ilmini onasi uyda sarhisob qilar va undan nimalarni o‘rganganini so‘rab, xatolarini to‘g‘irlab, uyda unga qo‘shimcha taʼlim berardi.
Kelajakda Imom Shofeʼiy buyuk faqih va katta olim bo‘lib yetishdi.

3. Imom Buxoriyning onasi


Buxoriyning otasi vafot etgach, otasidan qolgan barcha mol-mulkni onasi farzandining taʼlim-tarbiyasi uchun sarfladi.
U bolasini yoshligidanoq o‘zi qo‘lidan yetaklab masjidlarga olib borar, ulamolarning darslariga yetaklardi.
Kunduzi uning tarbiyasi bilan, kechasi esa u uchun duo qilish bilan mashg‘ul bo‘lardi.

Buxoriyning ko‘zlari ojiz bo‘lganida onasining iltijosi sabab Alloh shifo bergani olamga mashhur voqea.

Natijada Buxoriy ummat uchun Qurʼondan keyingi eng sahih kitob – “Sahihul Buxoriy”ni qoldirdi.

-Agar ayollar farzand tarbiyasiga sovuqqon bo‘lsalar, ularni ummatga xizmat qiladigan qilib emas, mol-davlat topishga o‘ch qilib tarbiyalar ekan - ularning ham, ummatning ham xorligi yakun topmaydi!

Zero,

"Toki ular o‘zlarini isloh qilmagunlaricha, Alloh ham ularning holatini isloh qilmas!"
👍41
3
Channel photo updated
🤔1
Faqirlik cho’ntak bo’shligida emas, asli faqirlik qalb bo’shligida!

@tazkiraa
😢4
Ifloslik zamonida pokligingni, xiyonat zamonida vafoyingni, axloqsizlik zamonida odobingni, qabohat zamonida yaxshiligingni va safsata (g'iybat) zamonida sukutingni saqlab qol.

@Tazkiraa
😢4🔥1
The owner of this channel has been inactive for the last 17 months. If they remain inactive for the next 30 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
The owner of this channel has been inactive for the last 18 months. If they remain inactive for the next 7 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Forwarded from The Stranger
Ilgari telegram kanallarda koʻp odam boʻlmasdi. Kundalik sifatida yuritardi koʻpchilik. Ularni oʻqish juda yoqimli edi. Hislar samimiy edi, ular oʻzini juda yaxshi tahlil qilardi, izohlardi. Hozir kanallar kattarib ketdi. Kundalik sifat kanalchalar haliyam bor, biroq endi ularda shaxs yoʻq. Yoshlar quruq zerikish, ma'nisiz mashgʻulotlar, hamma narsadan norozilik, manzilsiz isyon, haddan ziyoda ikir-chikir mavzular bilan band. Men bir oyda oʻnlab shunday kanallarga kirib chiqaman. Bitta boʻlsa ham fikrlovchi insonni izlayman. Lekin topolmayman. Yana oʻsha eski, necha yillardan beri yozilmaydigan kanallarga qaytaman. Adminlarning hozirgi hayotiga qiziqaman. Oʻzlarini, oʻzliklarini saqlab qolishganmikin deb oʻylayman. Yoʻq, bu oʻtmish nostalgiyasi emas. Haqiqatan ham gohida kechamiz bugunimizdan yaxshi boʻladi.
1
Inson toki boshqalarga qilganini o‘z boshidan kechirmas ekan—bu dunyoni tark etmaydi.

Bu shunchaki ogohlantirish emas.
Bu—hayot qonuni.
Uni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
Har bir so‘z, har bir amal, hatto har bir fikr—barchasi o‘z egasiga qaytadi.
Biz unutib yuborishimiz mumkin, ammo Alloh hech narsani unutmaydi.
Eng mayda amallarimiz ham, xuddi soya kabi, ortimizdan ergashib, bir kun kelib qarshimizga chiqadi.

Yaxshilik qilganingizda, siz faqat birovga emas, avvalo o‘zingizga foyda qilayotgan boʻlasiz.
O‘sha yaxshiliklaringiz siz haqingizda yozilayotgan kitobning sahifalariga aylanadi—va aynan o‘sha sahifalar eng muhim kunda ochiladi.
Biroq, agar siz kimgadir ozor yetkazgan bo‘lsangiz, bilingki, u azob bir kun sizning eshigingizni taqillatishi mumkin.
U sizni sindirish uchun emas, adolat borligini eslatish uchun keladi.
Islomda “bumerang” tushunchasi yo‘q.
Lekin undan ham chuqur va mukammalroq narsa bor—bu Allohning adolatidir.
2
Forwarded from Tundalik
Namozingni qanchalik chiroyli va vaqtida o‘qisang, hayoting ham shunchalik chiroyli bo‘ladi. Rizqingda, turmushingda, ishingda, sog‘lig‘ingda nega kechikishlar bo‘layotganidan hayron bo‘lsang — avval namozingga bir nazar tashla: uni kechiktiryapsanmi?

Hasan Basriy rohimahulloh
2025/07/08 21:26:11
Back to Top
HTML Embed Code: