bootg.com »
United States »
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent » Telegram Web
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur yurtimiz maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va xususiy sektordan yigirmadan ortiq rahbarlar ishtirok etdi.
➖Liderlik yo‘liga qadam qo‘yish – yetakchilikka ilk qadamlar;
➖Kembrij bilan rahbarlik salohiyatini rivojlantirish – strategik fikrlash va ta’sir o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirish;
➖Maktab muhitini yaxshilash uchun kouching va mentorlik madaniyatini shakllantirish – ijobiy maktab muhitini yaratishda kouching va mentorlikni joriy etish.
🌐 Shuningdek, Vazirlik hamda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish loyihasi muhokama qilindi va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi kelishuv imzolandi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun
📣 📣 📣 📣 📣
❗️ PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan 20-iyungacha ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, piima_admission chatbot orqali ham qo‘shimcha murojaat qilishingiz mumkin.
Toshkent shahridagi Prezident maktabiga qabul masalalari yuzasidan esa (71) 207-99-98 (ichki raqamlar: 104, 105, 114, 116) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin.
Call-markaz soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.
🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, piima_admission chatbot orqali ham qo‘shimcha murojaat qilishingiz mumkin.
Toshkent shahridagi Prezident maktabiga qabul masalalari yuzasidan esa (71) 207-99-98 (ichki raqamlar: 104, 105, 114, 116) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin.
Call-markaz soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar
Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.
ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.
Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.
Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.
Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.
Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.
@hilola_umarova

Qadrli oʻquvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!
Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.
Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.
Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.
Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.
Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ilm_eng_buyuk_sharaf
🔔 Agentlik tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
🤩 Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda mustaqil hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
🗣 Joylarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.
🟢 Ushbu tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakillari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, deputatlar, shoir va yozuvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ilm_eng_buyuk_sharaf
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga
❗️ IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!
❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.
⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.
📍 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!
‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!
🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.