Telegram Web Link
🎉 Yangilik!

📚 Tirilish nashriyotida chop etilgan ushbu 4 ta asarlar endilikda iBooK do'konlarida! Bir-biridan ajoyib bu kitoblarni kutayotgan kitobxonlarimiz uchun bu hayitlik sovg'alarimizdan kichik qismi.

Tez orada Sizlarga hayit bayrami uchun tayyorlab qo'ygan keng ko'lamdagi sovg'alarimizni to'liq e'lon qilamiz! Ungacha esa bu kitoblarni xarid qilishingiz va maza qilib mutolaa qilishingiz mumkin!

😉 Shoshiling! Axir bunday sara asarlarni birinchilardan bo'lib xarid qilish va o'qishning ham o'z gashti bor.

Hazrati Bilol - 35 000
Oshiqlar naylasin? - 24 000
Bob laqabli mushukcha - 30 000
Yusuf va Zulayho - 45 000

📖 iBooK — biz ilm bilan fath qilamiz!

Buyurtma uchun:
📥 | @iBook_Uzbekistan
📍 | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
"Tirilish" tanlovi g'oliblari 50 kishi agar Toshkentda bo'lsa, ertaga soat 14:30 da ibook kitob do'koniga kelsin. Sovriningiz tantanali ravishda taqdim qilinadi. Agar viloyatda bo'lsangiz, @ibook_uzbekistan ga ismingiz, o'rningiz, pasport raqamingizni yuboring. Yutug'ingiz pochta orqali chiqarib yuboriladi.

G'oliblar havolasi: https://telegra.ph/Goliblar-02-28
Bugungi taqdirlashga kelmagan g'oliblar @ibook_uzbekistan ga murojaat qilsin.
Tez kunda

Mendan nashriyotingiz qanday kitoblarni chiqarganida maza qilasiz deb so'rasangiz, siyosiy kitoblarni deb javob beraman.

Demak, tez kunlarda hozirning o'zida bir qator intellektual faol kanallarda (Behzod Hoshimov, Hamid Sodiq, Madina Musayeva, Panda books, Turkiston kutubxonasi) e'lon qilinayotgan, zamonaviy diktatorlar qiyofasini ochib beradigan kitob "Manipulyativ diktatorlar" hamda siyosiyatda eng muhim atamalardan biri bo'lgan "soft power" haqidagi "Yumshoq kuch" asari "Tirilish" nashriyotida chop etiladi.

Har ikkala kitob taqdimotini dastlab Toshkentda, keyinchalik viloyatlar miqyosida qilishni ham maqsad qilganmiz. Shunday ekan, o'z nomiga mos kitoblarni chiqarishga harakat qilayotgan "Tirilish" nashriyoti bilan birga bo'ling.
📖 "Jur’at" kitobi sotuvda!

📚 Tirilish nashriyotida chop etilgan "Jur’at" kitobini endi siz @iBook_uz do'konlaridan xarid qilishingiz mumkin!

💰 Narxi: 30.000 so'm

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 📸 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#premyera🔥

Yarim yil kutgan kitobimiz nihoyat nashrga tayyor bo'ldi. Demak, tez kunda jahon siyosiy adabiyoti bestselleri kitobxonlarga taqdim qilinadi. 🙂😊

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 📸 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqriz
#kitobxon_fikri

"Bob laqabli mushukcha" kitobiga TAQRIZ!


Bu kitobni ilk nashrga chiqqanda kòrganimda hech qanday òziga tortuvchi jihat kòrmadim, negadir na qiziqish, na xoxish uyĝondi.

"Bir oyda bir kitob" loyihasi sabab bòldi mutolaamga (bu uchun juda minnatdorman). Kitob kòcha musiqachisi, biror tartib, mas'uliyat yoki majburiyatga asoslanmagan holda hayot kechiruvchi, dunyoga kulrang nigoh bilan qarovchi va yorqin kelajakka intilishini yòqotgan Jeymsning odatdagi kunlaridan biri bilan boshlanadi. London kòchalaridagi ayrim daydilardan farqli òlaroq baxtsiz turmush va qora òtmishiga qaramasdan unda mehribonlik, insoniylik fazilatlari saqlanib qolgandi. Uyi yonida Yaratganning inoyati òlaroq paydo bòlib qolgan mallavoy Bob Jeymsning qalbida mudroq yotgan kelajakka ishonchni, uchqunni uyĝotdi, òziga keltirdi, mas'uliyat hissini òstirdi hamda "yashashga" undadi.

Bob tom ma'noda Jeymsni "qayta tarbiyaladi". Londonning rangsizgina hayot burchagida, faqat ish bilan mashĝul insonlar orasida jòshqinlikni, ĝayrioddiy dòstliklarining tòlqinlarini tarqata boshladilar. Bob nafaqat Jeymsning hayotida, balki atrofdagilarning turmushida ham yangilik edi va ularni òziga torta bildi, avval tanish bòlmaganlarni dòstlashtirdi, insonlardagi mehr-muruvvat, òzaro yordam ruhiyatini yaratdi. Dòstliklari davomida goh unisi goh bunisi betob bòldi, sarosimali vaziyatlar yuzaga keldi, lekin bularning bari ular orasidagi boĝlanishni kuchaytirdi xolos.

Asarni òqir ekansiz, gap faqat Bobda emas, aynan mushukda emas, dòstda ekanini tushunasiz. Dòstingiz ĝayrioddiy bòlishi shart emas, muhimi qalban yaqin bòlsin, sizni xato yòldan qaytara olsin, hayotga qaytara olsin, doim yoningizda bòla olsin. Insonlarda chin dòstlik noyob xislatga aylanib boryapti, yozuvchi shu sababdan mushukni tanlagandir (ehtimol). Nima bòlganda ham Bob haqida òqiganimdan, Jeymsning hayoti òzgarganidan xursandman. Kitob keng òquvchilar auditoriyasiga mòljallangan va oson, tushunarli, ayni vaqtda chuqur ma'noli (anglaganga) ekani bilan ajralib turadi. Barchaningizga yoqimli mutolaa tilagan holda

© Abdug'apporova Guli

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Jeyms Bouen – "Bob laqabli mushukcha"

Asarni miriqib oʻqidim. Oʻzi hajmiyam katta emas. Sodda, ravon tilda yozilgan, tarjima, tahrir yaxshi. Baʼzi asarlar boʻlgan voqeaga asoslangan deyiladi-ku, bu kitob toʻlaligicha boʻlgan voqea. Jeyms Bouen uydagilaridan uzoqda, begona shaharda omad izlaydi. Biroq qator muvaffaqiyatsizliklar uni sindiradi. Giyohvand moddalarga beriladi, uysiz qoladi, koʻcha daydisiga, mayda oʻgʻriga, tilanchiga aylanadi. Yashab qolish, hayotga qaytish uchun hech qanday arzirli sabab topolmaydi. Bari ayanchli yakunga qarab ketayotganda malla mushuk uni hayotga qaytaradi.

Mushuklar maftunkor jonzot. Uni yo yaxshi koʻrishadi, yo yomon koʻrishadi, hatto undan qoʻrqadigan odamlarni taniyman. Bir fakt sizni hayron qoldirishi mumkin: mushuklar uy hayvoni emas. Ha, shunday. Mushuklar shunchaki odamlar bilan birga yashashni oʻzlari tanlashgan. Ular egasiga sodiq emas, xohlagan vaqti boshqa egaga yoki koʻchaga ketib qolishi mumkin. Unga xizmat qilayotganingiz, erkalayotganingiz, boqayotganingiz, himoya qilayotganingiz uchun "shu maxluq bilan yashash qulay" degan xulosaga keladi mushuk jonivor.

Daydi mushuk qahramonimizni hayotga qaytaradi. Tasodifiy bu uchrashuv ikkala daydi hayotini ham tubdan oʻzgartirib yuboradi. Jeyms kun oʻtkazish uchun koʻchada gitara chalar, gazeta sotardi. Lekin daromadi haminqadar edi. Mushuk har doim yonida oʻtira boshlagach odamlar uni payqay boshlaydi. Beriladigan pullar koʻpayadi. U bilan salomlashadigan, kulib qaraydigan, odam qatoriga qoʻshadigan boʻlishadi. Eng muhimi, Jeyms oʻzida ma'suliyat his qila boshlaydi. Endi mushuk uchun javobgar edi, himoya qilishi, qornini toʻydirishi, qaygʻurishi kerak edi.

Hamma narsasi bor insonga ham, hech vaqosi yoʻq insonga ham koʻpincha bir narsa – sherik yetishmaydi. Inson vaqti kelib oʻzi uchun yashashdan zerikadi, hayotdan maʼno topolmay qoladi, mashaqqatlarga nima uchun bardosh berishi kerakligini tushunmay qoladi. Shunday vaqtda kimdir yoki nimadir hayotingizga kirib kelsa bari oʻzgaradi. Inson sevganlari uchun ilgari oʻziga ravo koʻrmagan ishlarni ham qila oladi. Eʼtibor berganmisiz, yoshlarning koʻpi qachon qarasa depressiyada. Ota-onalarimizda esa buni koʻrmaymiz. Sababi biz kim uchundir yashamaymiz, ular esa biz uchun yashashadi.

Sevgi ham insonga yangi hayot baxsh etadi. Oq-qora dunyo rangli tus oladi. Ertalab oʻrnidan turishga xafsalasi yoʻq odam endi energiyaga toʻlib toshadi. Sevgi haqqoniy boʻlsa dastlab osmonlarga olib chiqadiyu, keyin ma'suliyat hissi yerga, kundalik hayotga qaytaradi. Uni baxtli qilish uchun rejalar tuzasiz, maqsadlar paydo boʻladi. Bir insonni sevish boshqa barcha insonlarga nisbatan ham muhabbat paydo qiladi. Qalbida kimgadir yoki nimagadir sevgi nish urmagan kishi esa butun dunyodan nafratlanib oʻtib ketadi.

Jeyms Bouen mushukka, mushuk tufayli insonlarga, hayotga muhabbat qoʻyadi. Giyohvandlikdan qutilishga, risoladagi hayotga qaytishga kuch topadi. Jeyms va uning mushugi internet olamida ancha mashhur. Youtubeda ularning haqiqiy videolarini koʻrishingiz mumkin. Qolaversa ular haqida film ham suratga olingan.

Xullas, kitob sizni mushuksevar va hayotsevar qilib qoʻyishi mumkin. Zotan shunday boʻlsangiz ham oʻqib qoʻyishli kitob.

@salimov_blogi
Forwarded from iBooK.uz
Shu kunlarda o'qishingiz shart bo'lgan kitob

Jahon sahnasida siyosiy jarayonlar kun sayin o'zgarmoqda. Buni tushunish, adekvat tahlil qilish uchun esa sizga tez kunda "Tirilish" nashriyoti tomonidan chop qilinadigan navbatdagi kitob yordam beradi.

Nomi: "Manipulyativ diktatorlar"
Mualliflar: Sergey Guriyev, Deniel Treysman

🔥 Birinchilardan bo'lib iBook do'konlaridan xarid qilishga ulguring!

Buyurtma uchun:
📥 | @iBook_Uzbekistan
📍 | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 “Tirilish” va "iBook" jamoasi siz va oilangizni qutlug’ ayyom “Qurbon Hayiti” bilan chin qalbdan qutlaydi.

Oilangiz va qalbingizda har doim tinchlik bardavom bo'lsin, javonlaringiz esa har doim kitoblar bilan to'lib-toshsin.

𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin 7 kun ichida mana shu 3 ta siyosiy adabiyot nashrdan chiqadi. Sizni ko'proq qaysi kitob qiziqtiryapti? Izohda yozamiz.🤔👇
Forwarded from iBooK.uz
Oldindan buyurtma bering!

🤗 Qadrli kitobxonlarimiz, yuqoridagi rasmlarda aks etgan jahon adabiyotining durdona asarlari tez kunlarda kitob javoningiz tomon yetib borishga hozirlanmoqda.

☝️ Ushbu asarlarning soni kam chop etilayotgani va talab esa odatdagidan yuqori bo'layotganini hisobga olib, sizga oldindan buyurtma berish imkonini taqdim qilamiz.

🤓 Fursatdan foydalaning va birinchilardan bo'lib yangi kitob egasiga aylaning!

🤩 Aytishni unutibmiz, siz 3 ta kitobni birgalikda xarid qilsangiz, pochta viloyatingiz markazigacha BEPUL yetkazib beriladi.

📚 Kitoblarning umumiy narxi: 162.000 so‘m.

Buyurtma uchun:
📥 | @iBook_Uzbekistan
📍 | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📱 Facebook
Forwarded from iBooK.uz
🎉 Katta taqdimotga barchani taklif etamiz!

📚 Tirilish nashriyoti va iBooK kitob doʻkonimiz uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan yangi 3 ta siyosiy kitobimiz taqdimotiga barchani taklif etamiz!

🎤 Taqdimotda siyosatshunoslar Kamoliddin Robbimov, Hamid Sodiq va Suhrob Bo’ronov bilan "Manipulyativ diktatorlar", "Kuchsizlar kuchi" va "Yumshoq kuch" asarlari haqida qizgʻin suhbat boʻlib oʻtadi.

❗️ Taqdimotda kitoblarni ustozlarning dastxati bilan va ulgurji narxlarda xarid qilishingiz mumkin!

📆 Vaqti: 17-iyul | 14:30

📍 Manzil: Cambridge university, tadbirlar zali
Mo'ljal: Novza metro, Novza masjid

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📱 Facebook
Forwarded from Amirxon Valijonov | Blog
Ertaga shu kitob nashrdan chiqadi. Bu kitob haqida qiziq bir fakt aytaman. Kitob ilk marta 2022-yil 5-aprelda AQSHda ingliz tilida bosilgan. Qiziq fakt shundaki, ushbu kitob yozuvchilaridan biri Sergey Guriyevning ona tili - rus tilida hali nashr etilmagan. Bugun Guriyev Youtube kanalida kitob rus tilida ham chiqayotganini ma'lum qildi. Lekin o'zbek tilida rus tilidan oldin chiqishi bu bizning o'ta jiddiy muvaffaqiyatimiz hisoblanadi.

Barchangizga ma'lumki, aksar ingliz tilida yozilgan kitoblar bizga rus tili orqali kirardi yoki oldin ruschaga o'girilib, oradan yillar o'tib keyin o'zbek tiliga o'giriladi yoki umuman tarjima qilinmaydi. Bu kitobda esa biz ruslardan ildamroq chiqib qoldik.

Ertadan boshlab XXI asrda demokratiya niqobi ostidagi avtokratlar mamlakatini qanday boshqarayotgani haqida bir necha misollar orqali yoritilgan, Putin janoblarining biz e'tibor qilmagan tomonlariga urg'u berilgan kitob sotuvda bo'ladi!
#premyera

"Tirilish" nashriyotimizdan siyosiy-falsafiy adabiyot ixlosmandlari uchun yana bitta katta yurish. 🔥

Fransuz faylasufi Monteskening "Qonunlar ruhi" kitobi.
Tarjimon: Hamid Sodiq

P/s: Kitobga ortiqcha ta'rifning o'zi ortiqcha...

@Ilm_nur_kutubxonasi
🌐 Kun.uz ommaviy axborot saytida yaqinda bo'lib o'tgan taqdimotimiz haqida maqola chiqibdi!

🥹 Bu iBooK va Tirilish jamoalarimiz uchun juda ham katta yutuq hisoblanadi!

Maqola linki: 👇👇👇👇👇

https://kun.uz/news/2023/07/19/ozbekiston-tashqi-siyosatida-yumshoq-kuch-strategiyasini-ishlab-chiqish-vaqti-keldi-siyosatshunos
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзбекистон ташқи сиёсатида “юмшоқ куч” стратегиясини ишлаб чиқиш вақти келди” — сиёсатшунос

17 июл куни Тошкентда “Тирилиш” нашриёти томонидан таржима ва нашр қилинган учта сиёсий асар: “Манипулятив диктаторлар”, “Кучсизлар кучи” ва “Юмшоқ куч” китобларининг тақдимоти бўлиб ўтди.

👉 https://kun.uz/37294167

Kun.uz расмий канали
2025/07/07 10:19:54
Back to Top
HTML Embed Code: