Telegram Web Link
🏛Termiz davlat universitetida “Kelajak soatlari” rukni doirasida navbatdagi “Ma’rifat soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

🟢Unda ma’ruzachilar tomonidan “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi.

🟢Darslar davomida davlat tilining milliy qadriyat va ma’naviyatimizdagi o‘rni, ona tilimizning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, uning milliy o‘zligimiz va davlat mustaqilligimiz timsoli sifatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

🟢Shuningdek, talabalarga ona tilini ardoqlash, uning nufuzini yuksaltirish hamda har bir sohada to‘g‘ri, chiroyli va ta’sirchan nutq bilan faoliyat yuritishning muhimligi haqida tushunchalar berildi.

🟢Tadbir davomida talabalar ma’naviy-ma’rifiy muhitda ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
🟦🟦🟦🟦

⚡️Termiz davlat universiteti talabalari Parayengil atletika Oʻzbekiston kubogida yuqori natijalarga erishdilar!

🟢Joriy yilning 19–22 oktabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida sportning Parayengil atletika turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

🟢Ushbu musobaqalarda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati hamda Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Sport faoliyati fakulteti talabalari natijalari:
🥇Doʻsyorov Hasanbek — nayza uloqtirishda 1-oʻrin, yadro itqitishda 3-oʻrin;
🥈Eshmatov Azizbek — 400 metrga yugurishda 2-oʻrin, 100 metrga yugurishda 3-oʻrin;
🥉Panjieva Malika — 400 metrga yugurishda 3-oʻrin.

Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari natijalari:
🥉Safarova Amina — yadro itqitishda 3-oʻrin, disk uloqtirishda 3-oʻrin;
🥈Eshmoʻminova Aziza — 200 metrga yugurishda 2-oʻrin, 400 metrga yugurishda 3-oʻrin.

Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yanada katta zafarlar tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
111👍8🎉5👏2
#yosh_kitobxon

⚡️TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA “YOSH KITOBXON” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

➡️Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ma’naviy yetuklik va kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

🟢Tanlovda universitetning 12 ta fakulteti jamoalari ishtirok etib, bilim va zehn sinovlarida o‘zaro bellashdilar. Tanlov “Men sevgan asar” hamda “Asarlar bo‘yicha savol-javob” shartlari asosida tashkil etildi.

🟢Bellashuv yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi,
🥈 2-o‘rin — O‘zbek filologiyasi fakulteti jamoasi,
🥉 3-o‘rin — Tarix fakulteti jamoasiga nasib etdi.

💰G‘olib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🤔8👍4🔥2
Forwarded from TerDU Yoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz davlat universitetida rektor kubogi doirasida zakovat quiz musobaqasi bo’lib o’tmoqda

📢 Bizning sahifalarimiz:
👉 www.tg-me.com/TerDU_Yoshlari
14👍9👏3🔥1
"Spotlight Interview" loyihasining ilk soni mehmoni Doniyor Xolmirzayev 🌐 | 1-son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥16👍13👏1
2025/10/23 03:53:44
Back to Top
HTML Embed Code: