Telegram Web Link
🏛Termiz davlat universitetida navbatdagi “Ma’rifat soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

🟢Unda professor-o‘qituvchilar, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.

🟢Mazkur ma’rifiy soatda ma’ruzachilar “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

🟢Ular yurtimiz tarixi va madaniy merosida o‘chmas iz qoldirgan qadimiy shaharlar — Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi markazlarning dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni, ularda yashab ijod etgan buyuk allomalarning ilmiy va ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdilar.

🟢Dars jarayonida talabalarni milliy tarix va madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalash, iftixor tuyg‘usini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍97
⚡️"TerDU" jamoasidan navbatdagi g‘alaba!

Bugun Surxondaryo viloyat futbol akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tgan “Futbol akademiya 2-liga” bahsida bizning “TerDU” jamoamiz o‘z raqiblariga qarshi 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi!

🟢Bu natija — jamoamiz mehnatsevar futbolchilari va murabbiylarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.

Futbolchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi o‘yinlarda ham ularga zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥54👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1
#Bizning_faxrimiz #Erasmus

⚡️TERDU TALABASI — YEVROPADA TA’LIM OLADI!

🏛Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining “Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili” yo‘nalishi talabasi To'xtayeva Sevinch Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Germaniyaning nufuzli Myunster universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🇩🇪 Myunster universiteti — Yevropaning qadimiy va yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, THE xalqaro reytingida dunyoning yetakchi 200 ta oliygohi qatoridan joy olgan. Universitetda filologiya, tarix, huquq, tibbiyot, IT, tabiiy fanlar va boshqa ko‘plab sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Sevinch endilikda ushbu ilmiy muhitda Germaniya ta’lim tizimi, zamonaviy til o‘qitish metodikasi va Yevropa tajribasini o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitadi. Talabamizni ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
181👍51🔥22🎉8👏7🫡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

➡️ ILM YO‘LI

🟢Yosh olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👍1🎉1
Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan talabalar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🟢Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🟢Tadbirlarning asosiy maqsadi — talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.

❗️Hurmatli ustozlar aziz talabalar! Agarda siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limining 76-2217710 raqamli Ishonch telefoniga, yoki bo‘limning Korrupsion holatlar bo‘yicha murojaat boti: https://www.tg-me.com/TerDUantiCorruption_bot elektron platformasi hamda 91-5752001,93-7990101 uyali aloqa telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5🔥1
2025/10/25 10:18:31
Back to Top
HTML Embed Code: