Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇾 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari yuqori kayfiyatda Malayziyadagi INTI International University da stajirovka o'tashmoqda.

Ushbu dastur doirasida talabalarga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan biznes va iqtisod bo‘yicha nazariy va amaliy darslar, shuningdek, Malayziya tarixini aks ettiruvchi ajoyib musiqa mashg‘ulotlari ham o'tilmoqda.

Bundan tashqari, intellektual rivojlanishga xizmat qiluvchi turli qiziqarli o‘yinlar va jamoaviy tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Darslardan tashqari, talabalarga Malayziyaning diqqatga sazovor joylariga ajoyib ekskursiyalar uyushtirilib, ushbu mamlakatning madaniyati, me’morchiligi va tabiatiga yaqindan guvoh bo‘lishmoqda.

📈 Stajirovka talabalarga yangi bilim va tajriba orttirish, xorijiy ta’lim tizimi bilan tanishish va shaxsiy rivojlanish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIKLAYMIZ


Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan "UNIVERSIADA-2024" sport musobaqalarining DZYUDO turi bo'yicha Toshkent shahar saralash bosqichida, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti IQ-105-23 guruhi talabasi Nomozov Murodjon faxrli 3-o'rinni egalladi🥉
Murodjonning bu yutug'i nafaqat o'zining, balki institutimizning ham yutug'i hisoblanadi. Unga kelajakdagi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Milliy liboslar –milliy qadriyatlar bezagi” shiori ostida Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2025-yil 7-fevral “Milliy liboslar kuni“ deb e’lon qilindi.
Milliy liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi.

🇺🇿 Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik har bir xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇾 2025-yil 4-fevral kuni Malayziyada O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda har ikki mamlakatning 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti vakillari va talabalari ham ishtirok etishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Hancom Academy’dan Koreys tili va IT kurslari – Toshkent menejment va iqtisodiyot Instituti asosida!

Sizni Koreys tili va IT sohalarini o‘rganishga taklif etamiz. Bizning kurslarimiz nafaqat yangi bilimlar, balki sizni xalqaro bozorga tayyorlaydi.

- Koreys tili kursi: Suhbatga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar, grammatika, Koreya madaniyati va tilini chuqur o‘rganish.

- IT kursi: Dasturlash asoslari, veb-dasturlash, ma'lumotlar bazasi, zamonaviy texnologiyalar va mukammal darajadagi IT ko‘nikmalar!

Ushbu kurslar davomida siz?
- Tajribali o‘qituvchilar: Koreyadan va O‘zbekistondan eng yaxshi mutaxassislardan dars olasiz.
- Amaliy yondashuv: Tez o‘rganish, real dunyo muammolarini yechish va kelajakda IT sohasida muvaffaqiyatli ish topish uslublari haqida ma'lumotga ega bo'lasiz!

- Sertifikat: Kursni muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo'lasiz!

Dastur afzalliklari:
- Koreyaga viza olish oson: Kursni tugatgan talabalar uchun Koreyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari.
- Ushbu kurslar Narxi: 400 000 so‘m – Sifatli ta'lim, arzon narxda!
- Koreyaga grant: Koreys tili va IT kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyada o‘qish uchun grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Ro‘yxatdan o‘tish

Manzil: Tashkent menejment va iqtisodiyot instituti.
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
#XalqaroHamkorlik
#TMII #INTIIU

Yangi bosqichga qadam! 🇺🇿🤝🇲🇾

Bugun Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda INTI International University (Malayziya) Talabalar hukumati o‘rtasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va global bilimlar maydonida faol ishtirok etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda talabalar qo‘shma loyihalar, seminarlar va tadbirlarda ishtirok etib, ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🤝 Bu hamkorlik nafaqat bilim almashish, balki do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Oqilbek Baxanurov, INTI International University Talabalar hukumati prezidenti Malini Kanagaratnam hamda bir qator klub rahbarlari ishtirok etishdi.

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Malayziya_INTI International University

Malayziyadagi qisqa muddatli ta’lim dasturi davomida talabalar zamonaviy va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, menejment, biznes boshqaruvi va texnologiya kabi sohalarda tajriba almashib, xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalar ega bòldilar. Talabalar global biznes muhitidagi dolzarb tendensiyalar, innovatsion boshqaruv usullari va iqtisodiy tahlil tamoyillarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
2025/07/04 20:16:20
Back to Top
HTML Embed Code: