Telegram Web Link
Forwarded from Abdulloh Shamsutdinov
Yo’qolmaydi

«Soham kichrayyapti, qanday tirik qolaman?» kabi xavotirlarni ko‘p eshityapman.

Bir soha yopilib, boshqasi ochilishi — tabiiy hol. Balki sizning kasbingiz ham 5 yildan keyin yo‘q bo‘lar.

Lekin kasbingiz emas, sizda shakllangan sifatlar qoladi: mas’uliyat, intizom, tashabbus va qat’iyat.

Halol raqobatli bozorda ishlab pul topgan inson sifatida, bu sifatlar bilan har qanday sohada qadrli bo‘lasiz.

Shunday ekan, kompaniya yoki soha yopilishidan qo‘rqmay, shaxsiy sifatlaringizni rivojlantirishga e’tibor bering.

@abdulloh_shamsutdinov
Forwarded from Умед Рахимов
MrBeast ищет координатора по локализации англоязычного контента на узбекский язык (озвучка и/или субтитры), контролю качества, адаптации метаданных и развитию локальной аудитории.

Интересно, интересно. Вакансия здесь.

@tahrirchi_uz может вы им что-то предложите?

@umedschannel
Ўз пулини кўпайтирмасдан фақат мушакларини кучайтирган одам, охирида пул топган одамнинг қўриқчиси бўлиб қолади.
- Африка мақоли
Bolalarga yoshlikdan biznes qilishni o‘rgatish — ularning moliyaviy savodxonligini oshirish, mustaqillik va mas’uliyat hissini shakllantirish uchun juda foydali. Quyida bu borada samarali usullar keltirilgan:

1. Moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatish
• Naqd va raqamli pul farqini tushuntiring.
• Byudjet tuzishni o‘rgating (masalan, cho‘ntak pulini qanday rejalashtirish).
• Jamg‘arma qilish odatini rivojlantirish— maxsus jamg‘arma qutisi yoki bank kartasi orqali.

2. Mini-biznes loyihalari orqali tajriba berish
• Uy sharoitida kichik xizmatlar: masalan, limonad sotish, shirinliklar tayyorlab sotish, o‘yinchoqlarni ijaraga berish.
• Qo‘l mehnati asosidagi savdo: applikatsiya, sovg‘alar, oddiy aksessuarlar yasash va sotish.
• Oilaviy a’zolar uchun xizmat: bog‘ni tozalash, kichik topshiriqlar bajarish evaziga haq olish.

3. Rol o‘yinlari orqali tushunishni mustahkamlash
• “Do‘konchi va xaridor” o‘yini orqali sotuv, xizmat ko‘rsatish va mijoz bilan muloqot qilishni o‘rgatish.
• “Tadbirkor” o‘yini — mahsulotni topish, narx belgilash, foyda-hisob qilish.

4. Mahalliy tadbirkorlar bilan tanishtirish
• Bolani kichik tadbirkorlar bilan suhbatga olib borish.
• Mahalliy do‘kon, xizmat ko‘rsatuvchi punktlar faoliyatini ko‘rsatish va savol berish imkonini berish.

5. Raqamli imkoniyatlardan foydalanish
• Bolalar uchun mo‘ljallangan ilovalar (masalan, “Bankaroo”, yoki interaktiv o‘yinlar).
• YouTube’dagi bolalar tadbirkorligi haqidagi videolar yoki multfilmlar.

6. Ularga ilhom bo‘ladigan hikoyalarni ulashing
• Yosh tadbirkorlar haqida qisqa hikoyalar o‘qib berish.
• Mashhur insonlarning bolalikdagi biznes sarguzashtlari haqida gapirib berish (masalan, Mark Zuckerberg, Walt Disney).
Buyurtma №1093#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Maxsus texnika uchun Frontend dizay n qilish kerak
📝 Vazifa: Mobile Design
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dizayn #UI/UXdizayn
Forwarded from Paiziev24
Содда ўйлаш - муваффақиятга элтувчи қисқа йўл

Бу фикрлар айрим стартап асосчилари билан бўлган суҳбатлардан кейин пайдо бўлди. Улар ўзлари қилиб юрган ишни узоқ ва мураккаб қилиб тушунтиришарди. Ҳар бир сўз ортида тўғри фикр бор эди, лекин улар шу қадар қопланганки, аслида нима қилишаётганини англаш қийин эди.

Паул Грэм айтганидек, ҳақиқий ақл — содда фикрлашда. Агар ғоянгизни 30 сонияда тушунтира олмасангиз, демак у ҳали пишмаган.

1. Қисқартир. Соддалаштир. Фокуслан.
Бир стартапчи айтди: “Биз ML асосида NLP’ни real-time’да call center’ларда автоматлаштиряпмиз, бу engagement ва efficiency’ни яхшилайди.”
Аслида улар нима қиляпти? — Телефонда оператор ўрнига гапирадиган бот яратяпти.

Қисқа ва равшан.

2. Одамларнинг оғриғини топинг
Технология — бу восита, муаммони ҳал қилиш — мақсад. Стартап ғояси фойдаланувчи муаммосига жавоб бериши керак. Ундан сўранг:
→ “Бу нимани енгиллаштиради?”
→ “Мижоз учун қайси оғриқли нуқта йўқолади?”

3. Жавоб эмас, савол изланг
Савол бериш содда фикрлашга олиб келади.
→ “Агар биз ҳозир янгидан бошласак, нимани қилмасдик?”
→ “Бу маҳсулотсиз ҳам одамлар қандай ҳал қилишяпти?”
→ “Нима учун бу ғоя жуда узоқ тушунтирилишга муҳтож?”

Агар ғоя яхши бўлса, у ўзини ўзи сотади. Ёмон ғоя эса қопқон: уни тушунтиришга бор кучинг кетади.

Хулоса
Стартап — бу мураккаб дунёга содда ечим топиш. Агар ғоянгизни бола, инверстор, ҳамкасб ва мижоз бир хил даражада тушуна олса — сиз тўғри йўлдасиз.

Унинг устига соддарок уйлаш анча энергиянгизни тежайди.

@paiziev24
Forwarded from Progresspunks
Similarweb (трекают трафик сайтов) оценили сферу genAI - масштабы, ниши, что подъели:

- Весь GenAI - 250 млн DAU (daily active users) - 100 млн на нач 2024, 200 млн на конец, но 85% этого - LLM, а десяток прочих ниш genAI - 15%

- В LLM - 85% chatGPT, 5% Deepseek (но рост встал), 5% google (плавный рост), 5% - прочие LLM

- Image generation перетек в gpt/gemini? Тк 6 млн DAU и не растут

- Тулзы генерации видео всего 1 млн DAU, не растут - люди наигрались? Миру не надо мега-много шума?

- Синтез голоса 1 млн DAU и рост 4%/нед, у ElevenLabs 50% рынка, синтез музыки 2 млн DAU, роста нет, 75% рынка у Suno

- Кодогенерация - взрыв 4x за полгода до 3 млн DAU, Loveable и Cursor - 50% рынка

- Character/chat AI - всего 8 млн DAU, не растут. Тулы для текста - умирают

- Edutech убит, но и до LLM там юникорнов было неск шт из 2000 в целом за 15 лет
- Поиск пока ровно
- Reddit 120 млн DAU, не растут
- Shops/site builders 10 млн DAU, плавно сползают
- Биржи фриланса тоже, а DAU 3 млн
- Canva и Figma не растут
Buyurtma №1094#aktiv
👨‍💻 Mavzu: LILYGO TTGO T-SIM7000G МОДУЛЬ ESP32 A7670E
📝 Vazifa: LILYGO TTGO T-SIM7000G qurilmasini ESP32 bilan ulash kerak.
Modbus RTU orqali ma'lumotlarni o'qish va bu ma'lumotlarni MQTT brokeri orqali serverga uzatish kerak.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Back-enddasturlash
Forwarded from Far·hod·jon
Sun’iy intellektga (SI) yondashuv

Yaqinda chiqqan ba’zi yangiliklardan butun sanoat taxminan qaysi tomonga qarab ketishini payqash mumkin. Bu, asosan, kattaroq kompaniyalar SIga bo’lgan yondashuvining o’zgarishi. Facebook, Microsoft kabi katta kompaniyalar yo’lga qo’yadigan ba’zi tajribalar, o’z-o’zidan, boshqa kichikroq kompaniyalar tomonidan ham qabul qilinadi.

Quyida oxirgi oylarda kompaniyalarning SIga strategik tomondan yondashuvini va qo’shimcha ma’lumotlarni keltiraman.

Shopify

Reflexive AI usage is now a baseline expectation at Shopify - Shopify asoschisi va bosh direktori Tobi Lutke kompaniyaga yuborgan xatini hamma bilan bo’lishdi:
- Endi kompaniyada SIdan samarali foydalanish asosiy talablardan biri.
- SI prototiplar qilish jarayonining ajralmas qismi bo’lishi lozim.
- Faoliyatni baholash (performance review) SI bo’yicha savollarni o’z ichiga oladi.
- Ishga olishdan oldin nega bu vazifani SI orqali qilib bo’lmasligi tasdiqlanishi kerak.
- Va bu hammaga talluqli.

Duolingo

Duolingo is going to be AI-first - Duolingo hozirgi jarayonni xuddi mobil interfeyslar paydo bo’lgan vaqtga o’xshatyapti. Kompaniya nimalarni o’zgartiryapti:
- Yollanma ishchilarni (contractor) asta-sekin SI bilan almashtirish.
- SIdan foydalanish ishga olish jarayonida e’tibor beriladi.
- SIdan foydalanish faoliyatni baholashga ham hisobga olinadi.
- Avtomatlashtirib bo’lmaydigan jamolargina yangi xodimlar olishi mumkin.
- Ko’p bo’limlarning faoliyati keskin o’zgaradi.

Microsoft/Meta

Satya Nadella va Mark Zakerbergning Llamacon’dan qisqa va to’liq videolari:
- Microsoft: kompaniyada 20-30% kod SI yordamida yozilyapti. Kuni kecha kompaniya xodimlarni 3% ga qisqartirishini bildirdi.
- Meta: 2026-yilda Meta’da 50% kod SI tomonidan yoziladi.

Klarna

Klarna misoli qiziq. O’tgan yili kompaniya ishga olishni 12 oyga muzlatib qo’ygandi. Maqsad: xodimlarni SI bilan almashtirish va kompaniyani kichraytirish (xodimlar soni masalasida).
Lekin kompaniya yaqindan boshlab yana odamlar olishni boshladi. Sabab: Klarna mijozlari uchun odam bilan muloqot qilish imkoniyatini qoldirish.

Fiverr

Fiverr bosh direktori Micha Kaufman yozyapti:
- SI ish o’rningizga da’vogarlik qilyapti, hatto, mening ishimga ham.
- Farqi yo’q qaysi soha: dasturchi, dizayner, mahsulot menejeri, data scientist, yurist, savdo, moliya va hokazo.
- Oson topshiriqlar yo’qoladi, qiyin topshiriqlar osonga aylanadi, imkonsiz topshiriqlar yangi qiyinga aylanadi.

Hozirgi holat

- SI hayotning yoki ishning chetlab o’tib bo’lmaydigan qismiga aylanib bo’ldi.
- ChatGPT otasiga ishonsak, SI internet ixtirosi bilan teng yoki undan ham kattaroq.
- SIni tezroq, samaraliroq tatbiq qiladigan kompaniyalar yutib boraveradi.
- SIdan to’g’ri foydalanigan mutaxassislar ham g’olib chiqib boradi.

Kompaniyalarga taklif

- Dasturchilarga Cursor/Windsurf/Copilot kabi uskunalarni hoziroq berish lozim. Turli agentlarni sinab ko’rgandan keyin, eski usulda kod yozish juda sekindek tuyuladi.
- Qolganlarga ChatGPT kamida yoki Gemini.
- Jarayonlarni moslashtirish: ishga olish, faoliyatni baholash kabilarda SI bilimini qo’shish.
- Jarayonlarni optimallashtirish: juda ko’p narsani avtomatlashtirish mumkin. Odamlar Zapier yoki n8n orqali ham agentlar qurib tashlayapti.

Fikrlar va savollar izohlarda. Welcome to the new world!

@farhodjon #ai
Assalomu alaykum, yaxshilar.
Yaxshimisizlar?
Xabaringiz bo'lsa kerak, men hozir Jahon School maktabida direktor bo'lib ishlayapman.
Bu maktabda biz tarix yozyapmiz. O'zbekistonda eng ilg'orlaridan biri bo'lishi kutilayotgan ta'lim loyihasi uchun tizim shakllantiryapmiz.
Jamoamiz kun sayin kengayib boryapti va ayni kunlarda menga to'liq bandlik asosida ishlay oladigan shaxsiy yordamchi zarur.
Asosiy talablar:
- Kamida 1 yil korporativ muhitda ish tajribasi;
- Ko'p miqdordagi data bilan ishlay olish;
- Tadqiqot va tahlil ko'nikmalariga ega bo'lish;
- Google Docs, Sheets dasturlaridan professional darajada foydalana olish;
- Ingliz tilini kamida IELTS 6.5 darajada bilishi zarur. IELTS sertifikati bo'lishi shart emas.
Kunduzgida o'qiydigan talabalar emas, balki sirtqida o'qiydigan talabalar ko'rilishi mumkin. HR, xususan, rekruting yoki ta'lim jarayonlarini boshqarish sohalarida tajribasi bo'lsa, bu katta ustunlik beradi.
Vakansiya ta'lim sohasi jonkuyarlari, ayniqsa, o'z kelajagini xususiy ta'lim sohasi bilan bog'lashni istagan nomzodlar uchun juda mos!
Nomzod menga shunchaki yordamchi emas, balki shogird maqomida bo'ladi. Shu sabab nomzodda katta o'sish bo'lishi mumkin.
Oylik 4 - 6 mln. so'm orasida, aniq summa yakuniy suhbat natijasiga ko'ra belgilanadi. Shartnoma 1-oktyabrgacha tuziladi. Ta'limga aloqador tajriba bilan kelgan nomzod keyinchalik alohida kelishuv asosida maktabda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Vakansiyaga topshirish uchun Telegramda @javohirga_murojaat_bot manziliga 16-may 23:59 ga qadar "resume" va "cover letter" yuborish so'raladi.
Shu vakansiyaga mos tanishlaringiz bo'lsa, bu e'lonni ulashib qo'ysangiz ham bo'ladi. Oldindan rahmat. )

Javohir Izzatulloh

@Teamwork_uz
2025/07/07 15:02:53
Back to Top
HTML Embed Code: