Telegram Web Link
Forwarded from TIME CAREER CENTRE (САРДОР ТОШТЕМИРОВ)
📌 “TalabaExpo-2025”

23 may kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti bitiruvchi va faol talabalari mamlakatdagi eng yirik kasb yarmarkalaridan biri — “TalabaExpo-2025”da ishtirok etdi.

📍 Zakovat Arena maydonida tashkil etilgan ushbu tadbirda talabalarimiz O‘zbekiston Milliy banki tomonidal tashkil etilgan yarmarkada HR mutaxassislari bilan bevosita suhbatlashdi, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot olishdi, shuningdek, o‘z biznes g‘oyalari uchun imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar oldi.

🎯 Bu ular uchun:
▪️ Ilk kasbiy tajriba
▪️ Ish beruvchi bilan yuzma-yuz muloqot
▪️ Bank sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishuv
▪️ Va, albatta, ilhom manbai bo‘ldi!

Shunday yirik va samarali platforma uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Bizning talabalar doimo faol va tashabbuskor!

📱 Shunga o‘xshash imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizda qoling: @timecareercentre
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Kelajak sari birinchi qadamni biz bilan tashlang!

📅 29-may kuni, soat 18:00 da

Sizni Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida bo‘lib o‘tadigan **OCHIQ ESHIKLAR KUNI**ga taklif qilamiz!

Bu kunda siz:
Institut hayoti bilan yaqindan tanishasiz
Yo‘nalishlar, o‘qish tartibi va imkoniyatlar haqida bilib olasiz
O‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq suhbatda bo‘lasiz
Va eng muhimi — o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topasiz!

📣 Aytgancha, Ota-onangiz va Do‘stlaringizni ham olib kelishingiz mumkin!
Barchangizni ochiq va samimiy muhit kutmoqda!

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 114
📞 Batafsil ma’lumot: timeedu.uz | +998 55 516 90 00

🎓 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti – tanlov sizdan, imkoniyat bizdan!



🎉 Сделайте первый шаг к будущему вместе с нами!

📅 29 мая в 18:00
приглашаем вас на День открытых дверей в Ташкентский институт менеджмента и экономики!

В этот день вы сможете:
Познакомиться с жизнью института
Узнать всё о направлениях обучения и возможностях
Пообщаться с преподавателями и студентами
И получить ответы на все интересующие вас вопросы!

📣 Приходите не одни — берите с собой друзей и родителей!
Вас ждёт открытая и тёплая атмосфера!

📍 Адрес: г. Ташкент, Якукасарайский район, ул. Шота Руставели, 114
📞 Подробности: timeedu.uz | +998 55 516 90 00

🎓 Ташкентский институт менеджмента и экономики – выбор за вами, возможности от нас!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 “Ta’lim va tarmoqlar 2025” ko’rgazmasi, 2-kun!
Bugun yuzlab talabalar ko‘rgazmaga tashrif buyurib, turli institutlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

📚 Ta’lim imkoniyatlari, grant dasturlari va qabul jarayonlari haqida batafsil tushunchalar olindi.
Kelajagingizni tanlashda bir qadam yaqinroq!
#Ta’lim2025 #Ko‘rgazma #TalabalarUchun #KelajakUchun
KELAJAGINGIZNI BUGUNDAN BOSHLANG!
29-may | 18:00
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida

Ochiq eshiklar kunida sizni:
🎓 Yo‘nalishlar haqida to’liq ma'lumot
💬 Talabalar bilan bevosita suhbat
Institut hayotiga real nazar
Savollar, javoblar, sovg’alar kutmoqda!

Bu kun nafaqat tanishtiruv, balki musiqali va ko‘ngilochar tadbir bo‘ladi!
🎧 Tadbirda DJ, musiqa va yaxshi kayfiyat kafolatlangan!

Kelajagingizga birinchi qadamni qo‘ying!
Ota-onangiz va do‘stlaringizni ham olib keling
Kelmay qolmang — bu sizga kerak!

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 114
📞 Ro‘yxat uchun va batafsil ma’lumot:
timeedu.uz | +998 55 516 90 00
🎉 Yana bir g‘ururli yutuq!

📌 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 2025-yilgi Respublika bosqichi g‘oliblari orasida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti 3-bosqich talabasi Sunnatov Diyor Baxtiyor o‘g‘li ham 100 nafar g‘olib qatoridan joy oldi!

🧠 U tanlovda o‘zining “SmartAgroMetr” nomli innovatsion startap-loyihasi bilan ishtirok etib, hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

📝 Bu g‘alaba — Diyorning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, ijodkorligi va fidoyiligi samarasidir. U o‘zining bilim va tashabbuskorligi bilan butun respublika yoshlariga o‘rnak bo‘la oldi.

🏆 Bu muvaffaqiyat nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki institutimiz uchun ham katta faxrdir. Diyorni chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-innovatsion yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!

TMII — kelajak yetakchilari makoni!
Forwarded from YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LIMI (G'olibjon Tursunboyev)
Talaba yutigʻi

🟢
🟣  Qarshiyeva Gavhar Muzaffar qizi Yoshlar parlamentining "Yoshlar bandligi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi Raisi" etib saylandi.

TMII - kelajak yetakchilari makoni!

https://www.tg-me.com/tmii_ma'naviyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 29-may kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan Ochiq eshiklar kuni doirasida tanlangan ishtirokchilar bilan eksklyuziv uchrashuv tashkil etildi!

Tadbir doirasida mehmonlar institut faoliyati, o‘quv jarayoni, professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📚 Fakultetlar bo‘yicha maqsadli taqdimotlar
🎙 Maxsus ma’ruzalar va amaliy ochiq darslar
🤝 Samimiy va individual muloqotlar

Tashrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Sizni tez orada institutimiz safiga qo‘shilgan holda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

***

🇷🇺 29 мая в Ташкентском институте менеджмента и экономики в рамках Дня открытых дверей состоялась эксклюзивная встреча с приглашёнными абитуриентами!

В ходе мероприятия гости получили возможность поближе познакомиться с деятельностью института, учебным процессом, профессорско-преподавательским составом и студенческой жизнью.

📚 Целевые презентации факультетов
🎙 Специальные лекции и открытые практические занятия
🤝 Тёплое и индивидуальное общение

Искренне благодарим всех, кто принял участие! Будем рады видеть вас в числе студентов нашего института в ближайшем будущем!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌴14 kunlik ta’lim + sayohat + madaniyat = UNUTILMAS TAJRIBA!

🎓 Malayziyaning INTI universitetida master-klasslar
🌍 Turli mamlakatlardan yangi do‘stlar
📸 Tropik tabiat, madaniy ekskursiyalar va yorqin taassurotlar

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-iyunga qadar
📲 Joyingizni hoziroq band qiling!

🔗 Timeedu.uz
📞 55 516 90 00

Joylar soni CHEKLANGAN

#MalayziyaYozgiDastur #TimeEdu #Ta’limVaSayohat #StudentAdventure #Yoz2025
🇺🇿 🎬 5-iyun – ochiq osmon ostida kino kechasi!

Hurmatli do‘stlar! Sizni institutimiz hovlisida bo‘lib o‘tadigan unutilmas kino kechamizga taklif qilamiz! Bu – shunchaki kino tomosha emas, balki iliq muhit, do‘stona suhbatlar, madaniy hordiq va, albatta, institut hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati!

🌟 Nimalar kutmoqda?
🎥 Eng qiziqarli film
🌌 Yulduzlar ostida sehrli muhit
☕️ Do‘stlar va samimiy suhbatlar
🏫 Institutimiz haqida to‘liq ma’lumot va ilhom

🎯 Bu kecha sizni nafaqat hordiq, balki kelajakdagi talabalik hayotingizga ham bir qadam yaqinlashtiradi. Balki aynan shu kecha siz uchun yangi boshlanish bo‘lishi mumkin!

📅 Sana: 5-iyun
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 114-uy
🕔 Boshlanish vaqti: 17:00

Do‘stlaringizni ham o‘zingiz bilan olib keling – birgalikda bu kechani unutilmas qilamiz!

🫶 Sizni kutamiz! Bu kechani biz bilan o‘tkazing!

***

🇷🇺 🎬 5 июня – киновечер под открытым небом!

Дорогие друзья! Приглашаем вас на незабываемый киновечер во дворе нашего института!
Это не просто просмотр фильма — это уютная атмосфера, тёплые беседы, культурный отдых и возможность ближе познакомиться с жизнью института.

🌟 Что вас ожидает?
🎥 Интересный фильм
🌌 Волшебная атмосфера под звёздами
☕️ Друзья и душевное общение
🏫 Полная информация о нашем институте и вдохновение для будущего

🎯 Этот вечер может стать не только хорошим отдыхом, но и первым шагом к вашей будущей студенческой жизни. Возможно, именно здесь начнётся ваша новая история!

📅 Дата: 5 июня
📍 Адрес: г. Ташкент, Яккасарайский район, ул. Шота Руставели, дом 114
🕔 Начало: 17:00

Приходите с друзьями — вместе сделаем этот вечер ещё ярче!

🫶 Мы с нетерпением ждём вас! Проведите этот вечер с нами!
🏆 2026 FIFA Jahon Chempionatiga yo‘l!
🇺🇿 Olgʻa, O’zbekiston! Bu o‘yinda biz bir jamoamiz!

⚽️ Saralash bosqichidagi hal qiluvchi bahsni jonli efirda BIRGA tomosha qilamiz!
🗓 5-iyun | 🕘 21:00
🇺🇿 O’zbekiston 🆚 BAA

📍 Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Institutida (TMII) — futbol ruhi, vatan g‘ururi va jamoaviy quvvat shu yerda jamlanadi!
📺 Katta ekran, katta hissiyotlar, katta futbol!

Kel, tarixiy lahzalarni birga boshdan kechiraylik!
💙 G‘alaba — biz bilan!

#OlgʻaOʻzbekiston #TMII #JahonChempionati2026 #FutbolRuhi #FutbolUchunYashaymiz #ChempionlikYoʻlida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bitiruvchi talabalarning diplom himoyalari

Bitiruvchi talabalar diplom ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Tanlangan mavzular – raqamli iqtisodiyot, “yashil” rivojlanish, bank va sanoat barqarorligi kabi dolzarb yoʼnalishlarni qamrab oldi.

📚 Himoya jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 836-sonli qarori asosida, malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi.

🎯 Bitiruv malakaviy ishlarni muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalar magistraturada o’qishga va ishlab chiqarishda o’z faoliyatini davom etirishga tavsiya etildi!

#DiplomHimoyasi #TMII #Talabalar2025 #OʼzbekistonTalabasi #IqtisodiyRivojlanish #YashilIqtisodiyot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FIFA Jahon chempionatiga xush kelding O’zbekiston! 🇺🇿🔥Kanada🇨🇦, Meksika🇲🇽va Qo’shma Shtatlarda 🇺🇸bo’lib o’tadigan futbol bo’yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga tarixiy yo’llanmani qo’lga kiritdi👏

#FutbolDunyoni Birlashtiradi
🇺🇿Tarixiy g‘alaba muborak bo‘lsin!

⚡️Bugun O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Milliy terma jamoamiz BAA bilan muhim o‘yinda durang o’ynadi va ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Bu oddiy g‘alaba emas – bu biz kutgan kun, biz orzu qilgan natija!

🇺🇿Yuragi O‘zbekiston deb urgan millionlab muxlislar – bu sizning ham g‘alabangiz!

Endi bizni dunyo tan oladi. Endi biz Jahon sahnasida!

Barakalla yigitlar, sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
TMII jamoasi barchangizni ulug‘ va muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Bu muqaddas kun qalblarimizga mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini yanada mustahkamlasin. Yurtimizga tinchlik, har bir xonadonga fayzu baraka, sog‘lik-salomatlik va baxtu saodat tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, TMII
2025/06/28 00:41:34
Back to Top
HTML Embed Code: