Telegram Web Link
#Toshkent_harbiy_okrugi

“Vatan muqaddas, uni himoya qilish-sharafli burchdir!”

Bekobod tumanida Guliston harbiy prokuraturasi, Toshkent harbiy okrugi, Yoshlar ittifoqi hamda boshqa tuzilmalar hamkorligida harbiy-vatanparvarlik karvoni o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va milliy armiyamizdagi islohotlar haqida ma’lumot berildi. Harbiy orkestr chiqishlari hamda qo‘l jangi ko‘rgazmalari bayramona kayfiyat ulashdi.

Ushbu festivalning ikkinchi qismida yoshlarimiz Mudofaa vazirligiga qarashli Shirin shahrida joylashgan harbiy qismning o‘quv-moddiy bazalari, FVVning yong‘in-qutqaruv texnikalari va chegara qo‘shinlarining qurollari bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir yakunida 1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilarga tashakkurnomalar, maktablarga kitoblar topshirildi.


Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "Diyor yangiliklari"

🎤 Rahbar va yoshlar uchrashuvi

📌 Mirzaobod tumani

LAVHA (25.09.2025)

Obuna bo'ling! 😁😁

🌐 Telegram I 📱 Instagram | 🖥 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston harbiylari Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada uchinchi marotaba mutlaq g‘olib bo‘lishdi

Joriy yilning 21–26-sentabr kunlari Koreya Respublikasining Kongvando provinsiyasi Inje shahridagi Quruqlik qo‘shinlari Ilmiylashtirilgan mashg‘ulot markazida uchinchi marta Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya, O‘zbekiston, AQSh, Yangi Zelandiya, Kambodja davlatlari hamda NATO qo‘shma guruhidan jami 16 ta jamoa va 500 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Batafsil... |Подробно... | Read more...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔉 O‘zbekiston harbiylari Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada uchinchi marotaba mutlaq g‘olib bo‘lishdi

📺 YouTube 👈 sifatli formatda tomosha qiling!

➡️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_harbiy_okrugi

Angren garnizonida sayyor qabul va yoshlarga ko‘mak: "Jasorat maktabi"da muhim uchrashuv

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizonida joylashgan harbiy qismda navbatdagi muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda shahar aholisi hamda "Jasorat maktabi"ning 3-mavsum tinglovchilari ishtirok etdi. Sayyor qabul Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, unda yoshlarning muammolari, taklif va shikoyatlari tinglanib, bartaraf etildi.
Tadbir doirasida 5 nafar tinglovchiga shaxsni tasdiqlovchi ID kartalar tantanali tarzda topshirildi. Bundan tashqari, 10 nafardan ortiq nazoratda turgan yoshlar ro‘yxatdan chiqarildi.
So‘zga chiqqanlar yoshlarga kelgusida ulkan zafarlar tilab, xalq va armiya bir tanu, bir jon ekanligini alohida ta’kidladilar.


Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
2025/10/24 10:33:48
Back to Top
HTML Embed Code: