Telegram Web Link
🔥American center Tashkent tomonidan qizlar uchun zo'r dastur - WOMAN UP

1 oy online ravishda zoomda davom etadi. Bitirganingizdan keyin sertifikat beriladi. Lekin sertifikatdan ko'ra experience va networking muhimroq❤️

📌Deadline: 12-iyul

Topshirish uchun link: https://forms.gle/Dk7VxoAmHSB65dbr9

Yours, Marvarid @thoughts_different
📌O'rtoqlar, 1-blok - matematika, 2-blok - ingliz tili bo'lgan balli nisbatan PASTROOQ fakultetlar tavsiya qilinglar❤️

Toshkentdagi univerlardan. Rahmat!
👍4
Ibrat camp javoblari chiqdi. Endi kimlar o'tibdi😅?

https://www.tg-me.com/ibratcamp_uz/126
🔥Ibrat camp INTERVIEW

1. Do you work or study? savoliga o'xshash oddiy savollar bilan boshlanadi.

2. Xuddi IELTS speaking part 1 kabi bir mavzu yuzasidan sizga aloqador 4 5ta savol so'raladi. Menga ranglar mavzusi tushgan. 3 4 5ta gap bilan javob bering har-xil savolga.

3. IELTS speaking part 2 kabi qandaydir holatni tasvirlashingiz so'raladi. O'tgan mavsumda hamma savol problem solvingga oid bo'lgan. Shuning uchun shunga tayyor turing.

Biror vaziyatda qandaydir muammoga uchraganingiz va uni yechganingiz haqida 2 minutli tartibli va chiroyli speech tayyorlab oling.

IELTS speakingi qoidalariga rioya qilib gapiring.

📌Mendan tavsiya: nimani gapirsangiz ham, o'zingizga ishonib, positive kayfiyatda, energiya bilan gapiring. No emotion bo'lib qolmasin.

Interview vaqtidan avval (albatta) 30 minut - 1 soat o'zingizga gapirib, mashq qiling.

Hozirdan boshlab, IELTS speaking part 1 savollariga namunaviy javoblar olib (google'dan) tayyorlaning. Aynan o'sha savol tushsa-tushmasa, you are improving your speaking.

Part 2ga esa ko'proq muammoga oid savollarga tayyorlaning.

Oxirgi eng muhim tip: boshqalarga nima savollar tushayotganiga e'tibor bering. Shularga tayyorlaning. Savollar takrorlanadi!

Men bilan bir mavsumga tushishingizni tilab,

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍8
🔥NATIVE SPEAKERlar bilan speaking qiling!

Yaqinda zo'r app topdim. Faqat reklamalariga chidasangiz yoki pul to'lab premium qilsangiz, xohlagan tilingizdagi native speakerlar bilan qo'ng'iroq qilish orqali gaplasha olasiz.

Men ispan tili uchun ochgandim. Mexican ayol qo'ng'iroq qildi birinchi kirganimda. "Hola" deyishni o'rniga, doim inglizcha gapirib o'rganib qolganim uchun "Hii" deb yuboribman🤯, shu bilan inglizcha gaplashib ketdik.

U ayol Amerikada yasharkan. "Wooow" deb qaysi shtatligini so'raganimda Californiada ekanligini aytdi. Battar excited bo'lib ketdim.

O'zbekiston haqida aytib berdim chunki bunday davlat borligini ham bilmas ekan😐😞.

Shunaqaaa. Gaplashib o'rgansangiz, tanishsangiz, yangi bilimlar olsangiz bo'ladi.

Referral code degan joyiga MARVARID deb yozsangiz 100 lingo beriladi sizga. Uni esa gaplashishga daqiqa uchun sarflaysiz❤️. Sizlarga mendan sovg'a.

Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lingbe.app&hl=en

iOS uchun: https://apps.apple.com/co/app/lingbe-practica-idiomas-online/id1061633775

P/S: 4k bo'layliiik💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍7😁2🔥1
🔥UNDPdan 3 oylik INTERNSHIP

Inglizchani yaxshi bilish va universitet bitiruvchisi bo'lish talab etiladi. CV va motivation letter topshirasiz.

Hamma ma'lumotni quyidagi link orqali olasiz:

https://jobs.partneragencies.net/erecruitjobs.html?JobOpeningId=38369&HRS_JO_PST_SEQ=1&hrs_site_id=2

Topshirib ko'ring talablarga mos kelsangiz. Omad! Kanalimni share qilishni unutmang💃😋

Yours, Marvarid @thoughts_different
Work on your Phrasal Verbs .pdf
3.1 MB
🔥Phrasal verb yodlash uchun 2ta zo'r kitob. Sovg'a sizlarga❤️

Yours, Marvarid
@thoughts_different
Oramizda yangi obunachilar, meni tanimaydiganlar ko'pmi?😅

Biir tanishtirsammi deyapman.
👍4
bigg_eng-ru_rus-eng_offline_dictionary_with_phrasebook_3.1.apk
49.9 MB
📌O'zim 5 yildan beri foydalanadigan lug'at😍

Ruscha inglizcha, inglizcha ruscha. Hech qayerdan topmagan so'zlarimni topiberadi. Vafshi malades shu❤️

O'rtoqlaringizga share qilsangiz, yana bitta eng sevgan lug'atimni ulashaman.

Yours, Mari, @thoughts_different
👍5
Suhbat natijalari.pdf
431.7 KB
Ibrat natijalarii😍😍😍😍Meni singlim o'tibdi 26 ball bilan🔥.

Yana kimlar 2-mavsumga o'tgan?

@thoughts_different
👍4
Mari kim? Yangi kelganlar uchun post

Ismim Marvarid. 21ga kiraman bu yil. Rosa yaxshi qizman😄. Bilganlarimni boshqalar bilan ulashishni yaxshi ko'raman. Lekin bu degani commentdagi har bir savolga javob bera olishga kuchim va vaqtim yetadi degani emas. Ko'pchilik savol yozib, javob ololmay xafa bo'lgani uchun botni ham o'chirishga majbur bo'ldim.

Negativchilarni ignore qilib, uzuuun comment yozishini tomosha qilib, keyin blocklash meni hobbyim. Hozirgi kunda eng sevimli hobbyim. Chunki shu paytgacha negativchim bo'lmagan endi esa bor🤷‍♀😅.

Kanallarimni hammasini yaxshi ko'raman. @yoqadi_de haqidagi savollarga javob bermayman. Unga yozib dam olaman, uni o'qib dam olaman. Izoh shart emas! @marvaridga'da esa haqiqiy erkin Marvarid bor.

Instagramda ham faolman (marvaridteacher). Aslida esa ingliz tili o'qituvchisi va talabaman. Jahon tillari universitetida 4-kursni o'qiyman xudo xohlasa. Ispan tilini ikkinchi til sifatida o'rganaman. 2 ta o'quv markazida va zoomda ingliz tilidan dars beraman. IELTS, TOEFL, CEFR sertifikatlarim bor.

Yanvarda nasib qilsa, Amerikaga🇺🇸 ketaman universitetda o'qish uchun. Harajatlari to'liq qoplanadigan almashinuv dasturida yutganman. Sizlarga ham o'rgataman buni kanalimda. Qanday qilib motivation letter yozish, interviewdan o'tish va boshqa hujjatlarni tayyorlashni.

Grantlar yutishga qiziqishim 2019 kuzda boshlangan. Lekin fail bo'lganman. Birinchi marta 2020-yilda Yaponiya stipendiyasini yutganman 🇯🇵. Shu boshlanishi bo'lgan. O'zimga ishonishimga sababchi bo'lgan.

Orzulari ko'p, ular tomon ba'zida mayda, ba'zida katta qadamlar bilan borayotgan oddiy qizman. Asosiysi to'xtab qolmayman. To'xtasam ham, turtib turadigan yaqinlarim bor atrofimda.

Savollar bo'lsa commentda yozing. Javob berishga harakat qilaman.

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍53🔥2
Lingbeda kecha bir ukrain ayol bilan gaplashdim. U ham ingliz tili o'qituvchisi ekan😅. Ikkita hamkasb 30 minut gaplashdik va meni wifim o'chib qolishi bilan tugadi.

Gaplashinglar, maza. Lingbe haqidagi postimni ko'rmaganlar uchun mana link:

https://www.tg-me.com/thoughts_different/2125
👍3😢1
LDOCE_5.apk
24.3 MB
📌English-English dictionary. Buniyam 5 yildan beri ishlataman. Ishlaydi degan umiddaman. Nargisi eskirgan ekan.

Yours, Mari @thoughts_different
base.apk
28.6 MB
O'rtoqlar, bu English-English lug'atni yangi versiyasi. Shuni ishlatib ko'ringlar.

@thoughts_different
Table analysis of mistakes.docx
18.9 KB
📌IELTS readingda hadeb practice qilaverganni foydasi yo'q agar xatolarni yaaaxshilab analiz qilmasangiz.

Shu jadvaldagi kabi analiz qiling. Kuniga 1 ta 40talik test ishlang. 1 soat testga sarflasangiz yana 1 soat uni tahliliga sarflang.

Xatoni tushunib uni ustida ishlamaguncha xato qilmaslik darajasiga chiqa olmaymiz!

Va kanalimni share qiling❤️😍

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍7
Endi o'zimni ingliz tilim ustida ishlamoqchiman yana. Doimiy ishlamasak, rivojlanish bo'lmaydi.

Har kunlik foydalanadigan narsalarimni share qilib turaymi? Qanday qilib General Englishimni kuchaytirishim qiziqmi?
Bugun yoki ertaga zo'r yangilik aytaman💃🌟Soooo exciteed

Guess what?
🔥AMERIKADA 1 YIL BEPUL O'QISH🇺🇸

FLEX haqida ko'p gapiraman. Bu US government tomonidan to'liq moliyalashtiriladigan, Amerika maktablaridan birida 1 yil o'qib kelish imkonini beruvchi, maktab o'quvchilari uchun dastur.

Menimcha bu yil kuzda hujjat qabuli boshlanadi. Bu haqida FLEX finalisti Surayyo bilan ham, Shahzoda bilan ham suhbat qilganman kanalimda. O'qib ko'ring.

20-iyul kuni esa FLEX haqida zoom meeting bo'lar ekan. Qatnashib savollaringizga javob topasiz. Ro'yxatdan o'tish uchun link:

https://forms.gle/nKYbSe5VEn1EpgmH7

Inglizchani biladigan tanish maktab o'quvchilariga share qiling. Bu juda ham zo'r imkoniyat🌟💃

Ha aytgancha, yangiligim 2ta bo'ldi aytamaaan yaqinda. Ibratga ham boraman 2-sezonga xudo xohlasa. Kimlar men bilan?

Yours, Marvarid @thoughts_different
Globstudy Accelerator Mentorship Program

Globstudy is a team of scholars united to advise and guide students to study abroad. We are launching a new one month Accelerator mentorship program to prepare high school students and undergraduates for admissions and scholarships at top universities.

Mentees who successfully complete the program are expected to study in top 1000 schools worldwide with partial to full scholarships. Join our free online Information Session on Saturday to learn more about Accelerator.
___

Event Details
Topic: 3 Mistakes to Avoid when Applying for Scholarships
Time: Saturday, July 17 @ 17:00 (UZT)
Speakers: Jafarbek Ulmasov, Rustam Temirov, Omon Ochilov

Registration
Complete the following form to receive a Zoom link: https://forms.gle/3xRCJdFph8oWkGpL6

@globstudy
2025/07/14 19:18:03
Back to Top
HTML Embed Code: