Telegram Web Link
🏛Besh tashabbus” sport musobaqalari — TerDUda start oldi!

🟢Bugun Termiz davlat universitetida “Besh tashabbus” sport musobaqalarining universitet bosqichiga start berildi! 🏁

🟢Endilikda talaba-yoshlar tasdiqlangan grafik asosida quyidagi sport turlarida o‘zaro kuch sinashadilar:

Mini futbol
🏀 Stritbol
🏃 Yengil atletika
🏓 Stol tennisi
🏐 Voleybol

✔️Tadbirning ochilish marosimida masʼullar sportning inson salomatligi va jismoniy barkamolligini mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga faolroq jalb etish zarurligini ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1712🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏43🔥1
🟦🟦🟦

🟥15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

🟢Bugun — fidoyi, mehnatsevar va mehribon qishloq ayollarining mehnatini e’tirof etish kuni!

🟢Ular dalada, chorvachilikda, hunarmandchilikda va oilada fidokorona mehnat qilib, jamiyatimiz farovonligiga katta hissa qo‘shmoqda.

🟢Termiz Davlat Universiteti jamoasi barcha qishloq ayollarini ushbu bayram bilan samimiy tabriklaydi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍136🔥2👏1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
“Til bilimdonlari” respublika tanlovi test ishlash jarayoniga start berildi.

Testni ishlash tartibi:

↪️ @tiluzbot manziliga kirasiz va botga /start deb yozasiz. So‘ngra “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

❗️Muhim eslatmalar!

🔹Sizga bugun, ertaga va indinga har kuni 40 tadan, jami 120 ta test beriladi. Testlarni kunning istalgan vaqtida (xohlasangiz hoziroq, xohlasangiz soat 14:00 da yoki 22:30 da) ishlasangiz bo‘ladi, lekin bugungi testlar ertangi kunga o‘tib ketmasligi kerak, aks holda savollar “kuyib” ketadi;
🔹Test savollarini ishlash uchun siz kamida 5 referal ballga ega bo‘lishingiz kerak (bugun ham referal yig‘ish mumkin);
🔹Siz bittada 40 ta savolni ketma-ket ishlashingiz kerak, orada uzilib qolsa 1-2 ta savollar o‘tib ketishi mumkin (shuning uchun hech kim xalaqit bermaydigan joyda testlarni ishlang);
🔹Test ishlash 17-oktabr kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi va har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p ball yig‘gan TOP-20 o‘rindagi ishtirokchilar hududiy bosqichga o‘tadi.
🔹Test natijalariga ko‘ra kamida 50 ball to‘plagan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

Siz testlarni quyidagi muddatlarda ishlashingiz mumkin:
↪️15-oktabrda soat 10:00 dan 23:59 gacha;
↪️16-oktabrda soat 00:00 dan 23:59 gacha;
↪️17-oktabrda soat 00:00 dan 20:00 gacha.

➡️ Test savollarini ishlash
➡️ Test savollarini ishlash

❗️Savollarni tarqatish, guruhlarda muhokama qilish ta’qiqlanadi. Kimdir shunday ish qilgani aniqlansa, savollarni muhokama qilgan barcha ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73
#№51
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi o'qituvchisi Kushakov Safarali Yusupovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/27.09.2025.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengashda "O‘zbekiston tarixi" ixtisosligida «Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishida tabiiy va ijtimoiy omillar (O‘zbekistonning janubi misolida)» mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🟥Universitet jamoasi nomidan Safarali Yusupovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍10616🔥8🎉5🫡2
#teatr

🎭Teatr — tarbiya va tafakkur maskani

🟢Termiz davlat universiteti talabalari Muhtasham san’at saroyida sahnalashtirilgan “Chorrahadagi odamlar” nomli teatr tomoshasini tomosha qildilar. Ushbu tashrif talabalar uchun unutilmas taassurotlar, estetik zavq va ma’naviy ozuqa manbai bo‘ldi.

🟢Ushbu sahna asarida oila, muhabbat, mehr-oqibat, ishonch va hayotiy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirildi. Talabalar aktyorlarning mahoratli ijrosidan ilhomlanib, teatr san’atining inson ruhiyatiga ijobiy ta’sirini yanada chuqurroq his etdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107
🏛Termiz davlat universitetida navbatdagi “Ma’rifat soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

🟢Unda professor-o‘qituvchilar, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.

🟢Mazkur ma’rifiy soatda ma’ruzachilar “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

🟢Ular yurtimiz tarixi va madaniy merosida o‘chmas iz qoldirgan qadimiy shaharlar — Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi markazlarning dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni, ularda yashab ijod etgan buyuk allomalarning ilmiy va ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdilar.

🟢Dars jarayonida talabalarni milliy tarix va madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalash, iftixor tuyg‘usini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍97
2025/10/22 19:51:56
Back to Top
HTML Embed Code: