Telegram Web Link
🇺🇿🇲🇾 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti vakillari va talabalari 4-fevral kuni boʻlib oʻtgan Malayziya va O‘zbekiston Oliy ta’lim forumida faol ishtirok etishdi!

4-fevral kuni Malayziyada O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti vakillari hamda talabalari ishtirok etib, xalqaro ta’lim aloqalarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shdilar.

Forumda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov ham ishtirok etib, institutimiz talabalari bilan alohida suhbat qildi. Shuningdek, talabalarga motivatsion tavsiyalar berib, esdalik uchun ular bilan birga suratga tushdi.

🌐 Forum davomida INTI International University va Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

📇 Shuningdek, O‘zbekiston 24 teleradio kanali jurnalistlari forum mobaynida institutimiz talabalari bilan suhbatlar o‘tkazib, ularning xalqaro ta’lim tajribasi, kelgusidagi rejalari va erishgan yutuqlari haqida intervyu olib bordilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍205👏21🔥1🥰1🤩1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇾 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari yuqori kayfiyatda Malayziyadagi INTI International University da stajirovka o'tashmoqda.

Ushbu dastur doirasida talabalarga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan biznes va iqtisod bo‘yicha nazariy va amaliy darslar, shuningdek, Malayziya tarixini aks ettiruvchi ajoyib musiqa mashg‘ulotlari ham o'tilmoqda.

Bundan tashqari, intellektual rivojlanishga xizmat qiluvchi turli qiziqarli o‘yinlar va jamoaviy tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

Darslardan tashqari, talabalarga Malayziyaning diqqatga sazovor joylariga ajoyib ekskursiyalar uyushtirilib, ushbu mamlakatning madaniyati, me’morchiligi va tabiatiga yaqindan guvoh bo‘lishmoqda.

📈 Stajirovka talabalarga yangi bilim va tajriba orttirish, xorijiy ta’lim tizimi bilan tanishish va shaxsiy rivojlanish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1621🥰1🫡1
#TABRIKLAYMIZ


Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan "UNIVERSIADA-2024" sport musobaqalarining DZYUDO turi bo'yicha Toshkent shahar saralash bosqichida, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti IQ-105-23 guruhi talabasi Nomozov Murodjon faxrli 3-o'rinni egalladi🥉
Murodjonning bu yutug'i nafaqat o'zining, balki institutimizning ham yutug'i hisoblanadi. Unga kelajakdagi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👍244🔥4🤩21🥰1🫡1
“Milliy liboslar –milliy qadriyatlar bezagi” shiori ostida Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2025-yil 7-fevral “Milliy liboslar kuni“ deb e’lon qilindi.
Milliy liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi.

🇺🇿 Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik har bir xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
👍63🎉2
2025/07/08 19:28:04
Back to Top
HTML Embed Code: