Telegram Web Link
Biz Alohida mavzu Youtube loyihasini qayta jonlantirdik. Ichimizda to’planib qolgan mavzularni navbatma-navbat berishni boshladik. Bu safar 16-24 yoshli yangi avlod uchun rivojlanish roadmapini tuzib berishga harakat qildik. Nafaqat bu yoshdagi bolalar shu bilan birgalikda ularning ota-onalari uchun ham turli fikrlarni berib o’tdik. Yuqoridagi screenshotlarda ba’zi foydalanuvchilarning izohlarini taqdim etdim.

Allohdan so’rayman, ushbu loyiha ko’ruvchilar uchun manfaatli bo’lsin. Biz sababli insonlar hayot yo’llarida yaxshi amallarni hamroh qilishsa xursand bo’lamiz. Zero, maqsadimiz ham shundan iborat.

Aytgancha, ushbu son uchun Mutolaa loyihasi homiylik qildi va maxsus promokod tadqim etdi. ALOHIDMAVZU promokodi orqali Mutolaa loyihasidan chegirma olishingiz mumkin.

Tavsiya qilaman, albatta ko’rsatuvni tomosha qiling.

https://youtu.be/snim5lpBuuU

Bildiruv: Ushbu ko’rsatuvni hayotga qaytarishga bosh-qosh bo’lgan Shavkatjon Axtamov va ularning jamoalariga o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Loyiha Shavkatjon va jamoasi tomonidan yuritilmoqda.

P/S: Ko’rsatuv izohlarini odatda bir hafta davomida o’qib boraman, eng ta’sirlangan izohlarimni sizlarga ham ilindim.
🔥5427👍18👏2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha qadrdon akamiz Valijon To’raqulovning dadalari vafot etdi. Xabarni eshitiboq, Valijon akaning ular haqida aytgan gaplari esimga tushdi.

Alloh taolo joylarini jannatdan qilsin. Ortidan qolganlarga sabr-u jamil bersin. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
1😢18439👍16🔥5🤯1
Odatlar taqlid mevasidir. Yaxshi odatlarni shakllantirish uchun kimga va nimaga taqlid qilayotganingizga diqqat qiling, kun kelib taqlid odatga aylanadi

***

Pul topish oson lekin qiymat berish qiyin. Shunday ish qilingki, u jamiyatga qiymat bersin, qilgan ishingiz bilan faxrlaning va u orqali rizqlaning

***

Kelajakda nadomat chekmaslik uchun ishlaringizni to’g’ri insonlar bilan maslahat qilishni va sabrli bo’lishni o’rganing. Hissiyotda qaror qabul qilishning oxiri nadomat bilan tugaydi
🔥6327👍19🏆1
Menga doim taqdirlar qiziq bo’lgan, insonlarning o’tmishi haqida tinglasam Alloh taoloning naqadar chevar zotligiga amin bo’laman.

Ikki kun oldin shu xabar menga keldi, bilgandek yozgan ekanlar men yozgan insonni eslay olmadim, keyinroq yozishmalar orqali esladim. Ikki yarim yil avvalgi voqea ekan o’ziyam )

Voqea tafsilotlarini eslab, beixtiyor biroz yuzimga tabassum ham yugurdi.

8 yilga yaqin jamoaviy tajribamdan kelib chiqib aytaman, bu kabi voqealar, biz ko’nikkan jarayon.

Kimnidir o’zim bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlash uchun olar ekanman, niyatimni xodim olish emas balki shogird olish deb ko’raman. Ya’ni, kimgadir o’rgatsam sadaqai joriya bo’ladi, deb hisoblayman.

Qachondir yo’llar ayrilsa, mendan ketishiga ham roziman, shartiki, ilmini faqat va faqat yaxshilik uchun sarflasin. Ota-onasi va oilasini halol rizq bilan ta’minlasin. Qilayotgan ishlari millat, ummat va vatan uchun foydali bo’lsin. Rozi emasmanki, pul uchun vijdoni va iymonini sariq chaqaga sotsa…

Xatosini tushunib uzr so’ragan insondan Alloh rozi bo’lsin. Ancha vaqtdan beri vijdoni qiynab kelgan ekan. Men ularni kechirdim.
🔥13548👍33🏆2🥰1
Esingizda bo'lsa, Alohida mavzuning "Yoshlar uchun roadmap" sonida Mutolaa loyihasi bilan hamkorlik qilganimiz haqida aytgan edim.

Unga ko'ra video izohiga yozilgan fikrlardan 50 tasini tanlab olib, mualliflariga Mutolaa Premium'ning 1 yillik obunasini sovg'a qilmoqchi edik.

Bugun shu g'oliblardan 10 nafarini e'lon qilamiz. Yuqorida ular tomonidan yozilgan fikrlarni keltirib o'tdik. Izoh egalari o'z sovg'alarini olishlari uchun ushbu manzilga yozishlarini so'raymiz: @mavzu_alohidabot

Bizda yana 40 ta sovg'a bor. Suhbatni tomosha qilib, unda so'ralgani kabi o'z izohingizni qoldiring:

https://youtu.be/snim5lpBuuU

Agar Mutolaa premiumni hoziroq olishni istasangiz, ALOHIDAMAVZU promokodi bilan 10% chegirma olishingiz mumkin)
1🔥30👍83
2025/10/29 09:45:10
Back to Top
HTML Embed Code: