Telegram Web Link
#xalqarohamkorlik #stajirovka

🇺🇿🇨🇳 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Xitoy Xalq Respublikasi Xanchjou provinsiyasi Shaoxing shahrida joylashgan “Zhejiang Industry Polytechnic College”da Xitoyning ta’lim va ishbilarmonlik muhiti bilan tanishuvni o‘z ichiga olgan dastur doirasida faol ishtirok etishdi va mazkur kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi.

Stajirovka soʻngida “Zhejiang Industry Polytechnic College”i rahbariyati tomonidan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

📝 Tashrif davomida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti va “Zhejiang Industry Polytechnic College” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
___________________________

#международное_сотрудничество #стажировка

🇺🇿🇨🇳 Преподаватели и студенты Ташкентского института менеджмента и экономики активно участвовали в программе, которая включала знакомство с образовательной и деловой средой Китая в Zhejiang Industry Polytechnic College, расположенном в городе Шаосин провинции Ханчжоу, Китай, и успешно завершили данный курс.

По окончании стажировки участники были награждены сертификатами руководством Zhejiang Industry Polytechnic College.

📝 Во время визита был подписан меморандум о сотрудничестве между Ташкентским институтом менеджмента и экономики и Zhejiang Industry Polytechnic College.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LIMI (G'olibjon Tursunboyev)
#Meningkonstitutsiyam
#Konistitutsiyakuni
#Konistitutsiyamiz_32_yoshda

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini nishonlash munosabati bilan
📚 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g’risida”gi farmoishiga asosan bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbiri Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori X.D.Axmedovning tantanali kirish so‘zi bilan ochildi. Rektor o‘z nutqida Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyoti va mustaqilligini mustahkamlashdagi ajralmas ahamiyatini ta'kidladi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi malakali mutaxassisi –Azizbek Odilov
Adliya vazirligi “Adolat markazi”  yetakchi mutaxassisi – Xudoyberdi Rahimov
Oʻzbekiston Yozuvchilar  va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Madaniyat va sanʼat fidokori”, “Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 30 yilligi” , Birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni egasi, “Turon” fanlar akademiyasi faxriy akademigi - Nuriddin Aminjonov
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir -Chorshamʼ Roʻziyev
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir –Mirzo Karim va bir guruh institut professor o’qituvchilari ishtrok etishdi.
⚖️Mazkur ma'ruzalar Konstitutsiyaning huquqiy mexanizmlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi kabi dolzarb masalalarga bag'ishlandi.
🎗Tadbir davomida Konstitutsiya bayramiga oid oʻtkazilgan bir qancha tanlovlarda G‘olib boʻlgan talabalar institut rahbarlari tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.🎁

https://www.tg-me.com/tmii_manaviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Konstitutsiya kuni muborak bo'lsin! Bundan 32 yil muqaddam mamlakatimiz ozodlik, adolat va farovonlik sari yo‘lni belgilab oldi. Ushbu muhim sana milliy g‘urur va ertangi kunga ishonchni eslatadi. Konstitutsiyamiz tamoyillari bundan buyon ham xalq uchun kuch-quvvat, ilhom manbai bo‘lib qolsin! #Konstitutsiya_kuni #Uzbekistan32

—————

🇺🇿 С Днем Конституции!
32 года назад он обозначил путь к свободе, справедливости и процветанию. Эта важная дата является напоминанием о национальной гордости и вере в будущее. Пусть результаты нашей конституции и дальше будут источником силы и вдохновения для народа! #Konstitutsiya_kuni #Uzbekistan32
Forwarded from TMII YOSHLAR ITTIFOQI
#Chess | #Friendly_match |

🔥 TMII CHESS KLUBI hamda WIUT CHESS KLUBI o‘rtasida "FRIENDLY MATCH" o‘yiniga tayyormisiz?

🏛 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikida "FRIENDLY MATCH"
o‘yini bo‘lib o‘tadi.    

💥 Ikki Oliy taʼlim muassasidagi talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va intellektual o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu do‘stlik o‘yiniga barcha yoshlarni taklif qilamiz!


📆 O‘tkazilish kuni: 12-dekabr, payshanba.
Boshlanish vaqti: 12:00
📍 O‘tkazilish joyi: 002-xona.
✍️ Murojaat uchun:
@The_sce

📲 Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Chessclub
🟦🟦🟦 🟦🟦

📚 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 13-dekabr, soat 10:30 da Daniya davlatining Uber kompaniyasida katta IT dasturchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Ulfat Abjabborov ishtirokida “Kod ortidagi dunyolar: Dasturchining yo‘li” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tadi.

⭐️Master-klass davomida siz:

🟡 Dasturchilikdagi haqiqiy tajriba va bilimlarga ega bo‘lasiz;
🟡 IT sohasidagi muvaffaqiyatli yo‘lni qanday qurish haqida ma’lumot olasiz;
🟡 Xorijiy kompaniyalarda ishlashning o‘ziga xos jihatlarini bilib olasiz.

🗺Manzil: 1-Bino B zalda

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va o‘z kelajagingiz uchun muhim qadam tashlang!

☑️Barchangizni kutib qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 00:48:12
Back to Top
HTML Embed Code: