Telegram Web Link
#seminar

😀 TerDUda “Barqarorlik va energiya kelajagi: ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi ko‘prik” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

🟢Fakultet mas’ullari, boshqarma va bo‘lim booshliqlari shuningdek Greenmetrics xalqaro reytingiga kirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh vakillari ishtirok etigan seminarni Malayziya–Singapur–Yaponiya xalqaro akademik koordinatori, professor Ozoda Yuldasheva olib bordi.

🟢Tadbir davomida Singapurdagi yashil energiya tizimlari, barqaror texnologiyalarni joriy etish tajribalari, shuningdek Malaysia, Singapur va Yaponiya universitetlari o‘rtasidagi xalqaro akademik almashinuvlar bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar xususida ma’lumotlar keltirildi.

🟢Mazkur seminar ishtirokchilarga barqaror rivojlanish, yashil texnologiyalar va energiya samaradorligi sohalarida xalqaro reytinglar — THE (Times Higher Education) hamda QS Sustainability Ranking mezonlari bo‘yicha amaliy bilim va tushunchalarni shakllantirish imkonini berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113👏2🫡2
#xushxabar

“TerDU-2” jamoasi — qat’iyat va mahorat timsoli!

Surxondaryo viloyati ikkinchi ligasi birinchi davrasi 5-turi doirasidagi bahsda “TerDU-2” jamoasi “Sherobod” ustidan ishonchli g‘alaba qozondi — 6:2!

Shu tariqa, “TerDU-2” jamoasi beshta o‘yinda beshta g‘alaba qayd etib, musobaqa jadvalida mutlaq peshqadamlikni saqlab qoldi.

Jamoamiz jami 5 o‘yinda 14 ta gol urib, atigi 2 ta gol o‘tkazgan — bu esa himoyadagi ishonch va hujumdagi samaradorlikning yaqqol isboti.


“TerDU-2” — g‘alaba sari dadil odimlayotgan jamoa!

Har bir o‘yin – yangi sinov, har bir g‘alaba – jamoaviy mehnat samarasidir!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍20🔥16🤔94🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni | Ichki ishlar xodimlarimiz

Ijrochilar: Oʻzbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh inspektori kapitan Bekzod Qurbonaliyiev, Surxondaryo viloyat IIB JXX YHXB inspektori safdor Faxriddin Pardayev.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
9👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston chempionatiga saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏62
TerDUdagi sog‘lom ijodiy muhit ilmiy muvaffaqiyatlarda namoyon bo‘lmoqda.

TerDU professori, tarix fanlari doktori Shopo‘lat Shaydullayevning ilmiy maqolasi Cambridge University Press platformasida chop etildi!

“Revising the chronology of the Darband Wall in Central Asia” nomli mazkur maqolada Janubiy Oʻzbekistondagi Darband devorining qurilish bosqichlari va siyosiy-tarixiy ahamiyati yangi arxeologik maʼlumotlar asosida ilmiy tahlil qilinadi.

🔗 Maqola havolasi: www.cambridge.org/core/journals

Maqolaning ahamiyatli jihati shundaki, Markaziy Osiyoda joylashgan Darband devori tarixi va uning xronologiyasini qayta ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 10 ta yangi radiokarbon sanalar asosida devorning dastlabki qurilishi miloddan avvalgi III asrda, qayta ta’mirlanishi esa Kushon davlati davrida amalga oshirilganini isbotlovchi dalillar keltirilgan.

Ilmiy ish xalqaro ilmiy jamoa tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi va mintaqadagi arxeologik tadqiqotlarga yangi ilmiy yondashuvlarni taklif qiladi. Bu nashr universitet olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi va ilmiy salohiyati o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Scopusdagi faol nashrlar soni va ularga bo‘lgan iqtiboslar TerDUning xalqaro akademik nufuzini oshirish, shuningdek QS va THE reytinglarida munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ustozimizni ushbu yirik xalqaro muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
15👍14👏5🔥2🎉1
📊 TERDU – xalqaro ilmiy maydondagi natijalar

2025-yil 23-oktabr holatiga ko‘ra Termiz davlat universiteti ilmiy salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagicha:

👩‍🔬 Mualliflar soni: 391 nafar
📄 Umumiy nashrlar soni: 623 ta
💡 50 dan ortiq nashrlar 15 ga yaqin xalqaro fond va ilmiy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan.


❗️Nashrlarning e’lon qilinishida 150 dan ortiq xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorlik qilgan.

📅 So‘nggi yillarda nashrlar soni yilma-yil barqaror oshib bormoqda — bu universitet ilmiy salohiyatining ortib borayotganini va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlikning kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍10🔥41
🎓 Eng faol ilmiy tadqiqotchilar — universitetimiz faxri!

📊 Termiz davlat universiteti tashkilot profili tahliliga ko‘ra, 45 nafar professor-o‘qituvchilarda Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida 5 va undan ortiq maqolalar mavjud. Bu natija universitetimiz ilmiy salohiyati va xalqaro nufuzining ortib borayotganidan dalolat beradi.

🏅 Xususan, eng ko‘p Scopus nashrlariga ega professor-o‘qituvchilar ro‘yxati quyidagicha:
1 To'raev Xayit - 72 ta
2 Mirsaburov Miraxmat - 40 ta
3 Qasimov Sherzod - 23 ta
4 Qarshiyev Faxriddin - 20 ta
5 Abdul Mosur Shovkot - 18 ta
6 Alimnazarov Bekmurod - 17 ta
7 Shomirzayev Maxmatmurod - 15 ta
8 Shaydullayev Shapulat - 11 ta
9 Aliqulov Rustam - 10 ta


📚 Bu ko‘rsatkichlar — universitetimizdagi professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtirokini namoyon etadi. Ular nafaqat ilmiy ishlanmalar bilan, balki universitet nufuzini jahon miqyosida oshirishga ham hissa qo‘shmoqda.

👏 Barcha ilmiy faol hamkasblarimizni tabriklaymiz va ularning yutuqlari yosh tadqiqotchilar uchun namuna bo‘lishini tilaymiz.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏1410👍4
📊 Eng yuqori h-indeksga ega ilmiy yetakchilar — TerDU faxri!

📈 Termiz davlat universiteti tashkilot profili tahliliga ko‘ra, Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida 25 nafar professor-o‘qituvchilarning h-indeksi 3 va undan yuqori ko‘rsatkichga ega.

🏅 Eng yuqori h-indeksga ega professor-o‘qituvchilar ro‘yxati quyidagicha:
1 Qarshiyev Faxriddin: h-indeks 10
2 To'rayev Xayit: h-indeks 9
3 Abdul Mosur Shovkot: h-indeks 8
4 Sulliyeva Suluv: h-indeks 7
5 Mirsaburov Miraxmat: h-indeks 5
6 Qasimov Sherzod: h-indeks 5
7 Allaberdiev Farhod: h-indeks 4
8 Shaydullayev Shapulat: h-indeks4


📚 Ushbu ko‘rsatkichlar TerDU olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtirokini, maqolalariga bo‘lgan iqtiboslar sonining yuqoriligini va ilmiy ta’sir doirasining kengayib borayotganini tasdiqlaydi.

👏 Barcha ilmiy faol professor-o‘qituvchilarni tabriklaymiz va ularning yutuqlari yosh olimlar uchun namunadir!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍4410🔥9
2025/10/26 03:40:27
Back to Top
HTML Embed Code: