Telegram Web Link
Teacher Azam pinned «May oyida ingliz tiliga oid qanday postlar qoʻydim? 01. “Check” soʻzi bilan iboraviy feʼllar 02. At the gym yoki zal bilan bogʻliq iboralar 03. Kuchli soʻzinin sinonimlari 04. Tenacious nima degani? 05. His-tuygʻularni ifodalovchi 15 ta ibora 06. Ishda kerak…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Gomonkun: miyadagi "kichkina odam"

"Gomonkun" (lotincha homunculus — "kichik odam") — bu ilmiy tushuncha bo‘lib, inson miyasi tanamizni qanday "his qilishi"ni ko‘rsatadi. Ya’ni, miyada har bir tana qismi uchun alohida joy ajratilgan — lekin bu joylar teng taqsimlangan emas!

Masalan, barmoqlar uchi, lablar va til — juda nozik sezuvchi qismlar, shuning uchun miyada ularga katta “maydon” ajratilgan. Aksincha, orqa yoki tizzalar sezuvchanlikda kamroq bo‘lgani uchun, miya ularga kam joy ajratadi.

🔍 Olimlar buni vizual ko‘rsatish uchun "gomonkun" degan model yaratishgan — bu kichkina odam g‘ayrioddiy ko‘rinishda bo‘ladi: bosh va qo‘llar juda katta, oyoqlar esa kichkina. Bu miyaning sezuvchanlikka bergan e’tiborini ko‘rsatadi.

📽 Videoga havola:
https://youtu.be/4g_RofmAeq8?si=lh6eWcqWBwECHfkf
🎙 Podkastni Konstaning 12 ta viloyatga qilayotgan turi bilan boshlab siyosat mavzusi bilan tugatdik.

Mavzularning orasida esa o‘zbek media bozori, hozir ko‘rinmayotgan mashhurlar, tugatilishi kerak bo‘lgan Instagram trendlari, Teacher A’zam va Kunduziyning to‘yi, farzandga uy qilib berishdan oldin nima qilish kerakligi, kontent saviyasi qanday o‘lchanishi haqida gaplashdik.

Bu podkastda Mirzo Zominiyni kashf qildik, birinchi marta qatnashib ancha bizning mavzuga tushib, kirishib ketdi.

📺 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/MPlON6Pz8JE

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilida 50 million odam gaplasharkan? Birlarmidinglar? Man uchun yangilik bo‘ldi bu😅

O‘zbekiston aholisidan ko‘p bu. Tilimiz bo‘yicha zo‘r ma’lumotlar aytilgan. Podkastni ko‘ringlar.

▶️https://youtu.be/U2fnZgwycOc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5 ta foydali ravish, misollar bilan

1. Kindly [ˈkʌndli] - xayrixohlik bilan, samimiy, mamnuniyat bilan, iltifot bilan

🇬🇧 They welcomed us kindly upon arrival
🇺🇿 Ular kelganimizda bizni samimiy kutib olishdi.

2. Extremely [ikstri:mli] - nihoyatda, haddan tashqari, juda kuchli

🇬🇧 This exam was extremely difficult
🇺🇿 Bu imtihon nihoyatda qiyin bo‘ldi

3. Immediately [ɪˈmiːdɪətli] - darhol, tezda, bevosita

🇬🇧 Please reply to this email immediately!
🇺🇿 Bu xatga darhol javob berishingizni so‘rayman!

4. Exactly [ɪgˈzæktlɪ] - aniq, aynan, xuddi oʻzi

🇬🇧 This is exactly the gift I wanted!
🇺🇿 Bu aynan men orzu qilgan sovg‘a!

5. Probably [ˈprɔbəblɪ] - ehtimol, ehtimoliy

🇬🇧 Probably I said something wrong
🇺🇿 Ehtimol, noto‘g‘ri gapirgandirman.

Doʻstlaringizga ulashib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sistit koʼp uchraydigan belgilari qanday?

“Koʼproq suyuqlik ichishni maslahat beraman. Gazli ichimliklar, kofe va achchiq taomlardan voz kechish kerak”- urolog Telman Nuraliyev.

To’liq versiya: https://youtu.be/kaVu0jZmyzc?si=f6oq8dbBrZCPysX-
Picture description

In this powerful painting, a colonial overseer, dressed in a pristine white shirt and wide-brimmed hat, interacts with a group of laborers against a backdrop of lush, rolling hills. The scene captures a tense dynamic, reflecting themes of power, subjugation, and the stark social hierarchies of the era.

‼️Useful vocabulary

Powerful [ˈpaʊərfəl] - kuchli
Colonial [kəˈloʊniəl] - mustamlaka
Overseer [ˈoʊvərˌsɪr] - nazoratchi
Pristine [prɪˈstiːn] - toza
Backdrop [ˈbædkrɒp] - fon
Lush [lʌʃ] - serhasham
Rolling [ˈroʊliŋ] - tepalik
Dynamic [daɪˈnæmɪk] - dinamika
Subjugation [ˌsʌbdʒuˈɡeɪʃən] - bo‘ysunish
Hierarchies [ˈhaɪərɑːrkiz] - iyerarxiyalar

Doʻstlaringizga ulashib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Forwarded from Englify
IELTS'da maksimal natija ko'rsatish uchun nima qilish kerak?

Mock imtihonlarida yaxshi natija olgan o’quvchilarni ko’pchiligi haqiqiy imtihondan past olib chiqadi. Maksimal bali 8.0, lekin imtihonda faqat 6.5 ini ko’rsatolayotgan bo’ladi. Buning sababi nima?

Ushbu video aynan shu haqida, bu videoni ko’rganingizdan so'ng haqiqiy IELTS imtihonida mahoratingizni to’liq ko’rsatoladigan bo’lasiz.

Videoni ko'rish: 👇
📹 IELTS’da 100% natija ko’rsatishmoqchi bo’lsangiz buni qiling

#YouTube

🥸 Ha, biz Teacher Azamni YouTube'ga qaytardik. Yoqimli tomosha!

📱 @englifyschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mayli, birinchi taym nollar. Bizga faqat g’alaba kerak, umid qilamizki ikkinchi taymda yakson qilamiz💪💪 Ko’rayotganlar bormi?
Haaa bo’pti, durranga ham rozimiz…
TABRIKLEYSHN!!!
Nursiz durrang, lekin bizga bu yetarli bo’ldi!
Tabriklayman🔥
O’ZBEKISTON JAHON CHEMPIONATIDA! Tarixda birinchi marotaba
Barchangizni rahmatga toʻla oy va ulugʻ ayyom Qurbon hayiti bilan tabriklayman.

Ushbu qutlugʻ kunlarda xonadoningizga iymon nurlari yog‘ilsin. Ilm yoʻlida qilayotgan mehnatingiz ortig‘i bilan mukofotlansin.

🌙 Barcha ishlaringizda ofiyat va barcha yaxshi niyatlaringiz qabul boʻlishini tilab qolaman.

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobilsozlik xavfsizligi tarixi, avariya paytidagi holatingiz, hamda O’zbekistonning eng mashxur avtomobillarini krash testi!

Texnoplovda shu haqida yangi video chiqibdi:

https://youtu.be/yatHjUmvqF4?si=bXsiT8UqP-g28sEj
Hang prepositionʼlar bilan kelsa, qnaday oʻzgaradi?

Bu soʻz, osmoq, ilmoq degan maʼnolarni bildiradi, predloglar bilan esa yangi maʼnoga ega boʻladi.

🧳 Hang out [hæŋ aʊt] — sayr qilmoq, vaqt oʻtkazmoq
We usually hang out at the park.

😮 Hang on [hæŋ ɒn] — kutib turmoq
Hang on a second, I’ll be right back.

📲 Hang up [hæŋ ʌp] — goʻshakni qoʻyib qoʻymoq
She hung up in the middle of the call.

🚶‍♂️ Hang around [hæŋ əˈraʊnd] — bekor yurmoq
He hangs around the mall after school.

💪 Hang in (there) [hæŋ ɪn] — bardosh bermoq, taslim boʻlmaslik
I know it’s tough, but hang in there!

Doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu iboralarni toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilmang

1. “It’s not my cup of tea.”
Bu mening choyim emas — “Bu menga yoqmaydi” degani.

2. “Break a leg!”
🦵 Oyog‘ingni sindirib ol! — Aslida bu omad tilash ifodasi. Ayniqsa, sahnaga chiqayotganlarga aytiladi.

3. “Kill two birds with one stone.”
🪨 Bitta tosh bilan ikki qushni o‘ldir — Ikkita ishni bir vaqtning o‘zida bajarish demoqchi.

4. “Hit the sack.”
🛏️ Xaltani ur! — Yotaman, uxlayman degani.

5. “Let the cat out of the bag.”
🐱 Mushukni xaltadan chiqazib yubor! — Sirni ochib qo‘yish degani.

6. “Under the weather.”
🌧️ Ob-havo ostida — O‘zimni yaxshi his qilmayapman degani.

7. “Cost an arm and a leg.”
💸 Qo‘l va oyoq narxi! — Juda qimmat bo‘lgan narsa haqida aytiladi.

8. “Bite the bullet.”
🫣 O‘qni tishla — Qiyin bo‘lsa ham, chidash kerak degani.

9. “The ball is in your court.”
🎾 Endi to‘p sizning maydoningizda — Navbat sizda, qarorni siz qabul qilasiz.

10. “Once in a blue moon.”
🌕 Ko‘k oy chiqganda bo‘ladi bu — Juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi degani.

Saqlab oling, kerak boʻlib qoladi

Kanalga ulanish: @teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yomon ob-havoni aytish uchun frazalar

01. It’s raining so hard - Kuchli yomg‘ir yog‘yapti.
02. What a strong wind blows! - Qanday kuchli shamol esyapti?
03. I’m wet through - Men butunlay ho‘l bo‘ldim
04. Terrible weather, isn’t it? - Havo juda yomon, shunday emasmi?
05. It looks like rain/snow - Yomg‘ir (qor) yog‘ayotganga o‘xshaydi
06. I can’t stand windy weather - Shamolli ob-havoga chiday olmayman
07. What strange weather we are having - Bizda ob-havo qanday g‘alati?
08. It’s pouring - Sharros yomg‘ir yog‘yapti.
09. The sky is overcloud - Osmon bulutlar bilan qoplangan
10. It’s baking hot - Juda issiq
11. It’s below freezing - Juda sovuq

Xoʻsh, hozir Toshkentda havo qanday?

Kanalga ulanish: @teacherazam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FORTNITE CREATIVE – O‘YIN ICHIDA O‘Z O‘YININGNI YARAT! 🤯🌍🛠

Kiber Uz kanali Fortnite’ning butun boshli ijodiy platformasi haqida gapirdi. "The Pit", "Zone Wars", "Deathrun" – bu yerda cheksiz imkoniyatlar bor! Millionlab o‘yinchilar vaqtini shu yerda o‘tkazayotgani bejizga emas!

To‘liq video: https://www.youtube.com/watch?v=WgQF2sSEkjI
2025/06/27 23:12:29
Back to Top
HTML Embed Code: