Telegram Web Link
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

📚 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida “Bank tizimi” mavzusida masterklass!

🔵 Bitiruvchi kurs talabalarini bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga tayyorlash maqsadida “Asakabank” AJ vakillari ishtirokida masterklass tashkil etildi. Tadbir davomida bank sohasi mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, bank tizimining zamonaviy ishlash tamoyillari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda moliyaviy bozorning rivojlanish tendensiyalari haqida qimmatli ma’lumotlar berdilar. Masterklass talabalar uchun amaliy bilim olish, real ish muhitini tushunish va kelajakda bank sektorida muvaffaqiyatli ish boshlash uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏21🔥1🤩1
"Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining Do‘stlik tuman bosqichi o‘tkazildi

Do‘stlik tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda yigirmaga yaqin yosh iqtidor egalari o‘zlarining innovasion loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan har bir ishtirokchining loyihasini ko‘rib chiqildi.

Yakunda 5 nafar iqtidorli yoshlarning loyihalari g‘olib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.
👍42🤝2🤩1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 “Startap loyihalar” tanlovida ishtirok eting!!!

💡 Agar siz innovatsion g'oyalarga ega bo'lsangiz, biznes turlaridan ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga ko‘ra farq qiladigan, ijtimoiy-iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan Startap loyihangiz bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
Tanlov ishtirokchilari Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabasi bo'lishi kerak;
1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
1 ta loyiha bilan 3-4 ta ishtirokchi guruh bo'lib ishtirok etishlari mumkin.

📥 Tanlovga arizalar 2025-yilning 15-apreliga qadar (shu kuni ham 23:59 gacha) qabul qilinadi.

❗️Tanlov bo’yicha Startap loyihalari taqdimotlari 2025-yil 24-aprel kuni o’tkaziladi.

🏅Startap loyihalari tanlovi g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

📞 Murojaat uchun telegram manzili: @TMII_ilmiy_bolim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍32🤩2👌2🫡2
Forwarded from TIME CAREER CENTRE
❗️❗️❗️❗️❗️

🔥 "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi mutaxassisi bilan eksklyuziv master-klass!

📚 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining Karyera markazi tomonidan, "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasining boshqaruv raisi o‘rinbosari, Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori, motivator – Djanturaev Umidjon Muhammadusupovich ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tadi!

🔼Eng faol va tashabbuskor talabalar kompaniya tomonidan esdalik sovg’alar yutib olishlar va eng muhimi KAFIL SUG’URTA AJ bosh ofisiga ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar!

🔸 Master-klass davomida:
🟢 Suğurta bozori va uning istiqbollari
🟢 Talabalar va aholiga mo‘ljallangan innovatsion sug‘urta mahsulotlari
🟢 Moliya va xavfsizlik tamoyillari
🟢 Tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha muhim tavsiyalar

🗓 Sana: 19-mart
Vaqt: 12:00
📍 Joy: B zal

🎗 Yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻlaligicha foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
❗️❗️❗️❗️❗️

☀️ "Navro‘z Olimpiadasi – 2025"

📚 Sizni 2025-yil 26-27-mart kunlari Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida bo‘lib o‘tadigan "Navro‘z Olimpiadasi – 2025" musobaqasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

🔺  Olimpiada yo‘nalishlari:
🟠 Iqtisodiyot nazariyasi
🟠 Marketing
🟠 Oliy matematika
🟠 Ingliz tili

🌐 Ishtirok etish tartibi:
Olimpiadada qatnashishni istagan talabalar 25-mart, 2025-yil soat 11:00 ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim:

📌 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 Sana: 26-27-mart kunlari, 2025-yil
😀 Manzil: Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
Boshlanish vaqti: 10:00

😀 Murojaat uchun:

📞 +998 95 651 90 00,
📞 +998 93 536 25 23
✈️  @TMII_ilmiy_bolim
✈️ @Xon984

🏆 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar!

🎗Navro‘zni yangi bilimlar va qiziqarli intellektual bellashuvlar bilan qarshi olaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤩2🔥1
Forwarded from YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LIMI (G'olibjon Tursunboyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xayriya

🏛Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti faollari Toshkent shahar O'zaro ijtimoiy yordam "Mehribonlik" nogironlar jamiyatiga tashrif buyurdilar.

🤝Insonlarni qadrlash,muhtojlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Mana shu xislatlar orqali o’rtamizdagi mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkamdir.

Barchamiz birgalikda ezgu ishlarga hissa qo'shishga intilaylik!

https://www.tg-me.com/tmii_manaviyat
👍177🔥5🥰2🤩2
Forwarded from INNO Technopark
Inno texnoparkida xalqaro hamkorlik sari yangi qadam! 🇨🇳🤝🇺🇿

➡️Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki navbatdagi muhim voqeaga mezbonlik qildi! Xitoyning yirik investorlar delegatsiyasi tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlik va investitsion loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu uchrashuv ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba almashish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

➡️Shuningdek,Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Turin Politexnika Universiteti, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston Qo‘shma Tarmoqlararo Amaliy Texnik Kvalifikatsiyalar Instituti va Toshkent Menejment va Iqtisodiyot instituti vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Kelajak avlod uchun zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni birlashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish – asosiy maqsadlardan biri ekanligi ta’kidlandi.

🌎Inno texnoparki xalqaro hamkorlik orqali innovatsion o‘sish sari ishonch bilan odimlamoqda!
Ushbu uchrashuv natijasida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizni kuzating👇🏻

Telegram| Instagram| Facebook| Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏2
2025/07/10 22:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: