Telegram Web Link
Termiz tumanida turar joylar, yirik loyihalar qurilishi o‘rganildi

Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini o‘rganish ishlari Termiz tumanida davom ettirildi. Keyingi yillarda yirik qurilish hududiga aylangan mazkur tumandan oqib o‘tuvchi Surxon daryosi bo‘yidagi bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi o‘rganish ishlarini daryo bo‘yida barpo etilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirishdan boshladi. Mas’ullar loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarini obodonlashtirish rejalari haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, sobiq "Paxtaoy" oromgohi hududidan samarali foydalanish bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi. Oromgohning mavjud tabiiy muhiti va daraxtlarga ziyon yetkazmasdan binolarni joylashtirish, loyihalarni ana shu talablar asosida ishlab chiqish vazifalari belgilandi.

Termiz tumanidagi o‘rganishlar yakunida "Yangi O‘zbekiston" massivida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida viloyat bo‘yicha 9 200 ta xonadonli turar joylar qurilishi va ularni foydalanishga topshirish, shuningdek, boshqa qurilish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, turar joylar, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari qurilishini sifatli amalga oshirish hamda tugallangan loyihalarni barcha zarur infratuzilmalar bilan ta’minlagan holda foydalanishga topshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
6🔥5🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Саида Мирзиёева билан ёнма-ён. Миссия. #8

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍1210🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil boʻldi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Say
👍154👏2🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
O‘zbek tili — millatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli!

Surxondaryoda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Bayram dasturi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, shuningdek, harbiylar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining jozibadorligi, boy lug‘aviy xazinasi va dunyo tillari orasidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, mustaqillikdan avval qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hamda keyingi yillarda tilimiz nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladilar.

Tadbir San’at saroyi majmuasida davom ettirilib, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan ona tilimiz ulug‘langan sahna asarlari namoyish etildi. Shuningdek, vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalari chiqishlari bayramona ruh bag‘ishladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
8🎉5🫡2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili — yurtimiz mustaqilligining maʼnaviy tayanchi, xalqimiz birdamligining ramzidir.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

Ta'lim darsxonadan chiqib, ekranlarga ko‘chdi. masofaviy ta'lim qay darajada samarali?


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2🔥2👏2
2025/10/21 08:45:53
Back to Top
HTML Embed Code: