Telegram Web Link
Joriy yilning 9-avgust kunidan boshlab Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari Riga texnika universitetida yozgi o‘qishni boshladilar. Riga texnika universiteti institutimizning asosiy xalqaro hamkorlaridan biri hisoblanib, hamkorlik doirasida katta loyihalar rejalashtirgan. Chet eldagi o’qish jarayonida kunduzgi ta’lim shakli talabalarimiz o’z bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlaydi, dunyoqarashlarini kengaytiradilar eng muhimi esa, yangi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari mumkin boʻladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3611🤩5🎉4👌21🔥1🤝1🫡1
🏛 XXV-XALQARO KONGRESS

🔹2024-yil 1-8-avgust kunlari Italiyaning Rim shahrida “Falsafa chegaralar boʻylab” nomli XXV  xalqaro kongress boʻlib oʻtdi. 

🔸 Kongressda dunyoning 120 ta mamlakatidan 5000 ta ishtirokchi qatnashdi. Ularning 1250 nafarini talabalar tashkil etdi. Bu yilgi ilmiy anjumanning oʻziga xos jihati shundan iborat boʻldiki, kongress tarixida ilk marta “Turkiy xalqlar falsafasi” nomli shoʻba faoliyat olib bordi. Shoʻba yigʻilishida TMII professori v.b., f.f.d. O.Nishonova hamda TMII katta oʻqituvchisi D.Sherova oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar hamda ilmiy munozaralarda faol ishtirok etdilar.
📌 Shuningdek, O.Nishonova va D.Sherova kongressning ilmiy mavzulariga tegishli sessiyasida ham maʼruza bilan ishtirok etdilar.
👍31🔥106👌21👏1🎉1
Forwarded from TMII_DEKANAT_TOPSHIRIQLAR
#parij_olimpiadasi-2024
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining bir guruh talabalari 2024-yilning 12-avgust kuni Parij olimpiadasi g‘oliblarini kutib olish tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
❗️O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiadasida yakunida 🥇8 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

https://www.tg-me.com/tmii_marifat_ulashib
👏16👍832🔥1🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi

10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.

‼️ Ta'lim kreditini olish uchun muhim shartlar mavjud.
Bunda:
Nodavlat ta'lim tashkiloti HEMIS hamda SHARTNOMA.EDU.UZ axborot tizmiga ulangan bo'lishi va talabalarning kontrakt to'lov shartnomalari aynan ushbu platforma orqali berilgan bo'lishi zarur - aks holda talabaga ta'lim krediti berilmaydi.

Toshkent menejment va Iqtisodiyot Institutida ushbu tizimlar tashkil etilgan bo'lib barcha ta'labalar o'z to'lov kontrakt shartnomalarini SHARTNOMA.EDU.UZ axborot tizmi orqali qabul qilishadi.



📲  Savol va murojaatlar uchun:
+998712009005 | @timeedubot
👍235👌2🥰1🫡1
Toshkent Menejment va iqtisodiyot instituti endi Farg'onada.

🇺🇿Respublikada yagona iqtisodiyot va menejment sohalariga ixtisoslashtirilgan Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Farg'ona shahrida ham o'z Kampusiga ega bo'ldi. 🎉

🇺🇿 Farg'ona filialida 12 ta Bakalavr va 6 ta Magistratura yo'nalishlari bo'yicha kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli asosida tahsil olishingiz mumkin.

😎 Hoziroq hujjat topshiring va sifatli ta’lim olib, muvaffaqiyatli kelajagingizga poydevor yarating.

📌 Institut haqida ko‘p beriladigan savollarga javoblar ushbu havolada keltirilgan.

Institut Litsenziyasi

📲  Savol va murojaatlar uchun:
+998712009005 | @timeedubot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉21👏1🤩1👌1
2024 – yil 13-15 – avgust kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tomonidan Korea xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) yetakchi eksperti Youngsoo Kim ishtirokida oliy ta’lim muassasalari va davlat idoralari vakillari uchun “Innovatsion ekotizim va startaplarni rivojlantirishda biznes inkubatorlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida uch kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Ilmiy shlar va innovatsiyalar bo‘lim boshlig‘i Nosirova Nargiza Jamoliddin qizi hamda bo‘lim mutaxassisi Karriev Karimbergan Safarboy o’g’li faol ishtirok etdilar.

Ushbu seminar respublikada innovatsion ekotizimni rivojlantirish va innovatsion tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yishda biznes inkubatorlar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ulardagi kadrlar salohiyatini oshirishga qaratildi.

🔖 Seminar yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12🎉52👍2🥰1
2025/07/09 09:47:41
Back to Top
HTML Embed Code: