Telegram Web Link
Innovatsiyalar haftaligi davom etmoqda!

🟢InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi bu yil o‘z miqyosi va ishtirokchilar soni bilan yanada keng qamrov kasb etmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchi va talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari hamda ilmiy loyihalarini taqdim etishayapti.

🟢Haftalik doirasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi g‘oliblari ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar!

🟢Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Bozorov Yoqubjon o‘zining “Mahalliy xom-ashyolar asosida ionalmashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar olish” nomli loyihasi bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎓Ushbu yutuq — Surxondaryo ilmiy salohiyatining yuksak namunasi!

Tadqiqotchilarimizga keyingi ilmiy faoliyatlarida yanada katta zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥94👏4👍2
#milliy_qadriyatlar

🏛TerDUda milliy liboslar targʼiboti

🟢Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tashabbusi  bilan “Milliy liboslarimiz — milliy qadriyatlarimiz” mavzusida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🟢Tadbir asnosida xalqimizning ming yillik o‘tmishi, boy urf-odat va an’analari, milliy didi, estetik qarashlari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish maqsad qilindi.

🟢Tadbir talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, o‘zlikni anglash va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48👍10🔥10👏6🎉2🫡1
#milliy_qadriyatlar #culture_night #xalqaro_qizlar_kuni

🟢11-oktyabr - "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich talaba-qizlar koordinatorlari tomonidan yotoqxonadagi qizlar oʻrtasida "Culture Night" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda liboslar kolleksiyasi hamda oʻzbek xalqining mashhur urf-odatlari sahnada gavdalantirildi.

✔️Shuningdek, tadbir yakunida jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi va talaba-qizlar koordinatorlari rasman tayinlanib ishonchnomalar topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👏9🔥4
2025/10/28 13:10:05
Back to Top
HTML Embed Code: