Telegram Web Link
O‘ZBEK TILI — MILLATNING RUHI, VATANNING IZZATI!

Bugun Termiz davlat universiteti talabalari O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yurtimiz faxri bo‘lgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan jo‘shqin tuyg‘ular bilan qaytdilar.

Shu ruhda ular o‘z fakultetlarida “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida adabiy-badiiy kechalar tashkil etdilar.

Uchrashuvlarda ona tilimizning beqiyos go‘zalligi, sofligini asrash barchamizning muqaddas burchimiz ekani haqida ma’ruzalar tinglanib, talaba-yoshlar tomonidan she’r va sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlarga boy ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

Ona tili — bu millatning yuragi, uning or-nomusi, ruhiy kuchidir!
Uni asrash, rivojlantirish, avlodlarga sof holda yetkazish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Bugungi tadbirlar nafaqat bayram, balki o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va ma’naviy yuksalish bayrami bo‘ldi!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10👍9👏2
QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA TAVSIYA ETILGAN TALABALAR DIQQATIGA!

📅 Barcha tavsiya etilgan talabalar uchun o'quv mashg'ulotlari 2025-yil 22-oktabr, chorshanba kuni soat 08:30 da boshlanadi.

📍Manzil: Termiz davlat universitetining tegishli fakultet binolari (Yuqorida yo‘nalishlar kesimida berilgan).

📍Barcha fakultetlar ushbu xarita havolasida.
📍Tabiiy fanlar fakulteti ushbu xarita havolasida.

🪪 Talabalardan o‘quv jarayonining birinchi kuniga o‘z vaqtida, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📞 Murojaat uchun:
+998930762225
+998936388026
+998945177770

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍6🎉6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛“Xalqning yuragi, qalbning ko‘zgusi bo‘lgan onajonim tilida biyron so‘zlashga nima yetsin.!”

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👏73👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Математиклар ҳақида, самимий эътироф...

2025 йил 20 октябрда Термиз давлат университетида бўлиб ўтган "Алгебра ва анализнинг долзарб масалалари" мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумандан
Telegram | FacebookInstagram | Youtube
👍3711🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Kim bu jarayonda qattiq izlanib, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Ona tilim — g‘ururim, iftixorim!

🟢21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan kecha 4-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🟢Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining beqiyos boyligi, tarixiy ildizlari va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek ijro etgan she’rlari, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar orqali ona tilimizga bo‘lgan ehtiromini ifoda etdi.

🟢Bu tadbir shubhasiz yoshlar qalbida o‘zbek tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ardoqlashga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ona tilimiz — millat faxri, birligimiz va ma’naviyatimiz timsolidir!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
2025/10/22 07:16:17
Back to Top
HTML Embed Code: