Telegram Web Link
🎓 Jizzax shahrida bitiruvchilar va ota-onalar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi

🌐 Bugun Jizzax shahridagi 22-umumta’lim maktabida shahardagi maktab bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga Toshkent shahridagi Singapur TMC Instituti marketing menejerlari ham tashrif buyurishdi.

🖥 Uchrashuv samimiy muhitda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. TMC Instituti vakillari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari, xorijda o‘qish imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qabul tartiblari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

➡️ Tadbirda eng e’tiborga molik jihatlardan biri — bitiruvchilar orasida xalqaro IELTS hamda milliy sertifikatlarga ega o‘quvchilar sonining ko‘pligi bo‘ldi. Ularning faol ishtiroki, berilgan savollarga dadil yondashuvi, o‘z orzu-rejalari bilan o‘rtoqlashgani uchrashuvni yanada mazmunli va qiziqarli qildi.

🔖 Shuningdek, ota-onalar tomonidan ham farzandlarining kelajak ta’lim yo‘li, xorijda tahsil olish shart-sharoitlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari borasida bir qator savollar berildi va ular bo‘yicha tushuntirishlar olindi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Samarqandning abadiy go'zalligi bilan tanishing! 🌟

📍 Ipak yoʻlining yuragi – Samarqandga unutilmas sayohatga biz bilan qoʻshiling! 🕌 O'zbekistonning eng go'zal shahrining hayratlanarli me'morchiligi, boy tarixi va sehridan bahramand bolishga tayyor bo'ling.

📅 Sana: 20-aprel
Vaqt: 5:00
Kelish: 22:00 gacha.
📍 Ketish: TMC 3-bino
💰 Narxi: 170 000 so'm (avtobus va ekskursiya gid kiradi)
📍Sayohat: ingliz va o'zbek tillarida

Biz nima bilan ta'minlaymiz?
🔹 Samarqandning hayajonli va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuring
🔹 Ajoyib Gur-Amir maqbarasi, Shoh-i-Zinda, Samarqand shahri va boshqalar bilan tanishing
🔹 Boy madaniyat, ajoyib arxitektura va jo'shqin atmosferadan bahramand bo'ling

🍽 Oziq-ovqat xarajatlari hisobga olinmaydi. Talabalar o'zlari ovqatlanishlari kerak.

Do'stlaringiz bilan umrboqiy xotiralar qoldirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Sharq gavhari sizni kutmoqda!

🔹 Joylar soni cheklangan (50 ta)!
Band qilish uchun : @Bahodirkhan yoki
@rakhimberganov_o
bilan bog'laning
🎓We’re proud to share that our university’s CS2 team secured 1st place in the country-wide Cybersport Tournament, organized by Ziyo Forum and the Ministry of Education.

⚡️ This achievement reflects the talent, teamwork, and dedication of our students in the growing field of esports.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 TMC institutida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

🖥 2024-yil 24-aprel kuni TMC institutida “Yangi O‘zbekistonda zamonaviy psixologiya va pedagogika muammolarini tadqiq etishning transformasion imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🌐 Tadbirni institut birinchi prorektori Azizxon Tillyaxodjayev ochib berdi. Anjumanda O‘zbekiston va xorijdan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar qatnashdi. Psixologiya va pedagogika sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, yangi g‘oyalar va ilmiy takliflar ilgari surildi.

🔖 Konferensiya so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi hamda taqdim etilgan ma’ruzalar asosida ilmiy maqolalar to‘plami shakllantirildi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 2025 yil 24 aprel kuni TMC institutining Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari tyutorlar rahbarligida Toshkent shahrida joylashgan Toshkent muzeyi va Gʻofur Gʻulom nomidagi adabiyot muzeyiga tashrif buyurishdi.

🌐 Tashrifdan maqsad — buyuk o‘zbek shoiri, yozuvchisi va jamoat arbobi Gʻofur Gʻulomning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish, talabalarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirishdan iborat edi.

➡️ Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan qiziqarli ekskursiya tashkil etildi, talabalarga shoirning ijodiy faoliyati, tarixiy davr va adabiy muhiti haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔖 Ekskursiya davomida talabalar shoirning hayotiga oid fotosuratlar, shaxsiy buyumlar, qo‘lyozmalar, kitoblar va davriy nashrlarda chop etilgan maqolalar bilan tanishishdi. Muzey xodimlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 17:21:28
Back to Top
HTML Embed Code: