Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Ekologik madaniyat – so‘g‘lom jamiyat poydevori!

Termiz davlat universiteti 1000 nafarga yaqin talabalari “Ekologik madaniyat – sog‘lom jamiyat poydevori!” shiori ostida Tеrmiz shahri mahallalari va yo‘l chetlarini chiqindilardan tozalash ishlarini tashkil etdilar.

Talabalar tomonidan yig‘ilgan 5 tonnadan ortiq maishiy chiqindilar TerDU xo‘jaligida mavjud maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketildi.

Bu xayrli tashabbus yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tibori, mas’uliyati va fidoyiligining yorqin ifodasidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍129🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Президент провел встречу с ведущими представителями деловых кругов Европы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍64
#musobaqa

😀 TerDUda “O‘ZBEK POLVONI” Respublika turniriga saralash bahslari!

Davlatimiz rahbarining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida mamlakatimiz miqyosida davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” Respublika turniri tashkil etilmoqda.

E’tiborlisi, ushbu nufuzli bellashuvda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi!


📅 Ertaga, TerDU kurash majmuasida saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🟢Qadrli ustozlar, sizlarni alplar maydonidagi kurash bayramida faol ishtirok etishga, har jabhadagi ibratingizni sport maydonida ham namoyon etishga chorlaymiz!

➡️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun Sport faoliyati fakulteti va Sport klubi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍41
🟢TerDUda yana ilmiy muhit, yangi g‘oyalar!

Xabaringiz bor, Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik tadqiqotlar: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbirda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Eron, Pokiston, Tojikiston, Italiya kabi xorijiy davlatlarning taniqli akademik olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishmoqda.

Yalpi majlisda ilmiy ma’ruzalar tinglanib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ayni damda esa sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda. Unda flora, fauna, ekologiya va biologiya ta’limi sohalaridagi tadqiqotlar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Konferensiya davomida yangi ilmiy g‘oyalar, hamkorlik tashabbuslari va istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olinmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3🤔1
2025/10/27 08:30:46
Back to Top
HTML Embed Code: