Telegram Web Link
🇺🇿📚Bugun biz buyuk o'zbek shoiri, yozuvchisi va Buyuk Mo’g'ul imperiyasining asoschisi Zaxriddin Muhammad Boburning tug'ilgan kunini nishonlaymiz.

Uning ijodi va hayot yo'li nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining tarixi va madaniyatiga o'chmas ta'sir ko'rsatgan. Bobur faqat ulug' hukmdor emas, balki mahoratli shoir ham bo'lgan, uning asarlari hozirgacha ko'plab odamlarni chuqurlik va go'zallik bilan ilhomlantiradi. Go'zallikka intilishi, tabiatni sevgisi va oddiy odamga muloyim munosabati uni o'zbek xalqi uchun haqiqiy qahramon qiladi.

Boburning xotirasi bizni birlashtirishda davom etsin, u qoldirgan ulkan meros va abadiy qadriyatlarni eslatib tursin.

________


🇺🇿📚Сегодня мы отмечаем день рождения Захриддина Мухаммада Бобура — выдающегося узбекского поэта, писателя и основателя Великой Могольской империи.

Его творчество и жизненный путь оказали неизгладимое влияние на историю и культуру не только Узбекистана, но и всего Центрально-Азиатского региона. Бобур не просто был великим правителем, но и искусным поэтом, чьи произведения до сих пор вдохновляют многих людей своей глубиной и красотой. Его стремление к прекрасному, любовь к природе и чуткое отношение к простому человеку делают его настоящим героем для узбекского народа.

Пусть память о Бобуре продолжает объединять нас, напоминая о великом наследии и непреходящих ценностях, которые он оставил после себя.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inno Innovatsion O‘quv Ishlab Chiqarish Texnoparkida Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti Mexatronika va robototexnika yo’nalishi talabalari amaliyot darslarini o'tamoqdalar.

▶️Ishlab chiqarish zonasidagi dastgohlar yordamida nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamoqdalar.

🌐Davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida texnoparkda talaba - yoshlar uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni damda Markaziy kengashda "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tmoqda

MTDP | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 "O‘zbek xalqining ikki ma’naviy ildizi" 📚

Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining Farg‘ona kampusida buyuk ajdodlarimiz – Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirokida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📖 Tadbirda nimalar bo‘ldi?

Har ikki dahoning hayot yo‘li, ularning ijodi va yashagan davrlarining adabiy muhiti haqida qiziqarli fikrlar almashildi.
Adabiyotga oshno talabalar buyuk shoirlarimiz asarlaridan parchalar o‘qib, ruboiy va g‘azallar ijro etdilar.
Ularning jo‘shqin chiqishlari millatimiz tarixiga bo‘lgan hurmat va ehtirom timsoliga aylandi.

🎨 Ijodiy tanlov:
Shuningdek, tadbir doirasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur portretlariga chizgilar" nomi ostida ijodiy rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Iste’dodli yosh rassomlar tomonidan chizilgan tasvirlar buyuk siymolarimizga bo‘lgan ehtirom ifodasi bo‘ldi.

🎁 Munosib taqdirlash:
Davra suhbati yakunida institut ma’muriyati faol ishtirok etgan talabalarni qimmatbaho kitoblar to‘plami bilan taqdirladi.

🔹 Bu kabi ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni ajdodlarimiz merosiga chuqurroq oshno qilishga, ularning bebaho adabiy va ma’naviy boyligini o‘rganishga ilhomlantirishi shubhasiz! 🚀
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Farg‘ona viloyati kutubxonasiga ma’rifiy sayohat 📚

Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining Farg‘ona kampusi professor-o‘qituvchilari va talabalari Farg‘ona viloyati kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

📖 Ekskursiya davomida nimalarga guvoh bo‘lishdi?

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan tashkil etilgan maxsus eksponatlar bilan tanishildi.
Kitobat ilmi, nodir asarlarning saqlanishi va kutubxona tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar olindi.
Ilmiy tadqiqotlarda kutubxona fondidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar eshitildi.

🌟 Ilmga tashnalik va shaxsiy rivojlanish:
Bu kabi taassurotlarga boy ekskursiyalar talabalar shaxsiy "men"ining rivojlanishi, dunyoqarashining kengayishi hamda ilmga bo‘lgan chanqoqlik hissini shakllantirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.

🔹 Kitob – eng yaqin do‘st! Ushbu tashrif ishtirokchilarga ma’naviyat xazinalariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va ilm yo‘lida bardavom bo‘lish uchun ilhom berdi. 🚀
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
#Zakovat |

14-fevral kuni Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashida poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida mumtoz adabiyotimiz namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari “Menejment” jamoasi nomi ostida harakat qilib munosib ishtirok etishdi va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
Forwarded from TMII_ILMIY BO`LIM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 09:04:44
Back to Top
HTML Embed Code: