Telegram Web Link
IBM'ni rad etgan o'zbek dasturchisi

🔥 Rasmdagi bolaning ismi Muhammadhusayn Olimjonov, 2020-yil Najot Ta'limning dasturlash kursini bitirgan. Hozir Polshada globant.com kompaniyasida senior Node.JS dasturchi bo'lib faoliyat yuritmoqda. "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" loyihasida ham shaxsan o'zim suhbat qilgan edim.

Yaqinda eshitdim, xalqaro TOP AyTi kompaniya bo'lgan IBM'ning ish taklifini rad etgan ekan. Bunday katta kompaniyadan taklif olish, u yerda ishlash deyarli barcha dasturchilarning orzusi deb o'ylayman.

Muhammadhusayn nega u yerda ishlashni xohlamagani menga juda qiziq bo'ldi. Bu haqida o'zidan eshitgan ma'qul deb o'ylayman. Najot Ta'lim bugun soat 21:00 da bitiruvchimiz bilan jonli efir tashkil etmoqda.

Jonli efir Najot Ta'lim Telegram kanalida ham berib boriladi. Efirni o'tkazib yubormang, albatta tomosha qilinglar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥45👍287🤩1
Ramazon oyi muborak bo’lsin!
1👍165🎉9147🤩7🏆4👏2
Forwarded from Robbit akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganlik bolajonlar uchun birinchi oy mutlaqo bepul

🤩
O’zining barcha filiallarida 700 dan ortiq 8-15 yosh oralig’idagi bolajonlarga robototexnika va AyTi bo’yicha ta’lim berib kelayotgan Robbit akademiyasi, navbatdagi filialini rasman Namanganda ochdi.

Eslatib o’tamiz, bolalarning texnologiyalarga bo’lgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida, Namanganlik bolalar uchun kursning birinchi oyi mutlaqo bepul qilindi.

📌 Robbitning
hozirda Toshkent shahrida, Farg’ona, Xorazm, Samarqand, Andijon hamda Namangan viloyatlarida filiallari mavjud va barchasida qabul davom etmoqda.

🔗 Ro’yxatdan o’tish

📞 78-777-3-777 | robbituz
🔥33👍2810🎉2🤩1🏆1
Forwarded from Najot Ta'lim
🔥 Farg‘onalik yoshlar bilan Temurbek Adhamov uchrashuvi

Muvaffaqiyat yo‘lini belgilash uchun avvalo aniq maqsad kerak. Maqsadingizni kichik qismlarga bo‘lib, har kuni unga yaqinlashishga harakat qiling.

Natija sizning samaradorligingizga bog‘liq. Aynan shu «Natija, Muvaffaqiyat va Samaradorlik» haqida Farg‘onalik yoshlar bilan Temurbek Adhamov suhbat qiladilar.

📅 Sana: 6-mart payshanba soat 14:00 da
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: "Najot Ta’lim", Farg'ona filiali

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Agar Farg‘onalik bo‘lsangiz bunday ilmiy suhbatni o‘tkazib yubormang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍14🤩111
Forwarded from Robbit akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda Robbitning yangi filiali ochildi

🥳 8-15 yosh oralig'idagi bolalarga robototexnika va AyTi bo'yicha ta'lim berib kelayotgan Robbit akademiyasi o'zining navbatdagi 7-filialini Namanganda ochdi.

⚡️ Ochilish tadbiriga 200 dan ortiq bolajonlar, 120 ga yaqin ota-onalar tashrif buyurishdi. Bolalar robototexnika bilan tanishib o'zlarining ilk robotlarini yasab ko'rishdi, ota-onalar esa o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🙂 Endi namanganlik bolajonlar ham Robbitda robototexnika va AyTi'ni o'rganib, kelajaklari uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirishlari, haqiqiy loyihalar ustida ishlashlari va katta musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.

❗️ Eslatib o'tamiz, yangi filial ochilgani munosabati bilan namanganlik bolajonlar uchun kursning birinchi oyi mutlaqo bepul.

🔗 Ro'yxatdan o'tish
📍 Namangan filiali manzili

📞 78-777-3-777 | robbit.uz
👍26🤩13🔥6🎉54🏆1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Prezidentimiz sa’y-harakatlari sababli yurtimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dinamikasini xalqaro reytinglarda dunyoning qator davlatlaridan ko‘ra oldinga o‘tayotganimizda ko‘rsa bo‘ladi, jumladan oxirgi 4 yilda Speedtest tezlik reytingida 65 ta davlatlardagidan ko‘ra yaxshiroq o‘zgarish aynan O‘zbekistonda kuzatilgani e’tirof etildi.
Albatta, barcha davlatlar harakat qiladi, faqat kim tezroq harakat qilsa, o‘sha davlatni reytingi boshqalarga qaraganda tezroq ko‘tariladi.

Bu esa yoshlarimizga 2 xil yo‘nalishda yanada tezroq yurishga sharoit yaratadi:

Birinchisi: ota-onalar va ustozlar umidini oqlash hamda yuqori daromad topish uchun internetdagi vaqtini imkoni boricha ko‘proq o‘zini rivojlantirishga, chet tillari ( https://ibratfarzandlari.uz ) va zamonaviy kasblarni ( https://www.uzbekcoders.uz ) o‘rganishga ishlatish yoki o‘z startapini rivojlantirish ( https://startupbase.uz ) orqali muvaffaqiyatga erishish.

Ikkinchisi: internetdagi vaqtini rivojlanishiga foydasi yo‘q, balki zararli narsalarga yanada ko‘proq sarflab, ham jismoniy ham ma’naviy sog‘lig‘iga putur yetkazish va orzulari ushalmay muvaffaqiyatsizlikka uchrash.

Hayotda ENG qimmat, lekin hammaga bir xil taqsimlangan narsa VAQT, undan unumli foydalaning va vaqtingizni o‘g‘rilaydigan kontentlarga chalg‘imang! Ularni yaratuvchilari ko‘proq daromad olish uchun ataylab auditoriyasini kengaytirishga turli xil nayranglarga usta bo‘lib ketishgan.

Hozirgi texnologiyalar shiddatli rivojlanayotgan davrda bilim va ko‘nikmalarini doimo oshirib boradiganlar bilan vaqtini behuda sarflaydiganlar orasida tafovut ortib boraveradi.

PS. Juda ko‘p tabiiy neft-gaziga ega bo‘lgan yoki tarixdan boshqa davlatlarni boyliklarini bosib olish hisobiga boyigan davlatlar bilan jon boshiga daromad yoki boshqa muhim ko‘rsatkichlarda hozir ancha farq bo‘lishi tabiiy, lekin asosiysi aksariyat ko'rsatkichlardagi ijobiy tezroq dinamika yurtimizni obro‘yini oshirishga yordam bermoqda, bu xalqaro anjumanlarda aynan O‘zbekistonga bo‘lgan e’tiborning o‘zgarishida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
👍35🔥116😢3🏆2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldingi zamonning teskarisida yashayapmiz...

🔥 Ushbu podkastda bola tarbiyasi va ta'limida nimalarga e'tibor qaratish kerakligi, uning qiziqishlarini qanday aniqlash mumkinligi hamda bolalardagi texnologiyalarga munosabat haqida fikr almashildi.

Podkastimiz mehmoni "Rahimov School" maktabi asoschisi Aziz Rahimov bo'ldilar. Spikerimizga ushbu aktual mavzuga befarq bo'lmay, o'z fikrlari bilan bo'lishganlari uchun rahmat aytamiz!


❗️ Videoni tomosha qilib bo'lgach, farzand tarbiyasi va ta'limiga oid fikrlaringiz bo'lsa izohda yozib qoldirishni unutmang.

📹 To'liq video uchun havola: https://youtu.be/3KnxcMD1Ncc?si=JHOkZQbQNKlWwOTz

📞 78-777-3-777 | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥11🥰3👏3🤩2🏆1
Forwarded from Najot Ta'lim
💥 Endi navbat Xorazmga )

O‘zingizni rivojlantirish, ishlaringizni samarali tashkil qilish va vaqtni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha aniq ishlaydigan usullarni bilmoqchimisiz? Unda sizni Xorazm filialimizda kutamiz.

✈️ Sababi «Najot Ta'lim», «Robbit», «Edfix» va «Lola animation» kabi loyihalar asoschisi Temurbek Adhamov bilan endilikda xorazmlik yoshlar uchun «Natija, muvaffaqiyat va samaradorlik» mavzusida suhbat bo'lib o'tadi.

📅 Qachon: 15-mart, shanba soat 14:00 da
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: "Najot Ta’lim", Xorazm filiali

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

Master-klassga yaqin do'stlaringizni ham olib keling, ularga ham yaxshilikni ravo ko'ring )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1915👍8🏆7👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥 Yangi loyiha va katta o’zgarishlarga tayyormisiz?

Kutib oling! Jahongir Po’latov va Cambridge LC'dan yangi loyiha!

Biz jamoamiz bilan 10 yil mobaynida to’plagan tajribamizni jamiyatimizdagi muammolarga keng ko’lamli yechim berishga qaratilgan yangi loyiha uchun bag’ishlashga qaror qildik.

Siz-u bizni katta o’zgarishlar kutmoqda! 🤫

🚩 Yangi loyihani quyidagi kanalda kuzatib boring: @yangi_loyiha_2025
👍2019🔥10🤩3😁1
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘mlik grant e’lon qiladi!

An'anaga muvofiq «Najot Ta’lim» va «Cambridge LC» vatan va millat oldidagi burchini his etgan holda «Kelajak yoshlari» grant dasturini davom ettiradi.

O'z qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda 2025-yilgi «Kelajak yoshlari» grantiga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz.

Grant doirasida nimalar mavjud?

— 100 nafar yigit-qiz 1 yil davomida bepul ta'lim oladi;
— Yo'nalishlar: Ingliz tili + dasturlash yoki grafik dizayn;
— 50 ta joy — Toshkent filiallari uchun;
— 30 ta joy — Farg'ona filiali uchun;
— 20 ta joy — Samarqand filiali uchun;

Grant dasturi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan insonlar uchun tashkil etilgan. Grantga nomzodlar motivatsion videomurojaat va suhbat asosida saralab olinadi.

Ta'kidlab o'tamiz, «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni amalga oshirishda hech qanday moddiy manfaatlarni ko'zlamagan. Ushbu ta'lim granti haqiqatan muhtoj insonlarga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yuborishingizni so'raymiz.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

📌 Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 13-martdan 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

📞 78-888-9-888 | najottalim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥138👏2
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
🤩10🔥7👍5👏32
Forwarded from Shahlo Otabekovna
Marketingga kirib kelganimga 7 yil bo’ldi. 2018-yilda oddiy qiziqish bilan boshlagandim, hozir esa bu sohani nafaqat o’rganaman, balki boshqalarga ham o’rgata olyapman. Deyarli, bir yildan buyon Najot Ta’lim’ning Robbit loyihasidaman, marketing bo’limi rahbari sifatida faoliyat olib boraman.

Robbit men uchun katta tajriba maydoni bo’ldi. 9 oyda 7 ta filial ochdik, 800 ga yaqin o’quvchi olib keldik. Lekin raqamlar emas, odamlar muhim. Shu loyihada jamoa shakllantirishning qanchalik muhimligini tushundim, o’rgandim.

Jamoamda Alijon, Nodirbek, Xonzoda kabi yorqin natijalarga ega bolalarim bor )
Biri o’qituvchi, biri operator, biri esa umuman, SMM o’qimagan bolalar edi. Hozir ular eng yaxshi targetolog, contentmaker, You Tube meneger, event meneger… xullas o’z ishini professionallari. Istalgan 3-4 yillik tajribaga ega marketing sohasidagi odam bilan bellasha olishadi. Lola animation va Najot Ta’lim loyihalarida ham xuddi shunday )

Endi esa, jamoani yanada kengaytirish niyatidaman. Marketingga qiziqadigan, o’rganishga ochiq, tajriba orttirishni xohlaydiganlarni amaliyotga taklif qilaman.

Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola
30👍20🔥8🤩5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat uchun birdek javobgarmiz

🤩 Sarguzashtlarga tayyormisiz? Unda ekranga yaqinroq keling, sababi Lola Animation jamoasi Lulu Nananing navbatdagi qismini taqdim etadi!

🔎 Bu safar jajji qahramonlarimiz, Lulu va Nana, o'z harakatlari orqali tabiatga ziyon yetkazishning shakllari haqida hikoya qilishadi. Kichkina ko'ringan, lekin aslida ulkan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan Luluning harakatlari bolalarda ogohlik va mas'uliyat hissini oshirishda ko'maklashadi.

🎥 Aytgancha, multfilmni oila davrasida tomosha qilib, farzandlaringizga undagi xabarni tushunishiga yordamlashishni unutmang!

📺 Multfilmni tomosha qilish
🎉29👍16🔥10👏5🏆3🤩1
Odatda o’zim to’g’ridan to’g’ri ishlaydigan jamoadoshlarimga har doim ustoz pozitsiyasidan turib yondashishga, ulardan foydalanib olishga emas, balki rivojlantirish, ilmli va tajribali qilishga chin ko’ngildan harakat qilaman.

Ko’p tadbirkorlar bilan suhbatlashganimda, xodimlarni ketib qolishlaridan qo’rqib yashashadi, menda esa tafakkur yaxshi shogird qoldirish ustiga qurilgan, toki u yoshlar o’z bilim va tajribasi bilan yaxshilik yo’lida xizmat qilishsin, oilasini ta’minlab, ularni xursand qilishsin, menimcha shunday qilinsa qalb ham ancha xotirjam bo’ladi )

Haftalarcha oldin shu xabarni yuborishgan edi, bugun vaqt bo’lib post ko’rinishida joyladim )
25137👍63🤩24🔥21🏆15😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashaydigan Rahmatjonni topdik!

🔥 Rahmatjon instagram sahifasidagi videolari orqali bizni hayron qoldirdi. Undagi iqtidor tahsinga sazovor. Robbit akademiyasi esa, Rahmatjon kabi yoshlarni qo’llab-quvvatlashda davom etadi.

📌 Eslatib o’tamiz, Robbit 8-15 yosh oralig’idagi bolalarga robototexnika va AyTi bo’yicha ta’lim beradi. Ayni paytda 7 ta filiali mavjud bo’lib, bular Toshkent shahrida 2 ta, Farg’ona, Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida joylashgan.

Ta’kidlab o’tish kerakki, Robbit akademiyasi shu yilning oxiriga qadar O’zbekistonning barcha hududiy birliklarida o’z filiallarini ochishni reja qilgan.

Robbit iqtidorlarni qo’llab-quvvatlaydi!

📞 78-777-3-777 | robbit.uz
🔥6938👍29🥰3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
103👍31🔥20🎉11👏2
Forwarded from Shavkat Hasan sahifasi
Учрашувга чиққанда китоблар ҳақида албатта сўранг. Оила мавзуларидаги қайси китобларни ўқиб чиққани ҳақида қизининг. Иложи бўлса ўқиган китоблари ҳақида чуқурроқ суҳбатлашинг.

Хозирги кунда оилаларнинг бузилишига асосий сабаблардан бири оила ҳақидаги билимларга етарлича эга эмаслигидир.

Китобларда қандай вазиятда ўзини қандай тутиш ҳақида кўплаб маслаҳат ва тавсиялар берилган. Буларни билган ва уларга амал қилган кишилар орасида оилада катта муаммолар пайдо бўлмаслигини тушуниб етишимиз керак.

Номзоддан китоб ҳақида сўрашдан аввал ўзининг ҳам китоб ўқиган бўлишингиз кераклигини унутиб қўйманг.

👉 @ShavkatHasan 👈 Бизни кузатиб боринг
👍39🔥104👏4🤩1
Shavkat Hasan sahifasi
Voice message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥37👍8👏2
2025/10/22 16:29:50
Back to Top
HTML Embed Code: