Telegram Web Link
Abituriyentlar bormi? Qayerga topshirgandingiz va nechi ball oldingiz

Sizlar uchun bugun zo'r post yozaman💃
3
ABITURIYENTLARGA NASIHATIM (ayniqsa kam ball olganlariga)

Qaaaaattiq tayyorlanib, xuddi o'qishga kira olmasang, sen uchun hayot tugaydigandek tasavvur qilib o'qishga topshirding. Birinchi o'rinda, tayyorlanayotganda xato fikr bilan ish ko'rgansan: o'qishga kira olmasang hayot tugamaydi, bunaqa fikr bilan faqatgina o'zingni stressga solib, biror kasal orttrib olasan xolos (masalan men oshqozon kasalligim abituriyentlikdan meros, bu siqilishdan kelib chiqadi).

Siqilmasdan, o'zingizni bosib, falonchi sizdan o'zib ketayotgani uchun kechasi bilan uxlolmay chiqishlarni yo'q qilib tavakkal qilib tayyorlaning edi. Har qanaqa holatda o'zingizga ishoning, imtihonda ham, tayyorgarlikda ham. Kuchingizga, eplay olishingizga birinchi o'rinda o'zingiz shubha bilan qaramang.

Birinchi yili kira olmasangiz, xursand bo'ling. Chet elda odamlar ataylab gap year olishadi. Bir-ikki yil nimaga qiziqishlari, hayotdan maqsadi, qaysi sohada karyera qilishlari haqida yaxshilab o'ylab aql bilan topshirishadi univerga.

Bizda esa ota-onasi yoki o'zi uyalib qolmaslik uchun to'g'ri kelgan o'tgan yili 67.3 ball bo'lgan sohaga topshirib amallab kirib olish niyatida bo'lishadi.

Univerga topshirayotganda qiziqasizmi shu sohaga, ertaga kim bo'lib chiqasiz bu yerni bitirib, sohani kelajagi bormi kabi savollarni so'rab o'zingizdan, keyin topshiring.

O'zim ham sizdek vaqtimda o'qishga kirishni hayot-mamot masalasi qilib olganman. Va o'qishga kirganimdan keyin 1 yil maqsadi yo'q inson bo'lib yurganman chunki oooliy maqsadim jahon tillariga kirish bo'lgan. O'qishga kirishdan ko'ra kattaroq maqsad qo'ying oldingizga shunda universitetga kirish sizga o'ta oddiy narsadek tuyiladi.

Biling: o'qishga kirish hayotdagi eng muhim narsa emas lekin o'sha muhim va kerakli narsalarga olib chiqadigan bir pog'ona bo'lishi mumkin. Qanday foydalanishingizga bog'liq albatta!

Va kanalimni share qiling. Bugun 4.7k bo'lamiz💃

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍83
Assalomu alaykum, do'stlar!

Bugundan boshlab yana ingliz tilini o'rgana boshladim💃. General Englishni oshirmoqchiman, albatta mustaqil hech qanaqa ustozsiz. Keyinroq bir sertifikatni olishni maqsad qilganman. Avval aytganimdek, har qanaqa ingliz tiliga oid sertifikat olish uchun General English yaxshi bo'lsa, ozgina muddat ichida imtihonga tayyorlanib topshirsa bo'ladi.

Xoh IELTS bo'lsin, xoh CEFR, TOEFL. Umumiy ingliz tilingiz yaxshi bo'lmasa, yotib olib IELTS o'rganganingizni umuman foydasi yo'q.

Shuning uchun kanalda tayyorgarlik yo'limni ham har kuni yoritib boraman. Pastda vocabularyni takrorlab chiqish uchun birinchi ishlatadigan kitobimni joylayman. Keyin esa advanced darajasiga o'taman. Hozir o'quvchilarim bilan o'rganyapmiz intermediate darajasini.

Men bilan General Englishni oshiring siz ham. Birga harakat qilamiz❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
Cambridge_Vocabulary_for_IELTS-2008.pdf
14.4 MB
📌Vocabulary for IELTS, intermediate

@thoughts_different
👍2
VOCABULARY for IELTS (ADVANCED).PDF
21.4 MB
📌Vocabulary for IELTS, advanced

@thoughts_different
Bugun 20.00da yaqindagina IELTSdan 8.5 olgan Gulomjon Yuldoshev bilan zoom meeting qilamiz "ME learn" o'quvchilari uchun.

Agar qatnashuvchilar ko'payib ketmasa, ustozlarimiz Marhabo, Barnolar bilan birgalikda kanallarimizga zoom link tashlaymiz. Shuning uchun stay tuned😍💃.

MAVZU: Speakingni yaxshilash va IELTS speakingida 8.5 olish sirlari

Would you want to participate?
👍3
Bugun "ME learn"dan rus tili A2 guruhimizga sinov darsi bo'ladi. Kechqurun 20.00da.

A1 ham, A2 guruhlar ham kechqurun 20.00da bo'ladi hammaga qulay bo'lishi uchun. Darslar rus tilida native speaker Marina teacher tomonidan o'tiladi. A1ga va A2ga hali ham yozilishingiz mumkin. @marvaridteacher'ga yozib, to'liq ma'lumot olasiz❤️💃
Yaqinda Bekobodda offline meeting qilaman bitta yangi o'quv markazda. Qizlar uchun faqat.

Kimlar kela oladi? Bekobodliklar kammi kanalimda yoki ko'p? Bir-biringizga share qiling. Ko'p qiziq mavzularda gaplashamiz❤️
👍2
Bekobod tumani Zafar shahrchasi Soliq binosini ro'parasida "Jony academy" yangi ochilgan o'quv markazida qilamiz qizlarga meeting. Juma kuni 12.30da. Kelinglar.
👍3
Zafardagi uchrashuv yakshanba 13.00ga qoldirildi. Ko'rishamiz❤️

Girls only girls gaplashamiz.
👍2
🔥Experience keraklar yoki sertifikatparastlar uchun

Mendan volontyorlik yoki internlik kabi experience oshiradigan ishlar so'raydiganlar uchun maxsus:

UzTEA YLDP sammitiga volontyor va koordinatorlar kerak ekan.

Registratsiyada so'raladigan savol: "2030-yilda o'zingni qaysi sohada ko'rasan?"

CV va IELTS/TOEFL sertifikat ham so'ralar ekan.

Registratsiya uchun link:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdHtGdT09kOB0h8P_6xkCydguXKiEmbca7nyGvzrHRlyOZNyA/viewform?usp=sf_link

Deadline: October 10. Ikkilaniiib yurmasdan, albatta topshiring❤️

Yours, Marvarid @thoughts_different
2
🔥Beginner English Course

Shu paytgacha beginnerdan boshlab o'tadigan online guruh ochmagandim. Ko'pchilik yozayotgani sababli "ME learn" loyihasi doirasida boshlashga qaror qildik.

Nima uchun aynan bizda beginner o'qishingiz kerak?

1. Darslar qiziq bo'ladi, interactive.
2. Faqat grammatika emas, hamma skill birdaniga ketadi ayniqsa speaking
3. 1 oyda beginner darajani tugatib, elementaryga o'tiladi.
4. "ME learn" tomonidan qilinadigan meetinglarga kirish imkoniyati bo'ladi.
5. Mendan xohlagan paytingizda masĺahat olishingiz mumkin

1 oyda 12ta dars. Haftada 3 marta. Narxi 180 000. Zoomda bo'ladi.

Darslar Marhabo teacher tomonidan o'tiladi ikkalamiz ishlab chiqqan dastur asosida.

QATTIQ O'QIYDIGAN, INGLIZ TILIGA VAQTI BOR, UYGA VAZIFA QOLDIRMAYDIGAN o'quvchilar kerak bizga.

@marvaridteacher'ga yozing ma'lumot uchun❤️
🔥3
Beginner Englishga qabul davom etyapti. 0dan o'rganamiz. @marvaridteacher'ga yozing
👍3
Mari's planet🇺🇸 pinned «Zafardagi uchrashuv yakshanba 13.00ga qoldirildi. Ko'rishamiz❤️ Girls only girls gaplashamiz.»
Kecha kechqurun Bekobodda bo'ladigan offline meetingga presentation tayyorladim.

Bugun 13.00da Zafarda Soliq binosi ro'parasidagi "Jony academy"da kutaman qizlarni. O'quvchilarimni alohida kutaman❤️

Sizlarga qachon meeting qilganim ma'qul? Online. Teachers' meeting emas.
I'm here in Jony Academy. Waiting for the girls❤️
Yay excited
Bugungi OFFLINE meeting judayam yoqdi menga. Ko'p-ko'p taklif qilishsin shunaqa meetinglarga🤲.

Maza qildim. Faqat qizlar uchun bo'ldi. 25-30ta qiz yig'ildi. Prezentatsiyani chetda o'qish, grantlar haqida tayyorlab borgandim lekin boooshqa narsalarga ham o'tib ketdim. Ingliz tilini qanaqa o'rganganimni, jarayondagi qiziq voqealarni aytib boshlab, qizlardagi o'ziga ishonchni paydo qilish, uyalmaslik haqida davom etib ketdim.

Ko'pchilik orasida gapirish, motivate qilish, nimadir kichkina narsa bo'lsa ham o'rgata olish - hobbylarimdan biriga aylanibdi❤️

Hamma bugun kelganlarga rahmat!

Yours, Marvarid @thoughts_different
👍3
2025/07/13 22:08:19
Back to Top
HTML Embed Code: