Telegram Web Link
🟢Termiz davlat universitetining xalqaro ta’lim yarmarkasi

📍 Termiz xalqaro savdo markazida TerDU mas’ullari va talabalari ishtirokida “Sizning kelajagingiz – Termizda!” shiori ostida xalqaro taʼlim yarmarkasi tashkil etildi. Viloyat hokimi U.Qosimov ham ishtirok etgan tadbir davomida xorijiy mehmonlar va afg‘onistonlik yoshlarga universitetimizning imkoniyat va salohiyatlari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

📸 Yarmarka ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javob olishdi.

📝 Tadbir yakunida abituriyentlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

🔗Ilm yo‘lida chegaralar yo‘q – sizning kelajagingiz aynan shu yerdan boshlanadi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2516🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

Universitetimizda yaratilgan sharoitlar "Termiz" erkin iqtisodiy zonasidagi xalqaro savdo markazida tashkil etilgan targ'ibot tadbirida qo'shni Afg'oniston fuqarolariga yetkazildi.

🟢Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar, jumladan, qo'shma ta'lim dasturlari, masofaviy va "part-time" ta'lim shakllari, ilmiy laboratoriyalar va sport inshootlari faoliyati, professor-o'qituvchilar va talabalarimiz erishayotgan yutuqlar tashrif buyurganlarda qiziqish uyg'otdi.

🟢Bu kabi tadbirlar universitetda xorijlik talabalar ulushini oshirish orqali viloyatda ta'lim eksportini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍268
#Kun_hikmati

Yilda faqat ikki kun borki, siz hech narsa qila olmaysiz.
Ulardan biri kecha, ikkinchisi esa ertaga.


🔗 Jon Vuden


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍213🤔3🔥2
#№38
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi tayanch doktoranti Mamatkulov Eldor Safarovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ijtimoiy falsafa" ixtisosligidan “O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangi ma’naviy makonni yaratish tamoyillari va imkoniyatlari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Universitet jamoasi nomidan Eldor Safarovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👏64🔥1
🎓 TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI— XORIJIY TA’LIM MAKONIDA

🇺🇿🇷🇺TerDUning xorijiy nufuzli OTM bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, qo‘shma ta’lim dasturlari- talabalarimizga xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda

🟢Masalan, 2019–2023-yillarda Termiz davlat universitetida bakalavr darajasini olgan. O‘roqov Azamat 2023–2025-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Qozon Federal Universiteti (QFU)ning magistrlik darajasini muvaffaqiyatli yakunladi.

🎓Magistrlik dissertatsiyasi: “O‘rta asrlarda Termiz va uning atrofi arxeologiyasi” mavzusida yozilib, a’lo bahoga himoya qilindi.

🟢Shuningdek, Mingturaev Asliddin ham QFU Xalqaro aloqalar bo‘limining “Turk xalqlari tarixi, iqtisodiyoti va madaniyati” magistrlik yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.

📊 Qozon Federal Universiteti 2025-yilgi QS World University Rankings reytingida 401-o‘rinni egallagan bo‘lib, bu universitetda olingan bilim va ilmiy tajriba bitiruvchilarimizga keng imkoniyatlar taqdim etadi.


➡️ Bitiruvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3414🎉2
#Dolzarb90Kun

TerDUda "Dolzarb 90 kun": Talabalarning ilmiy salohiyatiga turtki!

🟢Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bir qator ilmiy-amaliy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Kimyo fakultetida yo‘lga qo‘yilgan “Bir talabaga – bir loyiha” to‘garagi ayniqsa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🟢Talabalar “Tabiiy efirlar singdirilgan vermikulit asosida gipoallergin xushbo‘ylantiruvchi mahsulotlar olish” hamda
“Plastik chiqindilardan suyuq yoqilg'i olish” mavzularida tajriba-sinov ishlarini olib borishmoqda.

🟢To‘garak mashg‘ulotlari iyul va avgust oylarida ham davom etadi. Bu jarayonlar talabalarni innovatsion g‘oyalar bilan ishlashga, ilmiy izlanishlar orqali muammolarga yechim topishga undamoqda.

🏛TerDU – yoshlarning ilmiy izlanish maydoniga aylangan maskan!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍227
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Rayxona Raxmonova | 32-son
11🔥6👍4👏2🤩1
Audio
#Mutolaa

🔶 Hikoya: Yoshlar qahvaxonasi
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 12:38

🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥1👏1
2025/07/13 10:23:40
Back to Top
HTML Embed Code: