Telegram Web Link
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
#Zakovat |

14-fevral kuni Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashida poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida mumtoz adabiyotimiz namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari “Menejment” jamoasi nomi ostida harakat qilib munosib ishtirok etishdi va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
👍84
Forwarded from TMII_ILMIY BO`LIM
📣🎉 Talabalar uchun imkoniyat: "Davlat stipendiyalari va xalqaro grantlar haqida ma'lumot" mavzusidagi davra suhbati


Respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari;
Prezident davlat stipendiyasi hamda Navoiy nomli davlat stipendiyalari; Turli xalqaro grandlar haqida ma’lumotlar;
PhD va magistrlik ilmiy ishlari toʻgʻrisida;
El-yurt umidi jamgʻarmasi stipendiyalari toʻgʻrisida ma'lumotlar.

📆 Vaqti: 2025-yil 24-fevral, soat 12:00

ℹ️ Ilmiy izlanishingiz yo‘lida sizga samara beradigan davra suhbatini o‘tkazib yubormang!
#TMII talabalari uchun maxsus!
Bizni kuzating https://www.tg-me.com/TMII_Ilmiy_B
👍5🔥42
“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblariga grant mablag‘lari va sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tanlovga ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar tomonidan jami 540 ta ilmiy g‘oya bo‘yicha arizalar topshirilgan edi.

📇 “Bo‘lajak olim” tanlov komissiyasining yakuniy xulosalariga ko‘ra, ilmiy g‘oyalar tanlovida 23 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.

🏆 Ular qatorida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabasi Sunnatov Diyor Baxtiyor o‘g‘li tanlov g'olibiga aylandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉43🔥3👍1
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
TMIIDA MILLIY LIBOSLAR KUNI!

🏛 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb eʼlon qilingan. Bugun ham bu kun munosib tarzda oʻtkazildi.

Bu tashabbus milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmat va mehrni ifodalash, o‘ziga xos urf-odatlarimizni namoyon qilish va talabalik hayotiga yanada rang-baranglik baxsh etish uchun juda muhim hisoblanadi.

🇺🇿 TMII Yoshlar ittifoqi

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram |
🔥9👍54🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Farg'ona kampusiga institutning akademik faoliyat bo'yicha prorektori Sh.Narbayev tashrif buyurdi.

👍 Tashrif davomida bugungi kunda institut tomonidan talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, davlat stipendiyalari uchun bo'ladigan tanlovlarga tayyorgarlik ko'rib borish va xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

💻 Shuningdek, talabalar bilan erkin muloqot tashkil etilib, ularning talab va takliflari ham eshitildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍8👏21👌1
🟦🟦🟦 🟦🟦

📚 26-27-fevral kunlari Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Farg‘ona Kampusida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari:
Raximova Shaxlo Baxtiyorovna p.f.f.d. (Phd) professor v.b. “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy trendlar va tendensiyalar”;
Yormatova Sevara Tolipovna p.f.f.d. (Phd), “Maktabgacha tarbiya yosh davri psixodiagnostikasi”;
Mardiyeva Gulnoza Kuchkarovna p.f.f.d. (Phd), “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo‘yiladigan talablar”;
Erhanova Nasiba Absayitovna Katta o‘qituvchisi “Rivojlanish markazlari va ularning maqsad va vazifalari” mavzularida amaliy-seminar trening hamda master klass mashg‘ulotlariga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥42👏2
❗️❗️❗️❗️❗️

📚 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida barcha qiziquvchi talabalar, shuningdek, professor-oʻqituvchilar va xodimlar uchun malakali psixolog Xudayberdiyeva Nafisa Baxodirovna tomonidan "O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish" mavzusida master-klass bo‘lib o‘tadi.

📶Master-klass davomida:

🟢 O‘ziga bo'lgan ishonch nima va uni qanday shakllantirish mumkin?
🟢 Psixologik to‘siqlarni yengish usullari
🟢 O‘ziga bo‘lgan munosabatni yaxshilash uchun samarali texnikalar

📍 Manzil: A zal
Vaqt: 12:00

🟡 Shaxsiy va professional rivojlanishda ishonchning o‘rni juda katta! Ishonchingiz qanchalik kuchli bo‘lsa, imkoniyatlaringiz shunchalik cheksiz boʻladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131👏1
2025/07/13 04:45:57
Back to Top
HTML Embed Code: