Lindi effekti...
Nima uchun eski kinolar, eski musiqalar va eski kitoblar haligacha qadrlanib kelinadi?
"Oldingilar baribir zo'r ashula aytishardida" deb qo'yamiz.
Aslida oldinlari ham sayoz va saviyasiz
ijodkorlar bo'lgan. Ammo ularning asarlari vaqt sinovidan o'ta olmagan.
Bir qancha muddat mashhur bo'lib keyin unutilganlar.
Masalan 100 yil oldin yozilgan kitob hozir ham aktualmi demak u yana 100 yildan keyin ham shunday bo'lib qolishi ehtimoli katta. 1000 yil ichida unutilib ketmagan kitob esa katta ehtimol bilan yana ming yil o‘qilishda davom etadi.
Bu Lindi Effekti deb ataladi.
Pichoq, qaychi, qozon, choynak kabi ixtirolar bir necha ming yillardan beri u yoki bu ko‘rinishda insoniyat tomonidan ishlatilib kelinadi. Ular ham katta ehtimol bilan insoniyatning oxirigacha biz bilan birga bo‘ladi.
Lindi effekti hayotda juda ko‘p qo‘l keladi.
Masalan biror kompaniya anchadan beri bormi, unga ko‘proq ishonsa bo‘ladi. Biror kitob o‘qimoqchimisiz eskirog‘ini tanlang, klassikalarni o‘qing.
Chunki vaqt eng yaxshi filtr. U haqiqatdan ham o‘qishga/ishlatishga/ishonishga arziydigan narsalarni boshqa "axlatlardan" ajratib beradi. Tayyor elakdan o‘tkazilgan narsalarni ishlatmasdan, yangilarini o‘zimiz filtirlab o‘tirishga hojat yo‘q. Biroz kutsak vaqtning o‘zi bu ishni bizning o'rnimizga qilib beradi
@The_Abdullaev

Odamlar vaqt sinovidan o'tgan narsalarni qadrlashadi.
Balki shuning uchun ham deyarli hech qaysi rassom yoki haykaltarosh o‘z hayotlik davridagi mashhurligi uning vafot etganidan keyingi mashhurligidan ko‘proq bo‘lmaydi.
Kuni kelib ularning asarlari vaqt elagi yordamida boshqa ijodkorlarning asarlaridan ajralib chiqadi. Ammo buning uchun uzoqroq vaqt kerak. Odatda bir inson umridan ham uzoqroq muddat. Shuning uchun ijodkorlar o'z asarlari mashhurligining cho‘qisiga erishishganini ko‘rishga ulgurmay o‘tib ketishadi...
Nima ham derdik, bu Lindi effekti.

Anti-noziklik va tomorqadagi rayhon
Tomorqamizga bir qator rayhon ekilgandi. Lekin nima uchundir oshxona eshigiga eng yaqin rayhon qolganlaridan ko‘ra yirikroq o‘sdi. Ammo tuproq ham, sug‘orish ham bir xil edi.
Keyin bilsam, singlim ovqatga rayhon to‘g‘rab solish uchun shoshib, oyoqyalang bir-ikki qadam tashlab, aynan o‘sha eshikka eng yaqin rayhonning barglarini yulib olar ekan.
Singlim doimo o‘sha rayhonga qolganlaridan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazib turganiga qaramasdan, u hammasidan ham yirikroq bo‘lib ketdi. Ya'ni, unga qilingan doimiy stress uning foydasiga ishladi.
Bu anti-noziklik deyiladi.
Aynan o‘sha yoz men Nassim Nikola Talebning "Anti-noziklik (Antifragile)" kitobini o‘qiyotgan edim. Unga ko'ra:
Nozik narsalar holati tashqi stresslardan keyin oldingidan yomonlashadi. Misol: shisha, maishiy texnika, lola.
Mustahkam narsalar holati stressdan oldin ham, keyin ham bir xil turaveradi. Misol: olmos, prujina, rezina.
Anti-nozik narsalar esa stressdan keyin aksincha, oldingidan ham yaxshiroq holatga keladi. Misol: immunitet, mushaklar, rayhon.
Shaxsiy rivojlanish ham anti-noziklik tamoyiliga asoslangan. Siz qancha ko‘p komfort zonasidan chiqib, turli xil stresslarga duchor bo‘lsangiz, shuncha tezroq o‘sasiz.
Xullas, rayhon kabi bo‘ling!)

Foydali narsa yoqimli tuyuladi
Mushuklar shirin ta‘mni umuman sezmas ekanlar.
Haqiqatan ham, yirtqichlar asosan faqat yog‘ va oqsillardan iborat go‘sht bilan oziqlanadi. Biz bilgan shirin ta‘mni esa asosan uglevodlar, ya‘ni shakar, mevalar, don mahsulotlari kabilar beradi. Yirtqichlar yashab qolishi va ko‘proq nasl qoldirishi uchun ular iloji boricha ko‘p oqsil iste'mol qilishlari kerak. Shuning uchun ham ularga Safiyaning to‘rtdan ko‘ra oddiy go‘sht ancha shirinroq tuyuladi. Uglevodlar ularga yashab qolishi uchun muhim bo‘lmagani uchun ularning sezgi a‘zolari shakarni yoqimli qilib ko‘rsatmaydi.
Agar biror narsa bizning yashab qolishimiz uchun foydali bo‘lsa, u bizga yoqimli tuyuladi. Agar biror narsa bizga xavf tug‘dirsa, u bizga xunuk va yoqimsiz tuyuladi.
Masalan, aynigan go‘shtdan chiqadigan hid odamlar uchun juda yoqimsiz tuyuladi, chunki bunday go‘sht odam sog‘lig‘iga xavf bo‘lishi mumkin. Ammo pashshalar va boshqa hasharotlar uchun bu dunyodagi eng yoqimli hiddek tuyular balki, chunki bu hid ularga ko‘payish, nasl qoldirish uchun yordam beradi. Hasharotlar tuxumidan chiqadigan lichinkalar uchun ideal muhit va tayyor to‘yimli ozuqa manbai.
Kuygan hid aslida shunchaki yonayotgan modaning havoga ko‘tarilgan molekulalari. Ammo biz uchun bu yoqimsiz hiddek tuyuladi, chunki bu biz ham yonib ketmasligimiz uchun ehtiyot bo‘lish signalini beradi. Minglab ajdodlarimiz aynan shuning uchun yong‘inlardan omon qolishgan va bu foydali qobiliyat ulardan bizga ham o‘tgan.
Endi sezgi a‘zolaringiz beradigan boshqa signallar haqida ham fikr yuritib ko‘ring. Nima uchun qandaydir hid, ta‘m yoki tasvir biz uchun yoqimli tuyuladi? Ular bizga yoki ajdodlarimizga qanday foyda berganki, hozir ular biz uchun yoqimli?

Sharq va G‘arb tarbiyasi
Nima uchun G‘arbda bola voyaga yetgandan keyin ota uyini tark etishi normal holat deb qabul qilinadi?
Men uchun javob quyidagicha:
Sharqda asosan dehqonchilik bilan shug'ullanishgan, g‘arbda esa cho‘ponchilik bilan.
Yevropa hudud jihatdan ancha kichik, asosan tog'li hududlar bo'lib, ekin ekish uchun keng maydonlari bo‘lmagani uchun aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan. Dehqonlaridan ko‘ra cho‘ponlari ko‘proq bo‘lgan.
Cho‘ponchilikda odatda ko‘p ishchi kerak emas, 1-2 kishi qo‘ylarni o'tlatib yursa yetarli bo‘ladi. Cho‘ponning farzandlari ham ulg‘ayib cho‘ponlik qilsa, bir o'tloq ikki cho‘ponga torlik qilib qolishi mumkin. Farzand otaga raqobat tug‘diryapti. Bunday holatda, farzand izzatini bilib, otasidan uzoqlashishi kerak. (Endi bu xatto sizga ham nonko‘rlik bo‘lib tuyilmayapti, to‘g‘rimi?) Bunda ota farzandining ko‘chishiga nafaqat qarshilik qilmaydi, balki o‘g‘lining tezroq olisroq joyga ketishini xohlab ham qoladi.
Sharqda esa aksincha, kengliklar va hosildor yerlar ko‘p bo‘lgani uchun aholi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bir dalaga ishlov berib, hosilni yig‘ib olish uchun qancha ko‘p odam bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ko‘p haq talab qiladigan, begona ishchilardan ko‘ra, o‘z farzandlaringizni ishlatsangiz, undan ham yaxshi. Ham sizga qarashishadi, ham oylik to‘lash shart emas, hosil ham baribir bir ro‘zg‘orga kelib tushadi.
Ya‘ni sharq ota-onalari uchun farzandlarining ulardan uzoqda yashashi faqat zarar keltirgan. Ularning yonida qolib yordamlashishi va kerak bo‘lsa keyinchalik nevaralar bilan birga dehqonchilik qilishi esa qancha foyda keltiradi. Shunga farzandining ulardan uzoqlashishini ota-ona osonlikcha qabul qilolmagan.
Tarbiya ham shunga yarasha bo‘lgandir balki. Sharq o‘zi uchun tayyor ishchilarni tarbiyalagan. G‘arb esa keyinchalik mustaqil yashab keta olishi kerak bo‘lgan cho‘ponlarni tarbiyalagan.
Madaniyatlar orasidagi farq aynan shu detallardan kelib chiqqan va bu hozirgacha saqlanib qolganini ko'rishimiz mumkin. Chunki odatda madaniyatimiz bizdan oldingi 3-4 avlod nima bilan shug‘ullanganiga chambarchas bog‘liqdir.

Asosiy dushmanlar...
Chuqurroq mulohaza qilsak, dunyodagi deyarli barcha katta-kichik muammolar — xalqaro urushlardan tortib to oddiy maishiy janjallargacha — asosan nafs va kibr tufayli kelib chiqadi.
Shu ikkisi tufayli urushlar boshlanadi, boshlanganlari to‘xtamaydi, yaqin do‘stlar begona bo'lib ketadi, oilalar buzilib ketadi, odamlar orasida araz, gina va yomon munosabatlar shakllanadi.
Masalan, biror mamlakat rahbarlariga o'zining yerlari kamdek tuyilishni boshlaydi, qo‘shni davlat yerlariga ko‘z olaytirib, urush boshlashadi. (Nafs)
Urush yillab davom etadi, ikkala tarafdan ham sanoqsiz qurbonlar bo'ladi, iqtisodiyot ortga ketadi, urush faqat zarar keltirayotgani hammaga ayon bo‘ladi, ammo baribir tinchlik sulhi tuzishga har ikki taraf ham orlanadi, g‘ururi yo‘l qo‘ymadi. (Kibr)
Kimnidir yaqin do‘sti pul uchun aldab ketadi (nafs), do‘stlik uziladi, ba'zida dushmanlikka aylanib ketadi. O'zi nima uchun dushman bo‘lib qolgani esidan ham chiqib ketadi, ammo baribir yarashishga or qilishadi. "Odamlar nima deydi?" deyishadi. (Kibr)
Er-xotin, aka-uka, ota-bola nima uchundir janjallashib qolishadi. Bir-biriga yoqimsiz gaplar aytishadi. Ammo hech kim birinchi bo‘lib uzr so‘rashga jur'at qilolmaydi. Qo‘rqadi. Kibri yo‘l qo‘ymaydi. Kattasi: "Men kattaman, kichiklar hurmatimni qilib, birinchi uzr so‘rasin", deydi. Kichigi: "U mendan kattaroq, ko'pni ko‘rgan. U aqlliroq, vazminroq bo‘lishi kerak", deydi. Shu tariqa yillab arazlashib yuraverishadi. (Kibr, kibr, kibr...)
Nafsimizni tiyolmay, noto'g'ri ovqatlanamiz. Keyin sport bilan shug'ullanish, vaqtida turish uchun erinchoqlik qilamiz. Nafs ko'proq uxlashni, biroz yotib, reelslar ko'rib dam olishni xohlaydi. (Nafs, nafs va yana nafs.)
Bu ikkisini butunlay hayotdan chiqarib tashlash o‘ta qiyin. Bunga erishganlar, bilmadim, avliyolar qatorida bo'lishsa kerak.
Hech bo‘lmasa shu ikki qusurni o'zimizda kamaytirishga harakat qilaylik. Chunki ko'p muammolarimiz tagida asosan shu ikkisi yotibdi.
Aslida, shu ikkisi asosiy dushmanlarimiz. Qo'shni davlat, bevafo do‘st yoki bizni tushunmaydigan oila a'zolarimiz emas.
Asosiy dushmanni boshqalar bilan adashtirmaylik. Asosiy dushmanlarni yaxshilab tanib olaylik...

Forwarded from Zade's Expedition
Ulfatlar podkast - Komillik sari yelkama-yelka youtube kanalini ochdik yaqin doʻstlarimiz bilan.
Birinchi videomiz yuklandi, marhamat bitta choy damlab oila yoki ulfatlar davrasida koʻrishingiz mumkin.
Ulfatlar nafaqat dasturxon atrofida, balki mikrofon qarshisida ilm suhbatlarini, ilm majlislarini qilishga qodirdirlar. Shu sabab kanal nomini shunaqa nomladik.
Ilk videomiz - Baxt nima? deb nomlanib, baxt haqida Ziyodulla, Abdurahmon va Abduvoris doʻstlarimiz qiziq suxbat olib borganlar.
Ps. Man va jamoamiz boshqa ishtirokchilari keyingi sondan qatnashib boshlaganlar.

YouTube
Ulfatlar Podkast | Komillik sari yelkama-yelka...
Share your videos with friends, family, and the world
Boshida bizga zo‘r tuyilgan narsalar vaqt o‘tgan sari oddiyroq bo'lib tuyilishni boshlaydi.
Keyin esa undan ham zo‘rroq narsalarni xohlab qoladi ko‘ngil. Bu hayot qonunlaridan biri. Agar vaqtida chegarani bilmasak butun hayotimizni qandaydir orzu havaslarni ortidan yugirib o'tkazib yuboramiz. Oxir oqibat hayotdan ma‘no qolmaydi. Chunki keyingi zo‘r narsagacha yetguncha o'zimizni baxtsiz xis qilib yashashmiz.
Videoni hammaga ko‘rishni maslahat qilaman. Tushunishingiz uchun til bilishingiz shart emas. Videoni dunyoning har qanday burchagidagi odam tushuna oladi.
Haqiqiy ijod shunday bo'ladi. Butun insoniyat tilida yaratiladi.👇
https://youtu.be/HUngLgGRJpo?si=0ftdAEKeeTgxZeNH

Nuggets
Kiwi tastes a golden nugget. It's delicious.
Script, direction, animation: Andreas Hykade
Animation, artwork: Angela Steffen
Music & sound: Heiko Maile
Flute: Torsten Kamps
Foley artist: Max Bauer
Foley mixer: Norman Büttner
Postproduction: Ralf Bohde
Production…

Ayollar va erkaklar teng emas*
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz nega insonlar jamiyatida ayollarga xissiyotlarga berilish, yordam so‘rash, yeg‘lash mumkin-u, lekin erkaklarda yuqoridagilarni kuzaltishi uyatli tuyiladi ba‘zan xatto qoralanadi ham.
Menimcha hozirgi jamiyatimizdagi bu kabi normalar, standartlar va majburiyatlarning ko'pchiligi ming yillar davomida erkaklar va ayollarning bir asosiy farqi tufayli shakllanib kelgan.
Bu farq - jismoniy qudrat*. Jismoniy jihatdan har qanday o'rtamiyona erkak xatto kuchli ayolga ham bemalol bas kela oladi. Bu inkor qilib bo‘lmaydigan fakt. Buni hatto eng radikal feministlar ham tan oladi. Bu shunday umuminsoniy haqiqat boʻlgani uchun ham, haligacha erkaklar va ayollar sporti bir-biridan ajratilgan
Masalan, tasavvur qiling qabila tuzimida yashayapsiz. Hojat chiqarish uchun qabiladoshlardan chetroqga o‘tdingiz deylik. Birdan dushman qabila a‘zosini ko‘rib qoldingiz. Tajovuzkor kayfiyatdagi kuchli erkak bilan yuzma-yuz keldingiz. Nima qilardingiz?
Agar siz erkak bo‘lsangiz, boshqa bir erkak bilan jang qilib uni mag‘lub qilish ehtimolingiz yetarlicha bo'lishi mumkin.
Agar ayol bo‘lsangizchi? Jang qilib tirik qolish ehtimolingiz qancha? Odatda erkaklarnikidan ancha pastroq. Ayniqsa harakatlanishga xalaqit beruvchi katta qoringa ega homilador ayol bo‘lsangiz...
Shuni hisobga olib, agar ayol kishi bo'lsangiz, jang qilish o'rniga, xissiyotlarga berilib, dod voy solib, boshqa erkak qabiladoshlarni e‘tiborini jalb qilish va ularni yordamga chaqirish sizning tirik qolish imkoniyatlaringizni anchaga ko‘paytiradi.
Ha balki tarixning qaysidir bo‘lagida, dunyoning qaysidir qismida emotsional erkaklar yoki sovuqqon va jangovar ayollardan iborat jamiyatlar bo‘lgandir. Ammo ular asosiy jamiyat tuzulmasiga aylana olmadimi, demak ularning jamiyat tuzumi qolgnalarga qaraganda muaffaqiyatsizroq bo‘lib chiqgan.
Balki homilador yoki hayz paytidagi ayollar jangga yaramagandir. Balki emotsional erkaklar jangda tezkor qarorlar qabul qilishga qiynalishgandir.
Biz ko'proq dod voy solgan ayollarning va sovuqqon qolgan erkaklarning farzandlarimiz. Shunchaki ular ko‘proq tirik qolganlar. Ularning bu xislatlari xavflarga to'la dunyoda tirik qolishga yordam bergan.
Balki shuning uchun, xatto hozirgi eng tinch zamonda yashayotgan bo'lsak ham, ayol kishi yordam so‘rashi, dod voy solishi, hissiyotlarga berilishi, yeg‘lashi jamiyat tomonidan normal qabul qilinar. Yuqoridagilarni erkaklar qilganda esa ular jamiyat tomonidan qoralanadilar. Chunki buni teskarisi bo'lishi butun jamiyatga xavf solishi mumkinligini hali ham ong ostimizda, miyamizning primetiv qismlarida yodda saqlab turibmiz. Bular shunchalik DNKmizgacha singib ketganki, bu normalarni qisqa fursatda o‘zgartirib tashlash imkonsiz va xatto havfli bo'lishi ham mumkin. Balki zamonaviy hayotimizdagi tinimsiz stress va depressiyalarning sabablaridan biri ham aynan shudir... Balki hozirgi jamiyatdagi erkak va ayolning yangicha obrazlariga hali miyamiz to'liq adaptatsiya qilib ulgura olmayapgandir. Chunki hozirgi tinchlik zamonlar boshlanganiga hali 1 asr ham bo'lgani yo'q. Miyamiz esa bunday tez o'zgarishlarga hali o'rganmagan.
Balki qachonlardir jismoniy harakat kamligidan erkaklar muskullari shu darajada zaiflashib ketar-ki, ayollarning jismoniy holati bilan sezilarli farqi qolmas. Menimcha ana o‘shandagina ayollar va erkaklar butkul teng bo‘ladilar va ularning jamiyatdagi rollari va normalari haqiqatdan ham bir xil bo'lishi mumkin.
@The_Ziyodulla

Ziyodulla Abdullaev | Blog
Ayollar va erkaklar teng emas* Hech o‘ylab ko‘rganmisiz nega insonlar jamiyatida ayollarga xissiyotlarga berilish, yordam so‘rash, yeg‘lash mumkin-u, lekin erkaklarda yuqoridagilarni kuzaltishi uyatli tuyiladi ba‘zan xatto qoralanadi ham. Menimcha hozirgi…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM