Telegram Web Link
Namangandagi ta’lim ahliga murojaat

Do’stlar, Najot Ta’lim bu yil Namangan shahrida o’zining ilk xususiy maktabini ochmoqda. Orzuyimizdagi maktab bu texnologiya, muhandislik va AyTi yo‘nalishiga ixtisoslashgan zamonaviy ta’lim markazi. Unda bolalar kreativ va tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Maqsadimiz — o‘zbek farzandlarini kelajakda o‘z so‘zini ayta oladigan kuchli mutaxassislarga aylantirish. Shu yo’lda Namangandagi ta’lim sohasidagi eng kuchli jamoani yig’ish ishlarini boshladik!

Agar siz ham shu maqsad sari birga harakat qilishni istasangiz — jamoamizda sizni ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Hozirda biz quyidagi mutaxassislarni izlayapmiz:
- akademik direktor
- fan o‘qituvchilari
- marketing mutaxassislari

Ariza topshirish havolasi: Havola
Bog‘lanish uchun: @nt_maktab


Postni o’z egalariga yetib borishi uchun ulashishni so’rab qolaman )
🔥63👍2610😁3🎉2🤩2
Yoshlar bu videoni albatta tomosha qiling, Jamshidbek siz kabi oddiy yigit, uning erishgan yutuqlariga albatta siz ham erisha olasiz. Lekin buning uchun qat’iy iroda, intizom va albatta yaqinlarning qo’llab-quvvatlovi kerak!

https://youtu.be/1bwrnruJ1nY?si=_5ttOKtiO0eVo3D4
🔥34👍14🎉87🤩3🏆3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
🔥3612👍3🤩3😁2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40👏21🏆9👍4🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
4🔥116🏆3222🤩8🤣3🎉2
Forwarded from Robbit akademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustahkam oila qanday bo'ladi?

🔥 Ushbu podcastda sog'lom oilada muhit qanday bo'lishi kerakligi, ota va farzand o'rtasidagi munosabat va oilaga oid bir qancha masalalarda suhbat olib borildi.

Podcastimiz mehmoni 10 yillik tajribaga ega oila maslahatchisi Shavkat Hasan bo'ldilar. Spikerimizga ushbu mavzu doirasida bildirgan fikrlari hamda tashriflari uchun rahmat aytamiz.


💡 Videoni tomosha qilib bo'lgach, oila va oiladagi muhit haqida fikrlaringiz bo'lsa izohda yozib qoldirishni unutmang.

📹 Video uchun havola: https://youtu.be/bS11GLIy2k4

📞 78-777-3-777 | robbit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1411🏆4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7 yillik tajribaga asoslanib Najot Ta'lim o'z maktabini Namanganda ochdi

Ushbu maktabda arab, rus va ingliz tillari chuqurlashtirilgan holatda o'rgatiladi. Bundan tashqari AyTi va Robototexnika darslari ham maktab fani sifatida kiritilgan. Natijada farzandingiz 3 ta tilda gapira oladigan va zamonaviy kasb egalari bo'lib yetishadi.

Siz ham farzandingizni Najot Ta'lim maktabida o’qitishni istasangiz, hoziroq biz bilan bog’laning.

👉 Batafsil ma'lumot olish
Tel: 78-777-1234

@najottalim_maktabi
44🔥19👍9🎉8🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega chet tillarini o'rganish kerak?

🔥 Ushbu podkastda chet tillarini o'rganish qanchalik kerak ekani, bu orqali qanday imkoniyatlarga ega bo'lish mumkinligi hamda bolalar ta'limiga oid bir qancha mavzularda suhbat olib borildi.

Podcastimiz mehmoni ta'lim sohasida bir necha yillik tajribaga ega Javohir Izzatulloh bo'ldilar. Spikerimizga ushbu mavzu doirasida bildirgan fikrlari hamda tashriflari uchun rahmat aytamiz.


💡 Videoni tomosha qilib bo'lgach fikrlaringiz bo'lsa izohda yozib qoldirishni unutmang.

📹 Video uchun havola: https://youtu.be/M1h-X3pnCk0

📞 78-777-3-777 | robbit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏146👍6🔥3🏆2
Afrosiyob poyezdi, manzilimiz Navoiygacha. Mashinadagi 7-8 soatlik masofani 3 soatdan oshiqroq vaqtda bosib o’tyapmiz. Harakat vaqtida klaviaturada yozish qiyin, lekin menda shunga vaqt borligidan xursandman )

Bugun Robbit akademiyasining 11-filiali Navoiy shahrida ochiladi. Kelayotgan hafta shanba kuni Andijon shahrining Yangibozor qismida 12-filial, yakshanba kuni Qarshi shahrida 13-filial ochiladi. Hududiy birlik jihatdan, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatidan boshqa barcha joylarda Robbitning filialllari ochildi. Jamoa bilan birgalikda biz bu ishni 13 oyda amalga oshirdik.

Agar mendan bir yil oldin, “buning imkoni bormi”, deb so’rashsa ikkilanib javob berardim. Ochig’ini aytaman, strategik sessiya vaqtida (kompaniyalar o’zining avvalgi 3-5 yillik rejalarini aniqlashtirib oluvchi muhim tadbir) bu maqsad qo’yilganda biroz qo’rquv bo’lgan. Sababi, Najot Ta’limda 6 yil davomida 6 ta filial ochganmiz va avvalgi 4 yil davomida Toshkent shahridan tashqariga chiqish bizga qiyinlik qilgan.

Ta’limni hamma filiallarda bir xil tashkil qilish, O’zbekistonning turli joylaridagi yigit-qizlar bilan til topisha olish, jarayondagi biz kutmagan turli xil muammolar to’g’ri maqsad qo’yilsa muammoga aylanmasligiga guvoh bo’ldim.

Bugun Robbitda 6-15 yosh oralig’idagi 2000 nafar bolalar robototexnika va AyTini o’rganishmoqda. Men ushbu natijaga Allohning fazli bilan, butun bir jamoa shaklida erishdik deb hisoblayman. Bir o’zim bu ishlarni qila olishga aqlim ham kuchim ham toqatim ham yetmasdi. Fursatdan foydalanib ushbu loyihada ishlayotgan barcha jamoadoshlarimga o’zimning chuqur minnatdorlichiligimni bildiraman. Biz aniq maqsad yo’lida yoshlarni ertangi kun bunyodkorlari sifatida o’qityapmiz.

Istaymizki, Robbitda o’qigan bolalar, millatiga, vataniga, diniga xizmat qiluvchi avlod bo’lib shakllansin. Bizga kelajakda eng kerak bo’ladigan, muhandis, texnologiya mutaxassisi, qaysi kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar sohasida kreativ fikrlaydigan (ta’lim robototexnikasining asosiy maqsadi ham shu) bo’lib yetishishsin.

Loyiha bo’yicha maqsadlar juda katta, maqsadimiz va harakatimiz yaxshilik yo’lida davom etadi. Alloh taolodan ushbu yo’lda o’zimga va jamoamizga sobitqadamlik so’rayman.
3497👍50🔥31👏14🏆4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizchi, siz qachon va nima sababga ko’ra yig’ladingiz?
😢5212🎉2
Forwarded from Najot Ta'lim Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangandagi Najot Ta’lim maktabiga qabul boshlanganini ma’lum qilamiz

Maktabda millatni yaxshi ko’radigan, ertanggi kun uchun aniq maqsadlar qo’ygan , axloqiy tarbiyaga ega bolalarni tarbiyalashni maqsad qildik.


Najot Ta’lim maktabida 3ta xorijiy til, aniq fanlar, AyTi va robototexnika chuqurlashtirib o’rgatiladi.

Bundan tashqari maktabda 3 mahal vitaminga boy taomlar beriladi. Kunlik taom menyusi va farzandingizda qanday o’zgarishlar bo’layotganini maxsus ota- onalar ilovasida ko’rib borishingiz mumkin.

Farzandingizni Najot Ta’lim maktabida o'qitishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

👉 Ro'yxatdan o'tish

📞 78-777-1234 | maktab.najottalim.uz
26🔥19👏6👍3🤩1
Najot Ta'lim Maktabi
Namangandagi Najot Ta’lim maktabiga qabul boshlanganini ma’lum qilamiz Maktabda millatni yaxshi ko’radigan, ertanggi kun uchun aniq maqsadlar qo’ygan , axloqiy tarbiyaga ega bolalarni tarbiyalashni maqsad qildik. Najot Ta’lim maktabida 3ta xorijiy til,…
Maktab mavzusi ko’tarilar ekan, ko’pchilik Toshkent shahrida aynan qaysi maktablarni tavsiya qilishimni bot-bot so’rab turishibdi.

Asoschilarini tanigan va bu jamoalarni ta’limga qanday yondashuvlarini his qilgan holda Rahimov school, Sodiq school, Jahon school, Yuksalish va Registon maktablarini, agar farzandingiz tabiiy fanlarga qiziqsa Colba maktabini tavsiya qilaman.

Bu maktablarga borib ko’ring, tanishing, sharoit va imkoniyatlarini o’rganing. O’zingizga qulay joylashuv va moliyaviy tomonlarini hisobga olib qaror qabul qilsangiz bo’ladi.
30👍16👏16🔥7😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Eng katta xato bolaning bolaligini olib qo'yish..."

🔥 Navbatdagi podkastimiz mehmoni, farzand tarbiyasiga oid bir qancha kitoblar muallifi G'iyosiddin Yusuf bo'ldilar. Spikerimizga suhbatda ishtirok etganlari va bildirgan qimmatbaho fikrlari uchun tashakkur aytamiz.

😮 Podkastni tomosha qilar ekansiz, farzand tarbiyasiga oid bir qancha kerakli maslahatlarga guvoh bo'lasiz hamda o'qishingiz kerak bo'lgan kitoblarni bilib olasiz.

Videoni tomosha qilib bo'lgach fikrlaringizni izohda yozib qoldirishni unutmang :)

📹 Video uchun havola: https://youtu.be/72yJAezyidw

📞 78-777-3-777 | robbit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥184👍4🤩3
Kasb kasalligi

Yosh marketing sohasidagi ukalarimiz ba’zi rivojlanish bosqichlaridan o'tishga qiynaladilar.

1. Sohada endi ish boshlayotganlar: ishga kirsam bo'ldi deb, katta va'dalar berib yuboradilar. Ozgina tajribalari oshganidan keyin bozorda talab kattaligini bilib, o'zini bozorga solishini payida bo'lishadi. Shuning uchun kelishga katta e’tibor berish kerak.

2.Xayrlashish odobini bilmaslik. Bu asosan yaxshiroq ish topilganidan keyin boʻladi, nega endi men bu yerda ishlashga majburman, nega xayrlashish kerak oʻzi degan savollar paydo boʻladi. “mendan shuncha vaqt foydalanishdiku” deydi, aslida u mehnati uchun haq olgan, kompaniyani unga bergan ishonchi uchun esa eng so’nggida minnatdorchilik bildirmaydi. Aslida bildirmaslikma ham haqqi bor, bildirsa kam sonli qadrlanadiganlar ichida bo’ladi.

3. Feedback qabul qilmaslik
Men eng zo’riman, qolganlar mutaxassis emas yoki u ham falon kabi xato qilganku deya vaziyatdan chiqishga harakat qiladi. Inson fazilatida oʻzidagi kamchiliklarni tuzatishga intilsa har doim yuksaladi.

4. Rivojlanishdan to'xtab qolishi
Mutaxassis odam qachon faqat bir tomonlama oʻylashni boshlar ekan u qotib qoladi. Bu odatda faqat pul yoki mansab uchun intilganda shunday bo’ladi.

5. Moliyaviy mustaqil bo'lish bo'yicha qadamma qadam reja yo'qligi
Kuchli mutaxassis bo’lish bilan birga oʻzini taqdim qilishni ham bilishi kerak. Kelishuvni KPI (samaradorlik uchun ragʻbat) orqali qilib, turli chellenjlar orqali yangi darajaga chiqishi kerak. Yangi loyihalarda oʻzini sinab ko’rishdan qoʻrqmasligi kerak.


@jahongir_mamatqodirov
1🔥3919👍9🤩7
O’zbekiston yoshlari bir paytda 1946 ta robot yig’ib “Ginnes rekordlar kitobi”ga qayd etildi.

Bungacha bo’lgan rekord 1456 ta robot bilan Hindistonga tegishli edi.

Ushbu tashabbusni ilgari surgan barcha tashkilotlarga va faollarga minnatdorchilik bildiraman!

Meni xursand qilgani Robbit loyihamizdan ham o’quvchilarimiz ushbu rekordni yangilashda ishtirok etishdi
👍128🔥41🎉3812🤩11🏆5
Bugun Lashkerak o’rmoni va sharsharasiga jamoaviy hiking qildik. Bordi-keldi 12km masofa bo’lgan go’zal tabiat Toshkent viloyati, Angrenda joylashgan.

Ayniqsa sentabr oyida bu joyga kelishni tavsiya qilardim. Tog’ning eng yuqori qismlarida olmalar pishgan, tabiiy, dorisiz, qip-qizil. Yeb maza qilasiz.

Ajoyib tarzda o’tgan hiking uchun Robbit va Najot Ta’lim markazidagi jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman!
👍7024🔥11🏆10
2025/10/21 21:43:56
Back to Top
HTML Embed Code: