Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦

😀 TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN!

🟢Universitetimizda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda “Algebra va analizning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.

🟢Yalpi majlisda Termiz davlat universiteti rektori so‘zga chiqib, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishida ishtirok etayotgan akademik hamda professor-olimlarni tanishtirdi.

🟢Shuningdek, Xalqaro anjuman asnosida fizika-matematika fanlari doktori, professor Ismoil Allakovni 75 yoshni qarshi olishi munosabati bilan ustozga sihat-salomatlik va ilmiy-pedagogik ishlariga ulkan muvaffaqiyatli mehnat yo‘lida ezgu istaklar bildirildi.

🟢Anjumanning ilmiy ahamiyati haqida to‘xtalgan A.Toshqulov: sho‘ba yig‘ilishlari anjumanning samaradorligini belgilaydigan eng muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi, ma’ruzalarda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchi va magistrantlarimizni keng jalb etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Ayni damda anjuman o‘z ishini 6 ta sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1611🎉2🔥1
“Dentons Tashkent”dan TerDU talabalari uchun bebaho sovg‘a!

🟢“Dentons Tashkent” yuridik firmasi homiyligida tarjima qilingan, huquq sohasi olamida yuksak e’tirof etilgan Shmitthoffning “Xalqaro savdo huquqi va amaliyoti” nomli fundamental asari endilikda TerDU Axborot-resurs markazi fondidan o‘rin oldi!

🟢Gap shundaki, “Dentons Tashkent” firmasi boshqaruvchisi Eldor Mannopov 1080 betdan iborat ushbu noyob nashrning 3 nusxasini universitetimiz talabalariga foydalanish uchun beg‘araz taqdim etdi.

🟢Ushbu asar Yurisprudensiya va Biznes huquqi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun nafaqat muhim nazariy manba, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ishonchli amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

🟢TerDU jamoasi “Dentons Tashkent” yuridik firmasiga va shaxsan Eldor Mannopovga ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2👏21
#ichki_turizm

🟢Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida

🟢Xabaringiz bor, joriy yilning 9-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida har oyning bir shanba yoki yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilanishi taʼkidlangan edi.

🟢Mazkur tashabbus doirasida TerDU talabalari o‘qituvchilari hamrohligida qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.

🟢Sayohat davomida ishtirokchilar tarixiy obidalar, madaniy maskanlar va zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, unutilmas taassurotlar oldilar.

🟢Bunday tashabbuslar nafaqat dam olish va hordiq chiqarish, balki yurtimiz go‘zalliklarini kashf etish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4🔥4👏1🎉1
📢 #DIQQAT

🎓 Termiz davlat universitetining 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.


📌 Qo‘shimcha qabul parametrlari asosida magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt miqdori bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining ikki barobari etib belgilandi.

📅 O‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan abituriyentlar universitetning magistratura bo‘limiga murojaat qilgan holda o‘qishni boshlashlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot va murojaat uchun:
📞 +998 94 617 37 62

📞 +998 99 677 30 45

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍5🔥42👏2
#insho  #tanlov

🇺🇿21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kun munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalar o‘rtasida “Ona tilim faxrim g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

🟢Ushbu tanlov talabalarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini namayon qilish, savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

🟢Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, o‘z qarashlarini insho orqali bayon etdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
#imtihon_natijalari

Termiz davlat universitetida xorijiy oliygohlar bilan tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari uchun o'tkazilgan imtihon natijalari quyida e'lon qilinmoqda.

🟢 Ma'lumot o'rnida: qo'shma ta'lim dasturlari asosida oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 421-son qarori bilan tartibga solinadi.

📞 Murojaat uchun:
+998930762225
+998936388026
+998945177770

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍64
Iqtisodiyot (bakalavriat).pdf
1.2 MB
Indoneziya pedagogika universiteti
👍2
Yurisprudensiya (bakalavriat).pdf
4.4 MB
Indoneziya pedagogika universiteti
10🎉93🔥3
2025/10/22 03:10:17
Back to Top
HTML Embed Code: