Telegram Web Link
Menda kooo'p qizlar SUSI haqida so'rashdi ( talaba qizlar uchun Amerikada bepul o'qish imkoniyati).

Aynan SUSI haqida bugun 15.00da zoom meeting bo'lar ekan. Meetingni SUSIda finalist bo'lib Amerikada o'qib kelgan va hozirda "El-yurt umidi" grantini qo'lga kiritib Angliyada bepul tahsil olayotgan Dilshoda Rabbimova o'tar ekanlar.

Mana link: https://universityofsussex.zoom.us/j/97527091644

Ha aytgancha, men va men ulashadigan imkoniyatlarni sog'indingizmi?😍

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘5
2020-yil yakunida keyingi yilda amalga oshishini juda xohlagan orzularimni yozganman. G'alatirooq, oddiy, "ehheee amalga oshmasa kerak" tipidagi orzuchalarni ham yozganman. Bu odatni 2018ga kirayotgan vaqtdan boshlaganman. U paytdagi orzularimni o'qisam juda ham jo'n, oddiy narsalar ekan. Va juda kam bo'lgan (5-6 ta😳).

2020-yil oxiridan esa ko'proq yozishni boshladim (18ta ekan bu ham kam endi menga). Baribir juuuda ishonmasdim. Lekin yozardim baribir. Bu yil esa amin bo'ldimki, albatta orzu qilishimiz kerak, ularni YOZISHIMIZ kerak, duo qilib so'rashimiz kerak va ooozgina harakat qilishimiz kerak hammasi bo'lar ekan.

Masalan, men Turkiya haqida umuman orzu qilmaganman. Lekin orzu yozayotganda nimagadir xayolimga kelib, 2021-da borishni xohlagan joylarimga Istanbulni yozganman. Kecha Istanbulda aylanib yurgan qiz ham o'sha bilmay orzu qilib qo'ygan Marvarid ediπŸ˜πŸ˜πŸ˜πŸ’ƒ.

Global UGRAD yoki SUSIda yutishni judddda xohlaganman. Va bu yil bunga ham erishdim. Bu lekin tasodifan bo'lmadi, qattiq harakat qildim😭😁.

Orzularim ichiga singlimni ham kirgizgandim. Eng oxirgi 18-raqamli orzum "Singlimga CEFR olib berish, o'qishga kirishi". Singlim 11-sinfda o'qishga tayyorlanishni boshladi. Ingliz tilidan mustaqil o'rgangan ustozsiz. Matematikaga qatnardi faqat. B2 daraja oldi baland ball bilan va 8 oygina matematika o'qigan bo'lsa ham balli baland institutga topshirdi va hammani hayron qoldirib yaxshigina bilan kirdi😳. Bunaqa kam o'qib o'qishga kirgani uchun yanada ishondim yaxshi niyatga, uni yozishga.

Xullas, bu yil "Dreams come true" gapiga ishonishimga sabab bo'lib amalga oshgan orzularim juda ko'p. Hammasini aytmoqchimasman. Chiiin dildan xohlang, yozib qo'ying, duo qilib so'rang, oozgina harakat va o'sha narsa sizniki bo'ladi. Bo'lmadimi demak sizga xayrli emas❀️

Hammangizni yaxshi ko'raman. Endi bu kanalimda ham active bo'laman😍

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘14❀10
And then Mari is in StanbulπŸ’ƒ
❀16πŸ‘6πŸŽ‰2
Mari's planetπŸ‡ΊπŸ‡ΈοΈ pinned Β«Mari kim? Yangi kelganlar uchun post Ismim Marvarid. 21ga kiraman bu yil. Rosa yaxshi qizmanπŸ˜„. Bilganlarimni boshqalar bilan ulashishni yaxshi ko'raman. Lekin bu degani commentdagi har bir savolga javob bera olishga kuchim va vaqtim yetadi degani emas. Ko'pchilik…»
Bugun Marvarid 21 yoshga to'ldi. Shu bir yil ichida ko'p narsalar o'zgardi Marvaridni hayotida. Shu bir yilda ko'p narsaga erishdi, erishganlarini rad ham qildi, erisholmagani uchun siqildi lekin eng asosiy narsani yanada yaxshiroq tushunib yetdi - biz qancha puxta reja qilmaylik, qancha xohlamaylik baribir bizga atalgani bo'ladi, atalmagani esa yo'q. Lekin bu degani harakatdan to'xtash kerak degani emas, yaxshi niyat qilib, qo'ldan kelgancha harakat qilish kerak, qolgani esa bizni qo'limizda emas.

Shuning uchun ham avvalgi shoshqaloq Mari ancha bosildi. Hotirjam Marvarid egalladi tashvishli va shoshqaloq Mari o'rnini. Injiqlik kamaydi annncha. Injiqligim kamaygani sari ishlarim chiroyli bita boshladi. Avval qancha injiq bo'lsam, kamchilik topib uni tuzatishga urinsam ham o'xshamasdi, battar bo'lardi. Hozir injiq bo'lmaganim sari, boriga ko'nganim, shukr qilganim sari yanada yaxshiroq bo'lyapti❀️.

Mari ko'p orzulariga erishdi shu 21 yoshida. Orzular amalga oshishga endi to'laqonli ishondi.

Marvarid turmushga chiqdi. Kutilmaganda. Hech kim kutmagan vaqtda (shu bilan birgalikda o'zi ham). Lekin turmushga chiqqunicha oldiga qo'ygan maqsadlarini ko'piga erishib qo'ydi. Qolganiga asta-asta erishadi xudo xohlasa.

O'zimdan yoshlarga maslahat: yangi telefonimni qutisida yozilganidek "Never settle!" ("hech qachon bitta joyda to'xtab o'rnashib qolma"). Doim rivojlanishda bo'ling, yangi narsa o'rganing, hamma narsaga qiziquvchanlik bilan qarang, loqayd/beparvo bo'lmang, o'rganing, o'rganing, o'rganing❀️

Yours, Marvarid @thoughts_different
❀29πŸ‘4
Jahon tillarida o'qiydiganlar uchun zo'r imkoniyat. Internship hech qachon zarar qilmaydi. Ko'p narsa o'rganasiz.

Rezyume bu CV. Yasash uchun Canvani ishlating. Oson.

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘3❀2
Women Upni yangi guruhiga registratsiya ochilibdii. Qizlar❀️. Yangi tanishlar, yangi bilimlar orttirish uchun zo'r imkoniyatπŸ’ƒ

Deadline: 27 december

Link: https://forms.gle/TVjoNrbJ3AkuRFto7

Yours, Marvarid @thoughts_different
Scholarshipcorner sayti tomonidan hozirda hujjat topshirish davom etayotgan scholarshiplar ro'yxati saytlari bilan. Research qiling, research qiling, research qiling!


1) University of Oxford Scholarships in the UK | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/oxford-clarendon-scholarships/

2) University of Pecs Hungary Scholarship 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/university-of-pecs-hungary-scholarship/

3) KAUST Scholarship 2022 in Saudi Arabia | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/kaust-scholarship-2020/

4) Queen Elizabeth Commonwealth Scholarships 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/queen-elizabeth-commonwealth-scholarships-2021/

5) Swedish Government Scholarships 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/swedish-institute-scholarships/

6) Stipendium Hngaricum Scholarship 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/stipendium-hungaricum-scholarship/

7) Oxford MBA Scholarship 2022 in the UK | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/skoll-mba-scholarship/

(8) Maastricht University Scholarship in Holland 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/maastricht-university-scholarships/

9) Ghent University Scholarships in Belgium 2022 | Fully Funded
Link: https://scholarshipscorner.website/ghent-university-doctoral-scholarships/

10) Beijing Institute of Technology Scholarship in China 2022
Link: https://bit.ly/3CWV710

11) MBZUAI Scholarship in UAE 2022
Link: https://scholarshipscorner.website/mbzuai-scholarship-uae/

12) Dalian University CSC Scholarship 2022 in China | Fully Funded
Link: https://bit.ly/3p6g7yG

Yours, Marvarid @thoughts_different
❀5
πŸ‡©πŸ‡ͺNemis tilini o'rganayotganlar uchun

πŸŽ₯ nemischa filmlar https://www.tg-me.com/deutschekinothek

πŸ“šnemischa kitoblar https://www.tg-me.com/deutschebuecherei

🌎nemis tilini o'rganish uchun kitoblar
https://www.tg-me.com/nachdeutschland_ru

Yours, Marvarid @thoughts_different
β€‹πŸ‡·πŸ‡ΊRus tilini o'rganish uchun saytlar

Rus tilini o'rganishda (o'zi hamma tilni o'rganishda) eng muhimi gaplashish. Agar atrofda biladiganlar bo'lsa, yoki ruslar, gaplashing. Xato qilishdan umuman qo'rqmasdan.

https://www.memrise.com/courses/english/russian/ - asosan so'z yodlatish orqali o'rgatadi.

http://www.russian-plus.com/ - videolar orqali inglizcha gapirib, har bir darajaga mos qilib dars o'tiladi

http://www.russianforeveryone.com/ - ruschani eeendi boshlayotganlar uchun yaxshi sayt

masterrussian.com - ruschani allaqachon biladiganlar uchun, yanada yaxshilash imkonini beruvchi sayt

https://www.youtube.com/c/ΠžΡ€ΡƒΡΡΠΊΠΎΠΌΠΏΠΎΡ€ΡƒΡΡΠΊΠΈ - O russkom po russki. Judayam zo'r vlog. Hamma narsani rus tilida dona-dona qilib tushuntirib beradi. Aynan shu qizga qiziqib, ingliz tili uchun vlog ochgim kelgan.

@podcasty24 - eshitish orqali ham ancha narsani o'rganishingiz mumkin. Ko'chada yurganda eshiting.

πŸ“ŒYangiliklarni ruscha ko'rishga harakat qiling. Rus kanallarini ko'proq ko'ring, YouTubedan ruscha gapiradigan vloggerlarni kuzating.

πŸ“ŒVa yana bitta zo'r usuli bu kitob o'qish. Menda eski qalin ertak kitob bor. Men shundan boshlaganman. Har bitta yangi so'zni tarjima qilib, kitobni o'ziga yozib ketardim. Keyin esa Remarkni "3 Ρ‚ΠΎΠ²Π°Ρ€ΠΈΡ‰Π°" asariga o'tdim. Uni yarmigacha o'qidim. Ovoz chiqarib o'qisangiz, talaffuz ham yaxshilanadi.

πŸ“ŒYangi so'z ko'rsangiz, tarjima qilmasdan qo'ymang. Yodlamasangiz ham, tarjima qilganingiz esda qoladi. Menda shunaqa edi. Menga hech kim rus tilini o'rgatmagan (shuning uchun xato gapiraman). Shunchaki, menga kerak bo'lgan narsalar ruscha bo'lsa ham, o'zimni tortmasdan o'qib/ko'rib ketaverganman. 50%iga tushunsam ham, boriga shukur qilib ko'rib o'tiraverardim kinolarni. Hozir bemalol tushunaman kitobga ham, kinoga ham, vloglarga ham.

Shunaqa. Til bilish yaxshi. Tojikchami, ruschami, ispanchami, inglizchami, farqi yo'q. Baribir yaxshi.

Yours, Marvarid;)
@thoughts_different
πŸ‘6
Oddiy student uchun AMERIKAga ketishni eng yaxshi yo'llariπŸ‡ΊπŸ‡Έ

1. Shubhasiz Global UGRAD! 1-,2-,3-kurs talabasi bo'lsangiz topshira olasiz. Hech qanday til sertifikati kerak emas. Talablarini albatta o'qib chiqing. Hali ham kech emas agar shoshilsangiz. Albatta uni yutish qiyiiin. Lekin qiyin degani ilojsiz degani emas❀️. UGRAD yutganim haqida hikoyalar shu link orqali.

2. SUSI. Qizlar uchun. Unda ham oxirgi kurs bo'lmasangiz topshira olasiz. Til sertifikati kerak emas. Albatta qiyin. Men bir marta topshirganman. Grantlarga topshirishda o'sha paytda tajribasiz bo'lganim uchun yuta olmaganman. Yaxshilab research qilib topshiring. Hali ham vaqt bor!

3. Osonroq yo'li lekin pulingiz ketadi. Har-xil ishlarda ishlash uchun Amerikaga borish. Work&Travel. @Khilosworld kanalida Hilola bu haqida yaxshiroq ma'lumot beryapti. Bunda pul to'lab ketishingiz kerak. Lekin tepada aytganlarimda umuman pul sarflamaysiz.

Best of luck❀️

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘4πŸ₯°2
Amerikaga ish yuzasidan bordik. Ko'p aylana olmadik. Orzuyimdagi California shtatining San Francisco shahrida bo'ldik😍 (dreams come true). Aeroportdan chiqqanimdan umuman boshqacha atmosfera boshlandi. Kimdirlar gul ushlab kutib turgan ekan "wow" dedim xuddi ular mengadekπŸ˜‚. Lekin bizni gulsiz kutib olishdi albattaπŸ˜„.

Biz aeroportdan chiqqanda qorong'u edi ko'cha. Kechki SFni tomosha qiliiib, derazani ochiib ketdim mashinada hotelgacha.

Eng asosiysi, The museum of Fine Artni, Presidioni, Starbucksni, Golden Gate bridgeni, dengizni, Lombard streetni ko'rdim. Linklar orqali kirib ko'ring juda zo'r joylar😍❀️

Taaak, Amerikada ko'rganlarimdan xulosalar:

1. Hamma joy yammm-yashiil. Qishda hamma daraxtlar barg to'kkan O'zbekistondan borgan odamga juda chiroyli ko'rinarkan. Ayniqsa Presidio is tooo beautiful. Gullagan daraxtchalar ko'p.

2. Americanlar bo'lsa kerak atrof to'la deb o'ylagandim. Lekin hamma joy Mexican va Chineselarga to'la ekan. Filippinliklar ham ko'p, hindlar ham. Amerikanslar ko'o'p emas😳. Diversity kuchli ekan.

3. Yo'l harakatiga juda qoyil qoldim. Birinchi ko'zimga tashlangan narsa shu edi. Haydovchilar juuuda sabrli. Yonida bo'sh qator tursa ham oldindagi uzuuun qatordagilar yurishini sabr bilan kutadi, boshqa liniyaga o'tib ketvormaydi. Juda tartib bilan parking qilishar ekan yana😍. Va bu yerda Chevrolet judddda kam ekan. Deyarli yo'q.

4. San Francisco uychalari chiroyli. Hammasi har-xil. Hech kim oxirgi modadagi hammada bir-xil bo'lgan remontdan qildirishga ishqiboz emas. Hamma uychalar ertaklardagidek ajoyiib. Ichlari ham o'ta oddiy. 3 qavatli ko'rinishidan yaxshigina boy insonni uyiga o'xshaydigan uylarni ham ichi oddiyligi ko'rinib turibdi. Menga yoqdi❀️

5. Dengizga borganda boshqacha feeling bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin doimgidek expectation va reality mos kelmaydi bir-birigaπŸ˜„. Faqat sovqotganimni his qildim. Qulog'im rosa og'rib ketdi chunki shamoool, sovuuq shamol dengiz oldi.

6. Golden Gate bridge esa juda kaatta, borib ko'rishga arziydigan chiroyli❀️❀️. Loved it.

Hali taassurotlarim koo'p. Ozgina aylangan bo'lsak ham, har bir ko'rgan narsam, joyim, holatim meni hayratlantira oldi. "Woooow" so'zini ko'p ishlatdim Amerikadaligimda. Endi esa O'zbekistonda uyda o'tiriiib xotiralarni eslab, yilni shunday zo'r yakunlayotganimdan mamnun bo'lib o'tiribman.

Yana yozaymi Amerika haqida? Baribir yozaman😜. Ichimda turmaydi buncha taassurot.

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘7
21ga kirishimga 3 kun qolgan va men umrida chetga chiqmagan, samalyotda uchmagan hatto Tojikiston chegarasida yashasa ham Tojikistonga o'ta olmagan lekin qizil passportini doim yonida avaylab ko'tarib yuradigan qiz edimπŸ˜ŠπŸ˜‚.

Shunga qaramay butun umrim orzu qilish bilan o'tardi. Ko'z oldimga keltirardim: chet eldaman, dengiiz, havo boshqacha, nafas olyapman, rasmlarga tushyapman, Hollywood yozuvi bilan, Walk of Fameda xullas Amerika, Yevropa hamma joylarda o'zimni tasavvur qilib ko'rardim.

Va 21ga kirishimga 3 kun qolganda, soat 3.00 kechasi biz uchdik. Orzularim tomon, shuncha payt faqat xayolimda ko'rgan lahzalar tomon, o'sha xayolimda/tushlarimda rasmga tushib yurgan joylar tomonga, orzular xaritamga yozgan/rasmini yopishtirgan joylar tomonga qarab uchdik✈

Men uchun hamma narsa yangi, hamma narsa hayratlanarli, hamma narsa ajoyib ko'rinardi uchish davomida ham. Yetib bordik Istanbulga. Boshqacha havo, boshqacha odamlar, boshqacha taksilar edi aeroportdan chiqqanda ko'rganlarim. Aeroport esa o'ta katta. Judayaam. Shahardan 40 daqiqa uzoqlikda ekan.

Shaharga yetguncha taksida chiroyli, yam-yashil manzaralarni kuzatib ketdim. Rostdan ham kinolardagidek, Pinterestdagi rasmlardagidek chiroyli. Shaharga kirganimizda boshqacha qurilgan uychalar, raaangli binolar, devorga chizilgan rasmlaar shaharni bezab turibdi. Chap tomonda esa dengiz❀️🌊

Derazani ochib, maskamni yechib nafas olib ketdim. Boshqacha nam havo. Yomg'irdan keyingi havo edi menimcha.

"Seven Hills" restoranini eng tepa qavatiga - qushlar oldimizdan uchib turadigan, dengiz va Sultan Ahmed masjidi ko'rinadigan joyida ovqatlandik. Haqiqiy turkcha nonushta va albatta choy bilan❀️❀️

Dreams come true. Davomi bor.

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘9❀4
Nonushta qilib bo'lgach, Sultan Ahmet masjidiga o'tdik piyoda. Judayam chiroyli, katta masjid. Turistlar koooo'p. Masjidga yetguncha yo'lda sotilayotgan narsalardan o'zimni turkcha pulimga ro'mol sotib oldim😍😍. Turkiyada ishlataman deb asrab qo'ygandim avval. Lekin u paytda Turkiyaga borish plani yo'q edi. Niyatim amalga oshdi va ishlatdim. Muzlatkichga magnitcha ham oldik❀️

Turkiya ko'chalari judayam chiroyli. Rasmga tushishbop ko'chalar ekanπŸ˜πŸ’ƒ. Lekin turistlar aylanadigan joylarigina toza. Yo'lda ko'p uylar atrofini ko'rdim, toza emaas, axlatlar to'kilgan ahvolda. Va turk pulini qiymati borgan sari tushib ketyapti.

Keyin esa San-Francisco shahriga uchib ketishimiz kerak edi. Aeroportga 1.5 soat ertaroq bordik. Ertalab topshirib qo'ygan Covid testimiz javobini olish uchun test centerni yarim soat qidirdik😜. Chunki aeroport o'ta katta va gavjum ekan. Va nihoyat topdik va javoblarni oldik.

Biletimizni olish uchun borsak, kech qolganimizni aytishdi. Endi ketolmasmishmiz😳. 1 soat vaqt bor samalyot uchishiga lekin registratsiya yopilgandi allaqachon. Hali 1 soat borligini, bizni o'tkazib yuborishlarini aytib, navbatsiz bilet olishga ruxsat oldik😍. Biletimizni berishdi.

Lekin ko'zim yetmayotgandi shuuncha qatoor navbatdaa turgan odamlardan keyin o'tib, yuklarimizni o'zimizni tekshirtirib, samalyotimizni topib ulgurib bora olishimizga. Judayam hujjatbozlik tekshiruv ko'p edi Stanbul aeroportida😭.

Salgina avval "ehhee 13 soat qanday qilib chidayman SFgacha uchib borishga?" deb noliyotgan, noshukrlik qilayotgan Marvarid "voyyy mayli 13 soatmi, 15 soatmi uchsak ham chidayman, faqat Turkiyada qolib ketmayliiik😭" deb ichida yolvorayotgandi.

Uzuun qator odamlardan keyin navbatimiz kelib carry on yukimizni tekshirdik , samalyotimiz qayerdan uchishini ko'rdik va YUGURDIKπŸ’ƒ.

Yugurdim, yugurdim va albatta men orqada qolib ketdim. Samalyot uchib ketishiga ozgina qolgan. Lekin men sudraliiib "eee charchadim, nima bo'lsa bo'laar🀯" deb ketayotgandim.

Davomi bor.

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘10❀7
"Nima bo'lsa bo'laaar" deb ketayotib turmush o'rtog'imni yo'qotib qo'ydimπŸ˜³πŸ˜‚. Telefon ishlamaydi. Men orqada qolib ketganman. Odam juda ko'p. Maska bilan nafas olishim qiyinlasha boshladi. Juda isib ketdim, kurtkadaman😭. Topdim. "Laaast caaaall" deyayotganda ulgurib o'tvoldikπŸ’ƒπŸ’ƒ

"Yeeees" chiqdik samalyotga. Uchdik. We made it☺️. 13 soat davomida men nima qildim? Albatta uxladim. Samalyotga chiqvolganimizga shukur qilib. Ovqat kelayotganda uyg'ondim va yana uxladimπŸ˜‚. Bo'lmasa 13 soat chidab o'tirolmasdim.

Biz window seat olgandik lekin bir ayol o'tirvolgan ekan joyimga. Indamadik. Turib uyoq buyoqqa borishga qulay deb chetga o'tiraverdik. Orzulardagiii oynaga boshini qo'yiib bulutlarga qaraab xayol suriib ketayotgan qiz men emasmanπŸ˜‚ u meni joyimga o'tirvogan ayol. Ha mayli.

Yaxshi ovqatlar berishdi, kompotlaar berishdi maza qildimπŸ˜ŒπŸ˜‹. Amerika atmosferasini seza boshladim samalyotdayoq. O'zidan o'zi bir american erkak turmush o'rtog'imga transit ezvorganini gapirib, hazillashib ketdi. "Mmmm americanlar ochiq bo'ladi deyishgandi, tushunarlii" dedim.

Oldimda ekranchada qachon yetishimiz ko'rsatiladi. Iloji boricha qaramaslikka harakat qildim. Vaqt asta o'tadigandek edi qarab tursam. Tezroq "1 soat qoldii" degan yozuv chiqsa edi derdim. Chiqdi ham. Astaa yig'ishtirilib, keyin to'xtaganda turdik va samalyotdan chiqdik. Samalyot aeroportga ulangan holda to'xtadi tashqariga tushilmaydi ekan shunisi yoqdi❀️.

Chiqdik-uu, qo'limda nimadir yo'qligini sezdim. Nimadir turgandi qo'limda, nimagadir bo'shmi? Aaaaa😱laptop qaniii? Vayyy qopketibdiii😭😭. Qaytdik. Samalyotga kirgizmadi. Anavi meni joyimga o'tirvogan ayol qolib ketganini ko'rib xodimlarga berib qo'ygan ekan. Oldik.

Aeroportga tushdik. Welcome to California degan yozuv😍😍 juda yoqdi. Tashqariga chiqdik. Nam havoo. Qorong'u. Archalarga svetchalar yoqilgan. Chiroylii. Ahh, California😍

Davomi bor

Yours, Marvarid @thoughts_different
πŸ‘15❀9🀩4
2025/07/11 18:42:13
Back to Top
HTML Embed Code: