Telegram Web Link
🗺Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

🗣Mazkur tadbir doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ota-onalar taʼlim maskanimizda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

🖌Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, maktabimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilindi.
Tadbirda o’quvchilarimizning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar ham tashkil etildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nemis tili oʻqituvchilariga xalqaro sertifikat olishda koʻmaklashish maqsadida Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihonini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 27-may kuni Gyote-Instituti tomonidan ZOOM platformasida B2 imtihoni formati haqida online trening tashkil etiladi.

Trening kun davomida 3 ta sessiyada takror tashkil etiladi
:

1-sessiya ayni damda boshlandi va 13:30 ga qadar davom etadi.

✔️ Havola: https://goethe-institut.zoom.us/j/88496459445?pwd=UFZwMXdhNWFGNzlYS3h0SmljdXltZz09
Meeting-ID: 884 9645 9445
Kenncode: EQ9jX=

✔️ 2-sessiya (takroriy) 14:00 da tashkil etiladi.
Havola: Beitreten Zoom Meeting: https://goethe-institut.zoom.us/j/81727444432?pwd=WEpXSk5kTFFqaXpyeWN6K1lxeVR3Zz09
Meeting-ID: 817 2744 4432
Kenncode: 3BeB^Z

✔️ 3-sessiya (takroriy) soat 16:00 da tashkil etiladi.
Havola: Beitreten Zoom Meeting: https://goethe-institut.zoom.us/j/82522718546?pwd=dUJ3dUxRVnAzdm81L3gzTEZyU0RmUT09
Meeting-ID: 825 2271 8546
Kenncode: UZxn2#

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-ona duosini olish farzand uchun eng oliy saodatdir.

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Ma'nolar maxzani" nomli loyihaning 5-soni aziz-u mo'tabar ota-onalarimizni qadrlash, ularga hurmat va e'tibor ko’rsatish kabi yuksak insoniy fazilatlarga bag'ishlanadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul davom etmoqda

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?

🔹Ta'lim dasturlari dunyo reytingida 30-o‘rinda turuvchi Myunxen texnika universiteti tomonidan Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan;
🔹50%, 70% yoki 100% grant asosida tahsil olish;
🔹Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoyning yuqori reytingda turuvchi oliygohlarida ish tajribasiga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan to‘liq ingliz tilidagi sifatli ta'lim;
🔹 xorijiy va yurtimizdagi nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
🔹rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish;
🔹eng bilimli va saralangan yoshlar qatorida bo‘lish.

👉 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

🔁 English

#qabul2024

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

Psixolog

Talablar:
🟢Oliy ma’lumotli;
🟢Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🟢O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🟢Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🟢Ishga ma'suliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 25-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Talabgorlar ma'lumotnomasida telefon raqami va til bilish darajasi ko'rsatilgan bo'lishi shart.


😀 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma(rezyume) quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#A_level #AS_level

A-LEVEL IMTIHONLARI DAVOM ETADI

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf o’quvchilari uchun AS/A-level imtihonlari bo’lib o’tmoqda.

📁Ma’lumot uchun, AS&A-level imtihonlari Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Hindiston, Singapur kabi ko‘plab mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun muhim dastur hisoblanadi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab 10-sinf o‘quvchilari ham AS level imtihonlarini topshirish imkoniga ega bo‘lishdi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram  | 🌐Instagram  | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 07:18:10
Back to Top
HTML Embed Code: