Telegram Web Link
Dam olish kunida "Tirilish" tavsiyasi!

Yakshanba mutolaasi uchun Jihod at-Turboniyning "Barbarossaning 101 tilsimi" kitobidan yaxshisini topa olmaysiz. Nega deysizmi? Chunki kitob sizni:

1. Tarix haqidagi barcha haqiqatlardan voqif etadi. Siz bilgan va bilmagan, soxtalashtirilgan tarixning asl haqiqatlari bilan yuzlashasiz.

2. Mutolaa davomida dunyoning qator mamlakatlariga sayr qilasiz. Turkiyadan Italiyaga, Italiyadan Misr, Marokash, Tunis, Fransiya kabi davlatlardagi g'aroyib voqealar sizni o'ziga jalb etmasdan qolmaydi.

3. Hayot haqida falsafiy fikrlashni o'rganasiz. Yozilgan va yozilmagan hayotiy qonunlarning achchiq haqiqatlarini bor bo'y-basti bilan his qilasiz.

Bu kabi ko'plab sabablar bilan sizni chalg'itmoqchi emasmiz. Shunchaki o'qib, o'zingiz baho bering!

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥8🤣1👀1
#suhbat

Keling, bir oz suhbatlashsak. Qarshi boʻlmasangiz, albatta)

Siz qaysi tillarni bilasiz yoki oʻrganish jarayonidasiz? Til oʻrganish mobaynida odatda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
👍195🔥3
#iqtibos

Ijodiy turmushda shunday bir davr boʻladi: koʻp izlanish, toʻxtovsiz mutolaa va mushohada qilishga toʻgʻri keladi. Soʻng shunday bir fursat yetadi: kam oʻqish, chuqur fikrlab, oz soʻzlash ehtiyoji uygʻonadi. Shu holatga yuksalmagan ijodkor tahayyul halovati, sukut farogʻati va maʼrifat zavqini his etolmaydi.

📚"Ibrohim Haqqul haqiqati"

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🐳2
⚡️⚡️Uzoq kutilgan kun: iPhone 14 va boshqa qimmatbaho sovgʻalar egalarini aniqlaymiz!

22-yanvar, iBook.uz'ning Xalqlar doʻstligi bekatidagi fillialida "Tirilish" tanlov loyihasining final — insho yozish bosqichi oʻtkaziladi.

Ishtirokchilar sonining juda koʻpligi hisobiga tanlovni ikki smenada oʻtkazamiz. Batafsil maʼlumotlar kanalimizda eʼlon qilib boriladi.

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥11👏5😢2😁1
Tirilish | Nashriyot
⚡️⚡️️ Uzoq kutilgan kun: iPhone 14 va boshqa qimmatbaho sovgʻalar egalarini aniqlaymiz! 22-yanvar, iBook.uz'ning Xalqlar doʻstligi bekatidagi fillialida "Tirilish" tanlov loyihasining final — insho yozish bosqichi oʻtkaziladi. Ishtirokchilar sonining juda…
Post qayta tahrir qilindi. 22-yanvarda o'tkaziladi. Batafsil ma'lumotlarni kanalimizda e'lon qilib boramiz. Tayyorgarlikni qattiq qiling. Barcha ishtirokchilarga omad!!!
👍21🔥2🥰2😭2👏1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng qiyin vazifalardan biri yigitlarga sovgʻa tanlash boʻlsa kerak) Foydali nimadir xarid qilaman desang, qimmat. Arzonrogʻining esa nafi tegmaydi. Nima qilsa boʻladi?!

💡Bunda eng ajoyib yechim — kitob! Zero, kitobdan yaxshiroq sovgʻa faqat yaxshi kitobdir!

@Tirilish_uz sizga eng sara kitoblar toʻplamini chegirmali narxlarda taqdim etadi!

📚1-toʻplam:

Lider shaxsiyati — 48.000
Qanday buyuk boʻlishgan — 25.000
Tirilish nasli — 18.000

Jami: 91.000 73.000

📚2-toʻplam:

Barbarossaning 101 tilsimi — 25.000
Istiqlol jallodlari — 18.000
Buyuk shaxmat taxtasi — 55.000

Jami: 98.000 85.000

Barchaga birdek yoqadigan ideal sovgʻalar chegirmali narxlarda sizni kutmoqda!

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163🔥2
Anomal sovuq tufayli darsga borish yoki bormaslik kerakligi haqida bilmadik-ku, lekin kitob oʻqish kerakligi aniq)

Shu kunlarda qaysi kitob mutolaasi bilan bandsiz?

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36😁5🥰3👏2
​​#bilasizmi

Bugungi kungacha dunyo boʻylab jami qancha kitob bosilganini bilasizmi?

Kitob — insoniyat taraqqiyotida muhim rol oʻynagan omildir. Ba'zan tasavvurimizni, ba'zan bilimlarimizni, bazida esa ikkisini ham birdan kengaytiruvchi kitoblardan sizningcha, jami necha dona mavjud?

1440-yillarda zamonaviy nashriyotchilik asoslarini qo'ygan va bugungi kunning ommaviy ishlab chiqarish modelini ishlab chiqqan Johannes Gutenbergning ishi bugungi kungacha millionlab kitoblarni nashr etishda asos bo'lib kelmoqda. Millionlarcha inson oʻqigan kitoblardan to faqatgina 3-5 kishi oʻqishga vaqt ajratgan kitoblarga qadar, dunyo tarixida juda koʻp kitoblar topiladi.

Hadeb juda koʻp deyishni toʻxtatib, aniq ravshan dunyoda necha dona kitob bor boʻlishi mumkin? Bu savolga javob berish oson emas, lekin nima qilib boʻlsa ham barcha kitobxonlardagi, kutubxonalardagi va maxsus kolleksiyalardagi kitoblarni bitta-bittalab sanab, taxminiy natijani topish mumkindek koʻrinadi.

ISBN (Xalqaro Standart Kitob Raqami) tizimiga koʻra, sotuvdagi har bir kitobning oʻzini shaxsiy raqami boʻladi. Biroq, bu tizim bor-yoʻgʻi 60 yil oldin yoʻlga qoʻyilgani va koʻplab mamlakatlarda hali ham ishlatilmasligi uchun, uning bir oʻzi hamma kitoblarni sonini aniqlashda yetarli boʻlolmaydi. ISBN kabi boshqa tizimlar ham bor, lekin hammasini bir biridan koʻp muammolari bor.

Bu vaqtda bizga Google yordamga keladi. Google Books loyihasi bilan 150 xil manbadan olingan maʼlumotlar orasida taqqoslash qilgan Google, har bir kitobga alohida raqam berib chiqa oladi. Google'ni oʻz tizimiga koʻra, nashr etilgan barcha kitoblarni raqamlari aniq 130 millionga teng. Hatto bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Google'ni barcha tadqiqotlariga qaramay, raqamli mediada mualliflarni oʻzi shaxsiy nashr ettirgan kitoblar bu raqamga kirmaydi. Bundan tashqari elektron kitob saytlarida sotuvga qoʻyilgan kitoblarni topib, yuqoridagi raqamga qoʻshish juda qiyin. Nima boʻlganda ham, bu borada taxminiy hisob-kitoblar qila olamiz. Bowker nomli tashkilot bergan maʼlumotlar orqali qilingan taxminlarga koʻra, elektron kitoblarni ham qoʻshib hisoblaganda, har yili dunyo boʻylab taxminan 800ming yangi kitob yoziladi.

Bu maʼlumotlarni Google'ni 2010-yilgi maʼlumotiga qoʻshganimizda, yanada aniqroq natijaga erishamiz. Bu natijaga koʻra esa, qogʻoz va elektron kitoblarning umumiy soni, 2018-yil holatiga koʻra, taxminan 136 million...

Bu raqamlar sunʼiy ong bizga taqdim etgan taxminiy sonlardir, balki aslida bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin)

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 Bayramga bir kun qoldi, xolos. Sovgʻalar tayyormi?

@Tirilish_uz sizga yigitlarga maʼqul keladigan eng sara kitoblarni 15% chegirmali narxlarda taqdim etadi!

1. Lider shaxsiyati — 48.000 40.800
2. Qanday buyuk boʻlishgan — 25.000 21.200
3. Tirilish nasli — 18.000 15.300
4. Barbarossaning 101 tilsimi — 25.000 21.200
5. Istiqlol jallodlari — 18.000 15.300
6. Buyuk shaxmat taxtasi — 55.000 46.800

Kitob — barchaga birdek yoqadigan ideal sovgʻadir, qizlar.

Yigitlar, bayramda hammadan sovgʻa olishga munosibsiz. Hatto oʻzingizdan ham. Bayramda oʻzingizga kitob sovgʻa qilish uchun eng qulay vaziyat)

Buyurtma uchun: @iBook_Uzbekistan

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍7😁4
#diqqat

DIQQAT!!! XODIM KERAK!!!

@tirilishuz Respublika boʻylab agentlar qidirmoqda!😎

Agar siz kitob sohasida faoliyat yuritish, qadriyatlarga sodiq ajoyib jamoada ishlash va mo'maygina qo'shimcha daromad egasiga aylanishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!🔥

"Tirilish" vakili sifatida faoliyat yuritish uchun ushbu hududda doimiy yashash talab etiladi. Talaba sifatida koʻchib borib yashaydiganlarni qabul qila olmaymiz. Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Maosh: 2 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha

Agar sizning boʻsh vaqtingiz koʻp boʻlsa va kitobchilikka qiziqsangiz, batafsil maʼlumotlar uchun @Thinkahead_d ga murojaat qilishingiz mumkin.

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👀51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚"Qalb iffati" kitobidan

Berilganga emas, Berguvchiga hamd aytuvchi doʻstlarimizga juma muborak boʻlsin!

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍10👏31
🔥"Tirilish"dan yangi kitob: Tushunaman, ammo soʻzlasha olmayman

Yangi til oʻrganishda juda koʻpchiligimiz bir muammoga duch kelamiz: Oʻqiymiz, soʻzlarni tushunamiz, ammo gapirishga kelganda til aylanmaydi, biladigan soʻzlarimizni ham qoʻllay olmaymiz.

🤗 Endi bu muammoga yechim bor!

— Yangi til oʻrganishda lugʻatni nutqda qanday faollashtirish mumkin?

— Oʻzi til oʻrganish nega kerak?

— Til oʻrganishda biz eʼtiborga olmaydigan muhim jihatlar;

— Til bilmaydigan kishi nimalardan quruq qoladi?

Shu va boshqa koʻplab savollarga javobni ushbu kitobdan olishingiz mumkin boʻladi. Unda barcha metodlar ingliz tilini oʻrganish misolida berilgan.

Kitob chop etilishi fevral oyining birinchi oʻn kunligiga moʻljallangan.

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥7👏5
#kitobxon_fikri

📚"Istiqlol jallodlari" — Turkiston ozodligining zavoli

Ha, ular doim o‘zlarini mahalliy aholidan ustun ko‘rgan va Turkistonni to‘liq nazorat ostida ushlay bilmagan paytlarida ham buni baralla ayta olgan. Sababi nimada deb o‘ylaysiz? Sababi — o‘zimiz.

1917-yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi Turkiston o‘lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi. Bu mintaqadagi dastlabki demokratik hukumat edi.

Batafsil o'qish:👇
https://telegra.ph/Istiqlol-jallodlari-01-09

Manba: "Qora qalam"

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2
🇺🇿 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

"Tirilish" jamoasi nomidan yurtimiz va xalqimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilayotgan harbiylarimizni hamda jasur, mard oʻgʻlonlarni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Barchangizga oilaviy baxt-u saodat va sog'lik-salomatlik tilab qolamiz! Umrlaringiz ziyoda va fayz-u barakotli bo'lsin!

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4
#iqtibos

Oʻqilgan kitob oldida bir umr maʼnaviy qarzdorlik hissi saqlanib
qolmasa, u chinakam adabiyot namunasi emas. Yaxshi kitobning yozilishi yoki bosilishigina emas, oʻqilishi ham takrorlanmas hodisadir.

📚"Ibrohim Haqqul haqiqati"

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥6👍5
#kun_kitobi

— Bilasizmi, Abdulaziz, men o'zimning Falastindan ekanligimni taksichilardan yashirganman. Bu xalqning mehribonchiligidan uyalganman. Agarda ular mening falastinlik ekanligimni bilib qolsalar, ularga xizmat haqlarini to'lashimga qarshilik qilishadi va ular Falastin va Quddusni qattiq sevganidan yig'lay boshlaydilar. Bu faqat Jazoirda emas, Abdulaziz, Marokashda ham ko'p do'stlarim mendan ular uchun Falastinning tuprog'idan keltirishimni so'rashadi. Chunki Falastin va Quddus masalasi faqat sizlarning muammoyingiz va cheklovlaringiz emas, do’stim, bu hammamizning muammoyimizdir.

📚 "Barbarossaning 101 tilsimi"

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍9🔥5😢2
Motivatsiya — nima u?

Soʻnggi paytlar hammaning ogʻzidan tushmayotgan, hatto koʻpchilik uchun daromad quroliga aylangan motivatsiya aslida koʻpchilik tasvirlaganidek sizni muvaffaqiyatga yetaklaydigan ilohiy, moʻjizaviy kuch emas.

Motivatsiya — qaysidir vazifani bajarishga yoʻnalgan vaqtinchalik zavq va his-tuygʻu xolos. His esa nomi bilan his va u oʻtkinchi. Muvaffaqiyat esa motivatorlar aytganidek istasa juda oson jarayon emas, balki qatʼiy intizom hamda iroda, ogʻir mehnat natijasidir.

Jamiyatdagi depressiv kayfiyat hamda "Dushanbaning ogʻir kun"ligi sizga taʼsir oʻtkazmasligi kerak. Sizda ogʻir dushanbalar yoʻq, sizda maqsad va aniq yoʻl mavjud. Bu yoʻlda yurish uchun esa sizga ogʻir dushanbalar xalal bermasligi, vaqtinchalik hislarga ehtiyoj sezmasligingiz zarur.

Barchangizga xayrli kun va xayrli haftalar tilaymiz!

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2👌21
"Tirilish"da yangi loyiha: Hafta kitobi!

"Tirilish" nashriyoti kanalida #hafta_kitobi loyihasini eʼlon qilamiz. Bu hafta oʻqiydigan kitobimiz esa quruq motivatsiyalardan xoli boʻlgan "Qanday buyuk boʻlishgan" kitobidir.

Yakshanba kuni kanalda asar yuzasidan savol-javob oʻtkaziladi va 3 nafar gʻolibga keyingi haftada oʻqiladigan kitob sovgʻa qilinadi.

Kitobni xarid qilish uchun: @iBook_Uzbekistan

📱𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤓13👍9😁3🤣21
2025/07/09 15:14:23
Back to Top
HTML Embed Code: