📣 Bugun
TMC institutida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining
584 yilligi munosabati hamda mamlakatimizda bilimli va iste’dodli yosh avlodlarni tarbiyalash maqsadida
“NAZM VA NAVO” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildii. Tadbir O'zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari hamda institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan birgalikda tashkil etildi.
🌐 Shuningdek, tadbirga
„O‘zbekiston xalq artisti” Zuxra Ashurova „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Ra’no Yarasheva, „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Mehriddin Rahmatov, “Shuhrat” medali sohibi Hamza Hasanov, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarovalar tashrif buyurdilar.
🖥 Uchrashuv davomida ijodkorlar bobokalonimiz
Alisher Navoiyning she'r va g'azallaridan na'munalar keltirdilar. Ulardan ilhomlangan talaba yoshlar ham Alisher Navoiy hazratlari ijodlaridan namunalar keltirib, ijodkorlar davrasiga qo'shildilar.
🔗 Telegram | Instagram |
LinkedIn