Forwarded from Basiyro
Ko’z bilan aytilganini unutish qiyin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zan koʻzlardan yosh oqmaydi, qalb ovozini chiqarmay yigʻlaydi.

@Tazkiraa
Ayolingizga bir nazar soling.
Oʻzingizni koʻryapsizmi?
U—bu siz.
Aytgan barcha soʻzlaringiz, qilgan hatti harakatlaringiz, sizning barcha oʻy va hayollaringiz unda aks etadi.
Siz oʻzingizga nimani singdirgan boʻlsangiz, barchasi uning tanasi, qalbi, koʻrinishi va fikrlashida namoyon boʻladi.
U sizga bogʻliq boʻlgan, sizda mavjud boʻlgan barcha narsaning aksidir.
Siz nimadan iborat boʻlsangiz, ayolingiz ham shundan iborat.
U har bir soʻzingizni, qaroringizni, harakatingizni oʻzida shakllantiradi.
Va agar, unga nimadir yoqmayotgan boʻlsa, hayron boʻlmang.
Agar munosabatingiz, oilaviy holatingizda nimadir durust ketmayotgan boʻlsa, demak sizning oʻzingizda muammo bor.
Aslida, rafiqangiz siz istagan ayol boʻladi.
Masalan, agar u ketsa, demak siz unga shunday sharoit yaratib bergansiz, siz uning qalbiga ketish istagini joylagansiz.
Demak siz uni yoningizda istamagansiz.
Uning qarorlarini deyarli barchasi sizning unga boʻlgan munosabatingizga bogʻliq.
Agar u sevsa, bu sizning sharofatingizdan, bordiy-u, sevishdan toʻxtasa, bu ham sizning aybingiz.
U har doim yoningizda ekaniga sabab deb—oʻzingizni u qadar ham yuqori olmang.
Baxt—bu bir inson emas, oʻsha inson boshqa bir insonni baxtli qilish uchun koʻrsatayotgan fidokorlik va harakatlaridir.
Alloh azaldan erkaklarni ayollar ustida rahbar qildi.
Siz xohlaysizmi, yoʻqmi ayolingiz—sizning va munosabatingizning aksidir.
36:76 🌹
الأيَّامُ الجَمِيلَةُ قَرِيبَةٌ جِدًّا وَ لَا يَفْصِلُنَا عَنْهَا إِلَّا طَرِيقٌ عُنْوَانُهُ الصَّبْرُ.
Yaxshi kunlar juda yaqin, bizni ulardan sabr degan yo'lgina ajratib turadi xolos.

@Tazkiraa
Tazkira
https://f3.cool/Muzdalifa?hl=ru&stid=wYGiqz83&theme=nKTwG
Uch kunlik dunyo uchun g'ayrat ustiga g'ayrat, abadiy hayot uchun g'ayrat yo'q hayrat

Najib Fozil

P.s: Balki shungadir 😢
Ona-oshiqlarning eng birinchisi, eng vafodori va eng so'nggisi! 🌹

@Tazkiraa
"Bilib bilmay bir gunoh qilsang-u, tavba aylasang va vaqtlar o'tib, ko'nglingda yana o'sha gunohga rag'bat uyg'onsa, - bu -tavbang qabul etilmagani alomatidir..."

"Masnaviy ma'naviy" dan

@Tazkiraa
Bandalar aro xor bo'lgan oning, Robbing huzurida yuksalarmishsan...

@Tazkiraa
Forwarded from Ummu Zaynab
Kecha bir narsa o'rgandim, hech aqlimdan chiqmayapti.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Qurayshliklarni farzandlarini hammasini birdek ko'rar, ular bilan o'yinlar o'ynar, vaqti-vaqti bilan ot mindirib o'ynatar ekanlar.
Boshqa bolalarni nabiralaridan ayirmas, hammasini birdek sevarkanlar.
Shunchalik bolajon ekanlarki, mushriklarni bolasini ham galma-galdan otga o'tkazib o'ynatar ekanlar.

Qanday ham go'zal axloq. Biz hatto farzandlarimizga ham shunaqa teng muomala qilmaymiz, qilolmaymiz.

Ummu Zaynab
Олов соатлаб ёниб, сувни иситади. Сув эса бир ондаёқ оловни сўндиради.

Вафосизликка бундан бошқа таъриф тополмадим.

✍️ Нажиб Фозил

@Tazkiraa
Qalbimga bergan ogʻriqlaringning sanogʻidan butun boshli shahar barpo etsa boʻladi.
Insonning oʻtmishda qilgan har qanday xatosini kechirsa boʻladi, agar hozirgi kunida oʻsha xatoni takrorlamaslik uchun qoʻlidan kelgan hamma narsani qilayotgan boʻlsa.
Odamni bir g'ayrati kelsa nimalar qilib yubormaydi a?! 🥲
Forwarded from Ummu Zaynab
Bir erkak telefoniga ayolini "Allohning omonati", deb yozib qo'yibdi.
Sababini so'raganlarga esa, ka'baga qanchalik ehtirom ko'rsatsam, u Robbimni omonati ekanidan, Qur'onga qanchalik ehtirom ko'rsatsam, u ham Allohni omonati ekanidan deb bilaman.
Bu ikki muqaddas merosimizga zarar yetkazishdan, uni behurmat qilishdan qanchalik qo'rqsam, Alloh menga omonat qilib bergan ayolimga zarar berishdan shunchalik qo'rqishim kerakligidan shunday saqladim, o'zimga eslatma uchun, deb javob bergan ekan.

Ummu Zaynab
Ибн Қаййим роҳимаҳуллоҳ дедилар:

«Диннинг негизи рашкдир. Кимда рашк бўлмаса, демак унда дин йўқ. Рашк ёмонлик ва ахлоқсизликларни даф қилиб, қалбни ва тана аъзоларини ҳимоя қилади. Рашксизлик қалбни ўлдиради. Пировардида тана аъзолари ҳам ўлади».

[Жавобул кофий, 68]

@Tazkiraa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seni qalbingni og'ritganlar
Abobillarni kutsinlar!
Chunki qalb Allohning nazargohidir.
Qalb og'ritgan, qalbi og'rigandan uzr so'rasin!

@Tazkiraa
Muloyim insonlar ham ba’zan qoʻpol boʻlishi,
aqlli insonlar esa, xato qilishi, iqtidorlilar ham bir joyda qotib qolishi, energiyaga toʻla insonlar kuchsizlikdan yiqilishi, ziyrak insonlar e’tiborsiz, kuchli insonlar esa, chorasiz boʻlib qolishi mumkin.

Yoqilgʻi—har birimizda tugashi mumkin.
Bu qoʻrqinchli va yoki uyatli emas.
2024/06/16 13:51:47
Back to Top
HTML Embed Code: