Telegram Web Link
🎓TMC institutida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda, unutilmas taassurotlar bilan nishonlandi!

🔵Bayram tadbiri doirasida yuraklarni jo‘sh urdiruvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar — O’zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, Muqaddas Xoliqova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dilfuza Ismoilova, Yorqinxo’ja Umarov, Hamza Hasanov, Navro’z Jumayev va boshqa mashhur ijrochilar ijrosida diltortar navolar barchaga o‘zgacha zavq ulashdi.

🔵Ushbu o‘quv yilida faol ishtirok etib, yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar universitet rahbariyati tomonidan diplomlar va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu e’tirof ularning mehnati va intilishlariga munosib rag‘bat bo‘ldi.

🔵Bayramning ajralmas ramzi — sumalak tayyorlanib, talabalarga tortiq qilindi. Bu nafaqat qadriyatlarimizni ulug‘lash, balki mehr-oqibat, birdamlik va ezgulik nishonasiga aylandi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏃 TMCers at Tashkent International Marathon 2025

Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari xaftaligi davom etmoqda.

🖥 Joriy yilning 17 aprel kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar hiyobonida TMС instituti talabalari oʻrtasida qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan sport tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni sportga jalb etish hamda talabalar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

➡️ Tadbirda institutda tahsil olayotgan yoshlar qatnashib, yugurish, turli jismoniy mashqlar, volleybol, shashka va badminton kabi sport turlarida oʻz mahoratlarini namoyon etdilar. Gʻolib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🔖 Tadbir davomida jonli musiqa, shoir va yozuvchilar asarlaridan parchalar oʻqildi, bu esa ishtirokchilarda nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy ruhni ham koʻtardi. Adiblar hiyobonining oʻziga xos muhiti, tarixiy qiyofasi va ilhom bagʻishlovchi sukunati tadbirga alohida ruh bagʻishladi.

Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Jizzax shahrida bitiruvchilar va ota-onalar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi

🌐 Bugun Jizzax shahridagi 22-umumta’lim maktabida shahardagi maktab bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga Toshkent shahridagi Singapur TMC Instituti marketing menejerlari ham tashrif buyurishdi.

🖥 Uchrashuv samimiy muhitda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. TMC Instituti vakillari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari, xorijda o‘qish imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qabul tartiblari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

➡️ Tadbirda eng e’tiborga molik jihatlardan biri — bitiruvchilar orasida xalqaro IELTS hamda milliy sertifikatlarga ega o‘quvchilar sonining ko‘pligi bo‘ldi. Ularning faol ishtiroki, berilgan savollarga dadil yondashuvi, o‘z orzu-rejalari bilan o‘rtoqlashgani uchrashuvni yanada mazmunli va qiziqarli qildi.

🔖 Shuningdek, ota-onalar tomonidan ham farzandlarining kelajak ta’lim yo‘li, xorijda tahsil olish shart-sharoitlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari borasida bir qator savollar berildi va ular bo‘yicha tushuntirishlar olindi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Samarqandning abadiy go'zalligi bilan tanishing! 🌟

📍 Ipak yoʻlining yuragi – Samarqandga unutilmas sayohatga biz bilan qoʻshiling! 🕌 O'zbekistonning eng go'zal shahrining hayratlanarli me'morchiligi, boy tarixi va sehridan bahramand bolishga tayyor bo'ling.

📅 Sana: 20-aprel
Vaqt: 5:00
Kelish: 22:00 gacha.
📍 Ketish: TMC 3-bino
💰 Narxi: 170 000 so'm (avtobus va ekskursiya gid kiradi)
📍Sayohat: ingliz va o'zbek tillarida

Biz nima bilan ta'minlaymiz?
🔹 Samarqandning hayajonli va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuring
🔹 Ajoyib Gur-Amir maqbarasi, Shoh-i-Zinda, Samarqand shahri va boshqalar bilan tanishing
🔹 Boy madaniyat, ajoyib arxitektura va jo'shqin atmosferadan bahramand bo'ling

🍽 Oziq-ovqat xarajatlari hisobga olinmaydi. Talabalar o'zlari ovqatlanishlari kerak.

Do'stlaringiz bilan umrboqiy xotiralar qoldirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Sharq gavhari sizni kutmoqda!

🔹 Joylar soni cheklangan (50 ta)!
Band qilish uchun : @Bahodirkhan yoki
@rakhimberganov_o
bilan bog'laning
2025/07/05 08:32:56
Back to Top
HTML Embed Code: