Telegram Web Link
🇺🇿🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasining Hebey provinsiyasidagi “Hebei Institute of Mechanical and Electrical Technology” instituti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining bir guruh vakllari 2024-yilning 23-28-dekabr kunlari mazkur institutga tashrif buyurdilar.

🔖 Tashrif mobaynida ikki institut oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o'zaro tajriba almashish, talabalar amaliyotlarini o'tkazish, professor-o'qituvchilarning malaka oshirishlari va stajirovkalarini tashkil etish, talabalar va mutaxassislarni o'qitish kurslarini va hamkorlikda o'quv jarayoni va darslarni o'tishni yo'lga qo'yish masalalari kelishildi, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti qoshida “Shoujing akademiyasi”ni tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎁 TIME Winter School – Dastlabki kun!

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Student Council a'zolari tomonidan tashkil qilingan TIME Winter Schoolning birinchi kuni kutilganidan ham ajoyib tarzda boshlandi! Ishtirokchilar motivatsion sessiyalarda qatnashib, yangi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar. Shuningdek, tanishuv va jamoalarga bo‘linish jarayonlari do‘stona va qiziqarli muhitda o‘tdi.

🔺 Kun davomida:

📚 Motivatsion seminarlar va mahorat darslari.

🎭 Jamoalarning o‘zini tanishtirishi va ijodiy chiqishlari.

🤝 Jamoaviy o‘yinlar va muammolarni hal qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar.

🔈 Birinchi kundagi faoliyat ishtirokchilarni yanada birlashtirdi va ularning g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirdi.

——————-

🎁 TIME Winter School - Первый день!

Первый день TIME Winter School, организованной Студенческим Советом Ташкентского института менеджмента и экономики, начался даже более впечатляюще, чем ожидалось. Участники приняли участие в мотивационных сессиях, где приобрели новые знания и навыки. Процессы знакомства и формирования команд прошли в дружелюбной и увлекательной атмосфере.

🔺 В течение дня:

📚 Мотивационные семинары и мастер-классы.

🎭 Презентация команд и творческие номера.

🤝 Командные игры и упражнения на решение задач.

🔈 Мероприятия первого дня еще больше сплотили участников и усилили их стремление к победе.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎁 Muvaffaqqiyatli kelajak sari ilk qadam bugundan - TMII bilan boshlanadi.

🎗Sovuq kunlarda aqlni charxlash, yangi do‘stlar orttirish va oʻz qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, muvaffaqiyatli kelajak uchun eng toʻg’ri qaror qabul qilish uchun, Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida tashkil etilgan Winter school loyihasi sizga yordam beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
#Siyosiy_rakurs
#LECTURE

🔥 TMII TALABALARI UCHUN MAXSUS

🏛 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan “GUEST LECTURE” loyihasining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodov bo‘ladi.

Seminar-trening davomida siz:

🔹 Davlat mukofotlariga qanday hujjatlar topshirilishi;
🔹Siyosiy jarayonlar;
🔹 Vaqtni toʻgʻri taqsimlash;
🔹 Davlatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar;
🔹 Muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi tajriba

kabi ko‘plab mavzularda yangi bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin!

Keling, fikringizni bildiring va ilhom oling!

📅 Sana: 10-yanvar, juma kuni
🕒 Vaqt: 14:00
📍 Joy: Birinchi bino, faollar zali (B).

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
#Siyosiy_rakurs

🇺🇿Yurt kelajagi - bilimli va faol yoshlar qo'lida!

🗓 Bugun, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni arafasida, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “GUEST LECTURE” loyihasining navbatdagi soni o‘zgacha ruhda bo‘lib o‘tdi! Ushbu muhim sanada, yurtimizning ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar bilan siyosiy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazish alohida ahamiyatga ega.

💫Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi - Nodirbek Murodov mehmon sifatida ishtirok etdi!

Ularga yurtimizda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, grant dasturlari, karyerani rivojlantirish va ta’lim sohasidagi yangi loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bu o‘z navbatida, yoshlarni Vatanga sodiq, bilimli va faol bo‘lishga undaydi!

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
2025/07/07 18:24:34
Back to Top
HTML Embed Code: