Telegram Web Link
Kun memi: Gemini kodingizni tuzata olmasa, o'zini o'zi yo'q qilish bilan tahdid qilmoqda.

@Texnoplov😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18-asrda Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm II ga tegishli bo‘lgan "aqlli" shkaf shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Yashirin tugmani bossangiz, u o‘z-o‘zidan tortmalarni ochadi, stolni suradi, musiqa yoqadi. Ichida esa hali ham aniq takrorlay olish qiyin bo’lgan yashirin joylar va mexanizmlar mavjud.

Bir paytlar bu Yevropadagi eng qimmat mebel bo‘lgan. Hozirda shkaf Berlin muzeyida saqlanmoqda.

@Texnoplov😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nano Uzbek
Memlar yasashda ko’p videolarni instagram, tik-tok va youtubedan olishga to’g’ri keladi. Lekin videoni yuklovchi botlardan foydalanish uchun 1000 ta kanalga obuna bo’lish kerak, agar internet servislardan foydalanaman desangiz hammasi 2-3 oydan keyin ishdan chiqadi yoki reklama ko’payib ketadi. Shu muammolar jonga tegib o’zimiz bot yasashga qaror qildik. Xullas endi agar instagram, tik-tok va youtubedan video yuklab olmoqchi bo’lsangiz @NanoGrab_bot dan foydalansangiz bo’ladi. Bot mutlaq bepul va undan foydalanish uchun birgina nanouzbek telegram kanaliga obuna bo’lsangiz bo’ldi. Bu postni esa ko’p video yuklaydigan do’stingizga yuborsangiz bot rivojiga katta hissa qo’shgan bo’lasiz)

@NanoGrab_bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siri endi kerak emas. ElevenLabs inson kabi gapiradigan va Perplexity hamda ko‘plab MCP-asboblari bilan ishlaydigan AI yordamchisini yaratdi.

* Uning asosida Eleven V3 modeli yotadi, u bir soniyada ovoz yaratadi, pauza va intonatsiyalarni tushunadi.
* Perplexity qidiruv tizimi, shuningdek, Slack, Notion va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyalari o‘rnatilgan.
* O‘zingizga moslab sozlash mumkin – 5000 ta ovozdan tanlash, o‘zingizning assistentingizni yaratishingiz mumkin.

@Texnoplov⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АйPulatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda biror kishini, ayniqsa siyosatchini sharmanda qilish uchun yashirin kamera yoki montaj shart emas - sun’iy intellektda bir necha daqiqa vaqt sarflash kifoya.

Jurnalistlarga O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyevaning go‘yoki "O‘zbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyada ishtiroki qonuniy" deb aytgani haqidagi soxta video tarqatilmoqda.

Bu - yolg‘on.

Aslida Norboyeva bunday bayonot bermagan. Kun.uz saytida ham, Anhor.uz saytida ham bunday mazmundagi materiallar yo‘q va bo‘lmagan ham.

Senat matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rasman inkor etib, bu mavzuda hech qanday intervyu bo‘lmaganini va keltirilgan iqtiboslar butunlay to‘qib chiqarilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, firibgarlar asos qilib olgan video haqiqatan ham mavjud - biroq bu Kun.uz’ning 2023 yil dekabr oyida e’lon qilingan haqiqiy intervyusidan parcha bo‘lib, unda mutlaqo boshqa mavzu - Qashqadaryo viloyatidagi erta nikoh va urf-odatlar masalasi muhokama qilingan.

Unda Norboyeva "Qizimni uzatib qutulay degan niyatda bo‘lish kerak emas," deya voyaga yetmagan qizlarning turmush qurishini faxr deb bilmaslikka chaqirgan.

Biz raqamli texnologiyalar davrining yangi, nihoyatda xavfli bosqichiga qadam qo‘ydik. Endi ishonchsizlik to‘lqinini qo‘zg‘atish, tartibsizlik keltirib chiqarish yoki biror shaxsni obro‘sizlantirish uchun soxta ovoz yoki video yaratishning o‘zi kifoya.

Ko‘rgan yoki eshitganingizning barchasiga ishonib ketavermang.

@pulatov_kh
Toshkentning Chorsu ovqat bozoridagi mashhur xonimchi ayol — Farida opa haqida kichik hujjatli film tayyorlandi.

Rejissyor Lola Alimova tomonidan suratga olingan “Xonim” filmida bu kasbning mashaqqati, Farida holaning ichki kechinmalari va uzoq yillik hayot saboqlari haqida so‘z boradi.

Filmni albatta tomosha qiling. Bu oddiy ish haqida emas, balki insonning har kuni sevimli mehnatiga yuklaydigan mehri, mashaqqati va orzu-armonlari haqida!

Hujjatli filmni tomosha qilish uchun havola:
👉 https://youtu.be/yzJA_dmTqRg?si=ZrWrsdmCfXpxH8Ts
131 - maktabda o’qiydiganlar bormi?
Ertaga AI haqida gaplashgani boraman sizlar bilan. Vaqtini haliroq bilamiz
Forwarded from Marketing bo'limi
Kiber UZ endi yangi koʻrinishda

Gaming doimo rivojlanadi. Har bir klassik o‘yinning zamonaviy talqini yaratilgandek, Kiber UZ ham bugungi kun talablariga moslanib, to‘liq remaster qilindi.

Kiber UZning yangi koʻrinishida grafik uslub, interfeys, vizual elementlar – barchasi yangidan ishlab chiqilgan boʻlsa-da, asosiy qadriyatlar — gaming'ga sadoqat, auditoriyaga hurmat oʻsha-oʻshaligicha qoldi.

Piksel belgisidan tashkil topgan yangi dizayn o‘zida bolalikdagi konsol o‘yinlarining nostaljiyasini, zamonaviy estetikani va sarguzasht ruhini mujassam etdi. Yangi dizayn sistema esa trend sharhlari, strimlar va o‘yin tahlillari yoʻnalishida uchraydigan vizual muammolarni hal qiluvchi vazifani bajaradi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Bugun 1-toifa diabetga qarshi kurashda tarixiy voqea yuz berdi. Yangi dori eng og'ir shakldagi kasallikka chalingan 12 nafar bemordan 10 tasini butunlay davoladi.

Bu inyeksiya orqali yuboriladigan preparatdan so'ng, organizm insulinni o'zi ishlab chiqarishni boshlaydi, bu esa ignalar va qondagi yuqori shakar darajasidan xalos bo'lishni anglatadi.

Ushbu dori vositasi hozirda ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda, bu esa millionlab insonlar hayotini o'zgartirishi mumkin.

@Texnoplov⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sigma podcast
Kambag'allik qanday o'lchanadi?

Podkastimizning navbatdagi sonida Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti
Dasturiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Diydor Berdiklichev bilan O'zbekistondagi kambag'allik chegarasi, energotariflarning aholiga ta'siri, kambaga'llik tuzog'i va boshqa qiziqarli tadqiqotlar haqida suhbatlashdik.

https://youtu.be/ZuntsZwsrtc
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Mask fikr kuchi bilan o‘ynaladigan videoo‘yinlarni namoyish etdi.

Neuralink chipi orqali inson miyasini videoo‘yinga ulashdi — endi u klaviatura, sichqoncha yoki geympadsiz, faqat miyadagi elektr impulslar yordamida shuter o‘yinlarini boshqaradi.

@Texnoplov⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 22:32:26
Back to Top
HTML Embed Code: